Stephanie Victoria Allen — (1991-yil 14-dekabrda tugʻilgan), Stefflon Don taxallusi bilan mashhur, britaniyalik reper va qoʻshiqchi. U 2017-yilda French Montana bilan „Hurtinʼ Me“ duet singli Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart 7-oʻrinni egallaganidan keyin shuhrat qozondi. Stefflon Don 2016-yilda oʻzining debyut miksteypi Real Tingni, keyin esa 2018-yilda Secure miksteypini chiqardi.
Yoshlik
Stefflon Don Angliyaning Birmingem shahrida tugʻilgan va kelib chiqishi yamaykalikdir. Uning yetti ukasi bor, ulardan biri reper Dutchavelli. U besh yoshga toʻlganda, uning oilasi Niderlandiyaning Rotterdam shahriga koʻchib oʻtdi. Shu sabab Allen golland tilini ham biladi. Allen boshlangʻich maktabdan beri qoʻshiq aytadi va musiqa yozadi. 14 yoshida u London maktabida oʻqish uchun Britaniyaga qaytib keldi. Musiqadagi karyerasidan oldin u tort bezakchisi va sartarosh sifatida ishlagan.
Karyera
Stefflon Don 2017-yilgi „Baywatch“ filmining saundtrekida ishtirok etdi. Don ilk bor Amerika qoʻshigʻida Jeremihning „London“ trekidagi dueti boʻldi. Keyinroq Lil Yachty bilan birga „Teenage Emotions“ albomidagi „Better“ qoʻshigʻida ham Lil Yachty hamkori boʻldi. 2016-yil 16-dekabrda Don oʻzining „Real Ting“ nomli birinchi mixteypini chiqardi.
2016-yilning bahorida Don Universal Music Group bilan shartnoma imzoladi.
2017-yilning 15-avgustida u oʻzining Hurtinʼ Me — The EP nomli debyut EP-dan French Montana bilan birgalikda „Hurtinʼ Me“ singlini chiqardi va u UK Singles Chartda 7-oʻrinni egalladi.
Shaxsiy hayot
U birinchi farzandini 17 yoshida dunyoga keltirdi.
2019-yil sentabrida u sanʼatkor sifatida mashxurlikka erishgandan soʻng onasining saraton kasalligini davolash uchun Twitter’da „Giveaway“ oʻtkazdi.
Diskografiya Miksteyplar Nomi Tafsilotlar Chartdagi eng yuqori o'rni UK Albums Chart Real Ting Chiqarilgan sana: 16-dekabr, 2016 Leybl: 54 London — Secure Chiqarilgan sana: 17-avgust, 2018 Leybl: 54 London, Polydor Records 35 "—" ushbu hududda chiqarilmagan ma'noni bildiradi.
Kengaytirilgan singllar + Kengaytirilgan singllar ro'yxati Nomi Kengaytirilgan singllar tafsiloti Hurtin' Me – The EP Chiqarilgan sana: 12-yanvar, 2018 Leybl: Polydor Records
Mukofotlar va Nominatsiyalar Yil Mukofot Kategoriya Natija 2017 MOBO Awards Eng Yaxshi Ayol Reper 2018 NME Awards Eng Yaxshi Yangi Ijodkor BET Awards Eng Yaxshi Xalqaro Ijodkor
Manbalar
Turkum:Reper Turkum:Rep Turkum:Ayol Reper Turkum:Buyuk Britaniya Turkum:Hip Hop