2008-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yil 28-avgustdan 18-sentyabrgacha Rossiyaning Nalchik shahrida boʻlib oʻtadi. Finalda Aleksandra Kostenyuk Xou Yifanni 2½: 1½ hisobida magʻlub etib, gʻalaba qozonadi.
Bu chempionat beshinchi marta 64 nafar oʻyinchi ishtirokidagi turnir koʻrinishida boʻlib oʻtadi.
Ishtirokchilar Oʻyinchilarning Elo reytingiga koʻra (2008-yil iyul oyidagi roʻyxat) ketma-ketligi. Ketma-ketlikda amaldagi chempion Syu Yuxua birinchi oʻrinda edi.
Kvalifikatsion darajalar
WC: Ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni va yarim finalchilar Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2006 (3) J06 and J07: Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionlari 2006 va 2007 R: Reyting (FIDE reyting roʻyxatlarining 2006-yil iyul va 2007-yil yanvar oylaridagi oʻrtacha ko'rsatkichi) (6) E06 and E07: Shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi Yevropa chempionati 2006 va 2007 (28) AM: Shaxmat boʻyicha Amerika qitʻa chempionati 2007 (2)
AS: Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati 2007 (4) AF: Shaxmat boʻyicha Afrika chempionati 2007 (3) Z2.1 (3), Z2.3, Z2.4, Z2.5, Z3.1, Z3.2, Z3.3, Z3.4, Z3.5 (4): Mintaqaviy turnirlar PN: FIDE Prezident nomzodi (2)
Kelmaganlar Ayollar dunyosida 1-raqamli shaxmatchi (umumiy hisobda 22-o‘rin) Judit Polgar hech qachon ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmagan va bu safar ham ishtirok etmaydi. Sobiq chempion Xie Jun soʻnggi yillarda shaxmat turnirlarida kam qatnashayotgan edi (2005-yildan beri toʻrtta reytingli oʻyin) va bu safar ham kelmaydi. 2006-yilgi jahon chempionatida ikkinchi oʻrin sohibi Alisa Galliamova ham maʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmaydi. Chempionatga kelmagan, kuchli 20 talikka kirga shaxmatchilardan Katerina Lahno (12-oʻrin), sobiq chempion Chju Chen (15-oʻrin) va Elina Danielian (16-oʻrin) ham bor edi.
Ayrim shaxmatchilar Nalchikka borishdan bosh tortishadi. Kanadalik Natalya Xoudgarian va amerikalik Irina Krush FIDEga yoʻllagan maktublarida Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi umumiy xavfsizlik taʼminlanmaganligi sababli borishmaganini taʼkidlaganlar.
2008-yilda Janubiy Osetiya urushi boshlanganidan keyin koʻp oʻyinchilar norozilik bildirishdi. 2008-yil 12-avgustda oltita gruziyalik oʻyinchi chempionatni xavfsizroq joyga koʻchirishni soʻrab ochiq xat eʼlon qilishadi va buni boshqa bir qancha oʻyinchilar (Monika Soćko, Irina Krush, Iweta Rajlich, Ketino Kachiani-Gersinska, Tea Bosboom-Lanchava, Klau, Amura va Mari Sebag) maʼqullaydi. 15-avgust kuni esa Gruziya shaxmat federatsiyasi ochiq xat eʼlon qiladi. Unda gruziyalik shaxmatchilar chempionat boshqa davlatga koʻchirilmagunicha, unda ishtirok etmasliklarini bildirishadi. Birinchi bosqichdagi raqibi gruziyalik Lela Javaxishvili boʻlgan argentinalik Klaudiya Amura ham FIDEga chempionatni boshqa davlatda oʻtkazilishini soʻrab xat yozadi.
FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov 13-avgust va 19-avgust kunlari ikkita javob xatini chop etadi. U o‘z maktublarida chempionat Nalchikda o‘tkazilishini, siyosat va sportni aralashtirmaslikni va tashkilotchilar barcha zarur xavfsizlikni taʼminlaganini taʼkidlagan. Buni Yevropa shaxmat ittifoqi prezidenti Boris Kutin va Kabardino-Balkariya prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisi Arsen Kanokov qo‘llab -quvvatlagan edi. 21-avgust kuni Ilyumjinov Gruziya prezidenti Mixail Saakashviliga gruziyalik shaxmatchilarni ishtirok etishini so‘rab maktub yo‘llaydi.
Chempionatga jami 11 nafar shaxmatchi kelmaydi. Olti nafar gruziyalik shaxmatchilardan tashqari (Maya Chiburdanidze, Lela Javaxishvili, Maya Lomineishvili, Nino Xurtsidze, Sopiko Xuxashvili va Sopio Gvetadze) Mari Sebag (Fransiya), Irina Krush (AQSh), Yekaterina Korbuts (R.), Bouss Lanchava (Niderlandiya) va Karen Zapata (Peru) lar ham kelishmaydi.
Turnir formati Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi:
Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi). Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval boʻladi.
Finalda ikkita emas toʻrtta klassik oʻyin oʻtkazildi va tay-brekning birinchi (tezkor) bosqichi ham toʻrtta oʻyindan iborat boʻladi.
Chempionat oʻtkazilish sanalari
1-tur: 29-avgust va 30-avgust, tay-breyk 31-avgust 2-tur: 1-sentyabr va 2-sentyabr, tay-breyklar 3-sentyabrda 3-tur: 4-sentyabr va 5-sentyabr, tay-breyk 6-sentyabrda Chorak final: 7-sentyabr va 8-sentyabr, tay-breyk 9-sentyabrda Yarim final: 10-sentyabr va 11-sentyabr, tay-breyk 12-sentyabr Final: 14-sentyabrdan 17-sentyabrgacha, tay-brek 18-sentyabrda
Natijalar
Final oʻyini 1234Jami1½½½2½0½½½1½
Turnir jadvali
Manbalar
Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati