Hero MotoCorp bilan homiylik aloqalari uchun Qahramon Hindiston ayollar ligasi sifatida tanilgan Hindiston ayollar ligasi hind futbolidagi ayollarning yuqori darajadagi professional futbol ligasidir. 2016-yilda tashkil etilgan ushbu ligada hozirda mamlakat boʻylab jami 12ta jamoa ishtirok etadi.
Hindiston ayollar ligasini tuzish 2014-yilda rejalashtirila boshlagan va 2016-yilda tashkil etilgan. Birinchi mavsumga 2016-yil oktabr oyida Cuttack shahrida start berilgan. Liga Hindistonning ayollar uchun birinchi professional futbol ligasi sifatida Hindiston terma jamoasi uchun oʻyinchilar zaxirasini koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan. 2021—2020-yildan boshlab chempion boʻlgan klublarga Osiyoning eng yuqori toifali ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyati berildi.
Hozirgacha toʻrtta klub chempionlikni qoʻlga kiritdi: Eastern Sporting Union, Rising Students' Club, Sethu va Gokulam Kerala. Ulardan Gokulam Kerala ikki marta chempionlik kubogini qoʻlga kiritgan.
Tarixi
Kelib chiqishi 1991-yildan beri Hindistondagi eng yaxshi ayollar futbol turniri Butun Hindiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan kattalar oʻrtasidagi milliy futbol chempionati hisoblanardi. Birinchi ayollar futbol ligasi Hindiston futbol assotsiatsiyasi (Gʻarbiy Bengal) tomonidan Kalkuttada 1993-yilda Kalkutta ayollar futbol ligasi sifatida tashkil etilgan. 1998 va 1999-yillarda tegishli davlat assotsiatsiyalari tomonidan Mumbay va Goada mintaqaviy ligalar tashkil etilgan. Ammo, afsuski, qoʻllab-quvvatlanmagani sababli, bu havaskorlar ligalari uzoq muddatga saqlanib qolmadi va qisqa muddatdan keyin butunlay tarqatib yuborildi.
2014-yilda Hindiston ayollar terma jamoasining, asosan, SAFF ayollar chempionatidagi muvaffaqiyatidan soʻng, Hindiston Superligasi qatorida ayollar futbol ligasini tashkil etish harakatlari boshlandi. Pune va Bengaluru kabi klublar milliy ayollar ligasiga qoʻshilish istagini bildirishdi.
Tashkil topishi 2016-yilning 21-aprelida AIFF prezidenti Praful Patel Hindiston ayollar ligasi oktabr oyida boshlanishini, oltita jamoani aniqlashini va 2017-yilgacha sakkizta jamoaga kengayishni maqsad qilganini aytdiPuri, Rohan (21 April 2016). „Womenʼs football league from October“. Times of India. Archived from the original on 26 September 2016. Retrieved 22 April 2016.. Ikki oydan koʻproq vaqt oʻtgach, 5-iyul kuni AIFF Hindiston ayollar terma jamoasi tarkibini muhokama qilish uchun seminar tashkil qildi va bu munozaralar vaqtida ayollar futbol ligasini tashkil etishni taklif qildi. Seminarda Hindiston Superligasining beshta jamoasi — Dehli Dinamos, Chennaiyin, Kerala Blasters, Pune City va Atletiko de Kolkata hamda I-liganing uchta jamoasi — Bengaluru, Aizawl va Mumbay ishtirok etdi. Ligada sakkizta jamoa ishtirok etishi eʼlon qilindi. Turnirning asosiy maqsadi hindistonlik ayollarning imkoniyatlaridan foydalanish va ularni milliy terma jamoaga tayyorlash, natijada OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olish edi.
Dastlabki mavsumning dastlabki bosqichi 17-26-oktabr kunlari Cuttack shahrida mamlakat boʻylab 20 ta jamoadan iborat milliy saralash orqali saralashdan oʻtgan 8 jamoa oʻrtasida oʻtkazildi.
Keyingi mavsumda AIFF Hero MotoCorp bilan hamkorlikni uzaytirdi va liga Qahramon Hindiston ayollar ligasi deb nomlana boshladi. Tashkilotchilar asosiy oʻyinlarda xorijlik oʻyinchilar bilan shartnoma imzolashga ham ruxsat berishdi.
Bugungi holati Gokulam Kerala chet ellik futbolchi bilan shartnoma imzolagan birinchi hind klubi boʻldi, chunki ular tarkibida ikki Uganda terma jamoasi oʻyinchilari bor edi: Fazila Ikvaput va Rita Nabbosa. 2018—2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoalarning ishtirok etishi tegishli shtat ligalaridagi natijalarga koʻra aniqlanadigan boʻldi va jamoalar soni ham ikki baravar koʻpaytirilib, oʻn ikkitaga yetkazildi.
2019-yildan boshlab OFK va FIFA hamkorlikda ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatini tashkil qiladi va Hindiston 2021-yilda boʻlib oʻtadigan klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishga qaror qildi. Shu bois 2019—2020-yilgi mavsum gʻolibi Hindistonning qitʼa turniridagi ehtimoliy vakili boʻlishga qaror qilindi. Turnir finalida Gokulam Kerala butun turnir davomida magʻlub boʻlmagan holda mavsum chempioni boʻldi va shu tariqa erkaklar va ayollar oʻrtasidagi oliy ligada gʻolib chiqqan birinchi klub hamda OFKda oʻynagan birinchi Hindiston jamoasiga aylandi. 2021-2022 -yillarda AIFF formati bitta davradan iborat turnirga oʻzgartirildi va yakunda turnir jadvalining yuqori qismida qoladigan jamoa chempion deb eʼlon qilinadi. Gokulam Kerala mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlab, liga chempionligini himoya qilgan birinchi klub boʻldi va shu tariqa ketma-ket ikkinchi marta qitʼa turniriga yoʻllanma oldi.
Chempionlar
Mavsumlardagi chempion jamolar MavsumChempionIkkinchi oʻrinMavsumdagi jami jamolar soni2016-17Eastern Sporting UnionRising Students' Club62017-18Rising Students' ClubEastern Sporting Union72018-19SethuManipur Police122021-2022Gokulam KeralaKRYPHSA122020-21Covif-19 tufayli mavsum oʻtkazilmadi 2021-2022Gokulam KeralaSethu12 Joriy klublar roʻyxati
Klub Manzil Yutugʻi Oxirgi mansumda ishtiroki Eng yaxshi mavsumi ARA Ahmadobod, Gujarat 2022 IWL Qualifier gʻolibi - - Gokulam Kerala Kojikode, Kerala 2021-2022 IWL va 2021-2022 Kerala ayollar ligasi gʻolibi 2021-2022 (chempion) Chempion (2021-2022) Hans Women Yangi Dehli, Dehli 2021-2022 FD Ayollar ligasi gʻolibi 2018-19 (guruhda 3-oʻrin) Guruhda 3-oʻrin (2018-19) Indian Arrows Bhubanesvar, Odisha AIFF Development Group gʻolibi - - Kickstart Bangalor, Karnataka 2021-2022 Karnataka ayollar ligasi gʻolibi 2021-2022 (guruhda 3-oʻrin) Guruhda 3-oʻrin (2021-2022) Mata Rukmani Bastar, Chhattisgarh 2021-2022 Chhattisgarh shtati Ayollar futbol ligasi gʻolibi - - Odisha Police Bhubanesvar, Odisha 2021-2022 Odisha ayollar ligasi gʻolibi 2021-2022 (guruhda 3-oʻrin) Guruhda 3-oʻrin (2021-2022) PIFA Sports (Colaba) Mumbay, Maxarashtra 2021-2022 WIFA Ayollar futbol ligasi gʻolibi - - SSB Siliguri, Gʻarbiy Bengaliya 2021-2022 Kanyashri Kubogi gʻolibi 2018-19 (Yarim finalchi) Yarim finalchi (2018-19) Sethu Madurai, Tamilnadu 2021-2022 Tamil Nadu ayollar ligasi gʻolibi 2021-2022 (Yarim finalchi) Chempion (2018-19) Sirvodem Navelim, Goa 2021 Vedanta Ayollar Ligasi gʻolibi - - Odisha Sporting Bhubanesvar, Odisha 2021-2022 Odisha Ayollar Ligasi ikkinchi oʻrinchisi - -
Chempionlikka erishgan bosh murabbiylar
Bosh murabbiy Klubi Gʻalaba soni Gʻalabali mavsum Oinam Bembem Devi Eastern Sporting Union 1 2016-17 Sukla Dutta Rising Students' Club 1 2017−18 Amruta Aravind Sethu 1 2018−19 Priya PV Gokulam Kerala 1 2021-2022 Entoni Endryus Gokulam Kerala 1 2021-2022
Toʻpurar futbolchilar reytingi
Eng yaxshi toʻpurar futbolchilar
Reyting Futbolchi Oʻynagan mavsumlar soni Gollar 1 Ngangom Bala Devi 2 38 2 Sabitra Bhandari 2 31 3 Nongmaithem Ratanbala Devi 3 25 Sandhiya Ranganatan 4 5 Yumnam Kamala Devi 3 22 6 Greys Dangmei 4 15 Anju Tamang 4 8 Karishma Shirvoikar 2 11 9 Manisha Kalyan 3 9 Irom Prameshvori Devi 4 MS Kashmina 3 12 Sanju Yadav 3 8 13 Sasmita Malik 1 7 Pyari Xaxa 3 Soumya Gugulot 1 16 Sabina Xatun 1 6 Jabamani Tudu 3 18 Fazila Ikvaput 1 5 Heigrujam Daya Devi 1 Indumati Kathiresan 3 Pradeepa Sekar 3 Sumitra Kamaraj 2
Mavsum boʻyicha eng yaxshi toʻpurarlar Mavsum Futbolchi Klub Gollari soni 2016−2017 Yumnam Kamala Devi Eastern Sporting Union 12 2017−2018 Ngangom Bala Devi KRYPHSA 12 2018−2019 Ngangom Bala Devi Manipur Plice 26 2021-2022 Sabitra Bhandari Gokulam Kerala 16 2021-2022 Elshaddai Acheampong Gokulam Kerala 20
Yana qarang
Hindistonda futbol Hindistonda sport
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt, the-AIFF.com
Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari