Sergey Smorodin (1994-yil 15-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati 2012-yilgi mavsum birinchi ligada ishtirok etgan „Paxtakor-2“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida bu davrda ikki nafar asosiy darvozabon borligi sababli Sergey boshqa jamoaga ijara shartnomasi evaziga ketishga rozi boʻlgan. 2013-yilgi mavsumni Andijon jamoasida ijara asosida boshlagan. Sergey klubdagi dastlabki davrida jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblangan, lekin tez orada jamoaning asosiy va ikkinchi darvozabonlarining beqaqor oʻyini tufayli, oʻzini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Oʻsha mavsumda birinchi liganing 12 uchrashuvida maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Andijon“ futbolchining shartnomasini sotib olgan.
2014-yilgi mavsum avvalida jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni boʻlishi kutilgan edi ammo mavsum davomida Oliy ligada faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Neftchi“ klubi Smorodinni „Andijon“ jamoasidan sotib olgan va Fargʻona klubi rahbariyati Sergeyga jamoaning birinchi darvozaboni oʻrnini vaʼda qilgan. Biroq chempionat boshlanishi arafasida klub Qozonning „Rubin“ klubidan darvozabon Yevgeniy Cheremisinni ham sotib olgan. Rahbariyat Sergeyning jamoadagi ahamiyatiga ishontirishiga qaramay, amalda Smorodin ikkinchi darvozabonga aylangan.
2017-yil fevral oyida Sergey Ukraina Premyer-ligasining „Chernomorets“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati Turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalariga chaqirilgan. 2010-yilgi U16 Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2011-yilgi U17 oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati chorak finalchisi boʻlgan. Bu turnirlar davomida asosan zaxira darvozaboni boʻlgan.
Manbalar
Havoalar
Sergey Smorodin Soccerway saytida
Sergey Smorodin Footballdatabase saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbolidagi darvozabonlar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Club Green Streets futbolchilari Turkum:FC Chornomorets Odesa futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Maldiv orollaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari