Ma’mur Ahliddinov — Bloger,Oʻzbekiston Karlar jamiyati aʼzosi. Oʻzbekistondagi Imkoniyati cheklangan va eshitish qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar muammolarini oʻz blogida yoritib keladi. „Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi“ jurnali tahririyati matbaa boʻlimi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. 2016—2017-yillarda AQShning Nyu-York shahridagi LaGuardia jamoatchilik kollejida ingliz tili va Amerika imo-ishorasi kurslari oʻquvchisi boʻlgan. 2019–2024-yillarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavr, 2025-2026-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tarjimai holi Ma’mur Ahliddinov 1979-yilning 13-yanvar kuni Qozog'istonning Jetisay viloyatida tugʻilgan. 5 yoshida oilasi bilan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatiga koʻchib oʻtgan. Bolalaligi Jizzaxda oʻtgan. Yoshligida tish shifokorining xatosi tufayli eshitish qobiliyatini yoʻqotgan. 2016—2017-yillarda AQShning Nyu-York shahrida joylashgan LaGuardia jamoatchilik kollejida ingliz tili va Amerika imo-ishorasi kurslarida tahsil olgan. 2016-yildan beri eshitish imkoniyatini yoʻqotgan insonlar muammolarini yoritish bilan shugʻullanadi. 2019-yildan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.
Manbalar