Valdemar Anton (1996-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Anton Gannover tumanidagi Myulenberger SV klubida yoshlar jamoasida yetti yoshidan futbol oʻynay boshlagan.

2020-yil 28-iyulda Anton VfB Shtutgartga koʻchib oʻtgan va shvabliklar bilan 2024-yilning iyun oyi oxirigacha moʻljallangan shartnoma imzolaganDer VfB verpflichtet Waldemar Anton VfB Stuttgart 28. Juli 2020. 2021-yil 5-noyabrda u shartnomasini 2025-yilning oxirigacha uzaytirgan.

VfB Stuttgart 2020-yil 28-iyulda u VFB Shtutgartga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi. 2021-yilning 5-noyabrida u shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgan.

Borussiya Dortmund 2024-yil 8-iyulda Anton Bundesligada ishtirok etuvchi Dortmundning „Borussiya“ klubiga qoʻshilgan va 22,5 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolagan

Xalqaro oʻyinlar Anton Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. Anton Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 2017-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2019-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Anton Rossiya, Oʻzbekiston va Germaniya terma jamoalarida oʻynash huquqiga edi. 2017-yilda Oʻzbekiston futbol ittifoqi u bilan bogʻlangan, biroq u terma jamoada oʻynashni istamaganBild: "Ich brauche keine Ausstiegsklausel", 17. Januar 2018 2024-yilning mart oyida u Fransiya va Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2024-yilning 23-martida Fransiyaga qarshi bahsda debyut qilgan. Anton Germaniya terma jamoasining Yevro-2024 uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Yutuqlari Gannover 96

Bundesligaga koʻtarilish: 2017-yil

Milliy terma jamoa

21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil

Individual ravishda

Quyi Saksoniyaning yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaDFB-PokalUmumiyLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHannover 96 II2015-16Regionalliga Nord111—111Hannover 962015-16Bundesliga8100812016-172. Bundesliga312203322017-18Bundesliga271202912018-19Bundesliga341203612019-202. Bundesliga30010310Umumiy1305701375—VfB Stuttgart2020-21Bundesliga310303402021-22Bundesliga292103022022-23Bundesliga1511016Umumiy faoliyat15961001696—

Shaxsiy hayot Anton Oʻzbekistonda ota-onasi nemis va rus millatiga mansub oilada tugʻilgan.

Manbalar

Havolalar

Valdemar Anton Soccerwayda

Turkum:Olmaliqda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Olmaliq kishilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Bundesliga 2 futbolchilari Turkum:Hannover 96 futbolchilari Turkum:Hannover 96 II futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari