Yaponiya milliy ayollar futbol ligasi ((, nomi bilan tanilgan) 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab Yaponiyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori turniri hisoblanadi. Yaponiya milliy ayollar futbol ligasi Yaponiyadagi birinchi toʻliq professional ayollar futbol ligasi hisoblanadi.

Tarixi 2020-yil 3-iyun kuni Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi (JFA) Yaponiyaning yangi yuqori darajadagi, professional ayollar futbol ligasi boʻlish uchun Yaponiya milliy ayollar futbol ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan biznes-menejer va Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kikuko Okajima Yaponiya milliy ayollar futbol ligasining birinchi raisi etib eʼlon tayinlandi.

WE Leaguega qoʻshilish uchun 17 ta klub ariza topshirdi. Ulardan oʻn bir nafari qabul qilinadi. Tanlangan jamoalar roʻyxati 2020-yil oktabr oyida eʼlon qilinadi. 2020-yil 15-oktabrda 11 ta klub Yaponiya milliy ayollar futbol ligasining taʼsischi aʼzolari sifatida eʼlon qilindi.

Musobaqa formati Yaponiya milliy ayollar futbol ligasining 2021—2022-yilgi ilk mavsumida 11 ta jamoa ikki davra formatida: uy va safar bahslarida oʻynaydi. Nadeshiko ligasidan farqli oʻlaroq, Yaponiya milliy ayollar futbol ligasi koʻpgina Yevropa ligalariga mos keladigan tarzda qish mavsumida oʻtkaziladi. Lekin Amerika Milliy Ayollar Futbol Ligasiga oʻxshab, jamoalar Yaponiya milliy ayollar futbol ligasidan Nadeshiko ligasiga tushib ketmaydi.

Yaponiya milliy ayollar futbol ligasidagi har bir jamoada kamida besh nafar oʻyinchi boʻlishi kerak, ular toʻliq professional shartnomalar imzolagan boʻlib, toʻliq ish haqi asosida oʻynashlari kerak. Yaponiya milliy ayollar futbol ligasi yapon ayollar futboliga professionallik olib kirishdan tashqari, xalqaro futbolchilarni jalb qilish choralarini ham amalga oshirdi. JFA Janubi-Sharqiy Osiyoga aʼzo federatsiyalaridan kelgan oʻyinchilarining maoshlarini, liganing oʻzi esa FIFAning yuqori oʻrindagi mamlakatlari futbolchilarini subsidiyalaydi. WE Ligasi Fransiya, Germaniya, Gollandiya va Qoʻshma Shtatlar kabi yuqori darajali futbol federatsiyalaridan oʻyinchilarni faol ravishda jalb qiladi, shuningdek, tarjimonlar va boshqa xarajatlar va jamoalar tarkibini xalqarolashtirishni ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha subsidiyalar tasis etadi.

Joriy klublar

2021-2022 mavsum

Klub2020-yildagi o`rniBirinchi diviziya 1-mavsumdaBirinchi diviziyaning ilk mavsumidaYuqori diviziyadagi chempionliklar soniYuqori diviziyada eng ko`p chempion bo`lgan jamoa Mynavi Sendai 7 2013 2021—2022 2013 0 - Urawa Red Diamonds 1 1999 2021—2022 1999 4 2020 Omiya Ardija Ventus 8 2021—2022 2021—2022 2021—2022 0 - AS Elfen Saitama 2 2002 2021—2022 2021—2022 0 - JEF United Chiba 6 2000 2021—2022 2009 0 - Tokyo Verdy Beleza 3 1989 2021—2022 1989 17 2019 Nojima Stella Kanagawa 8 2017 2021—2022 2017 0 - AC Nagano Parceiro 5 2003 2021—2022 2021—2022 0 - Albirex Niigata 5 2007 2021—2022 2007 0 - INAC Kobe Leonessa 2 2006 2021—2022 2006 3 2013 Sanfrecce Hiroshima Regina - 2021—2022 2021—2022 2021—2022  — -

Chempion jamoalar roʻyxati Mavsum Chempionlar Ikkinchi oʻrin 2021-2022 INAC Kobe Leonessa Urawa Red Diamonds 2022-2023 - -

Homiylik

Asosiy homiy Yetkazib beruvchi Davr Daihatsu 2021-hozirga qadar

Ikkinchi darajali homiy Kompaniya Davr Plenus 2021-hozirga qadar Asahi Kasei 2021-hozirga qadar MediQttO 2021-hozirga qadar x-girl 2021-hozirga qadar Persol 2021-hozirga qadar

Rasmiy radioeshittirish hamkori Taʼminotchi Davr DAZN 2021-hozirga qadar

Sport jihozlari hamkori Taʼminotchi Davr Molten 2021-hozirga qadar

Chipta sotish boʻyicha rasmiy hamkor Taʼminotchi Davr PIA 2021-hozirga qadar

Yana qarang

Yaponiyada sport

Ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati

Manbalar

Havolalar

WE League — rasmiy veb-sayt

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA)

Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari