Mirjamol Mirjalolovich Qosimov (1995-yil 24-sentyabr, Toshkent) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „AGMK“ klubida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Mirjamol Qosimovning otasi mashhur sovet va oʻzbek futbolchisi, hozir murabbiy – Mirjalol Qosimovdir.
Futbolchilik faoliyati Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2011-yildan boshlab u klubning asosiy jamoasiga jalb qilina boshlagan. Hozirgi kunda „AGMK“ jamoasida oʻynamoqda. 2015-yilda unga Kiyevning „Dinamo“ jamoasi qiziqish bildirgan va Mirjamol Qosimov bir muddat Kiyevga tashrif buyurib, Dinamo mashgʻulotlarida ishtirok etgan. 2016-yilning yanvar oyida bir muddat Olmaliq klubi yigʻini va oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashgan.
2015-yilda yoshlar terma jamoasi tarkibida U20 jahon chempionatida qatnashgan va toʻrtta oʻyin oʻtkazib Fiji U20 jamoasiga bitta gol urgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Chempioni: 2011, 2013 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2012, 2013 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014
Manbalar
Havolalar
Mirjamol Qosimov Mirjamol Qosimov Transfermarkt saytida Mirjamol Qosimov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar