Nuriddin Murodovich Murodov – sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Tarjimai holi 1915-yilda tugʻilgan. 1946-yildan KPSS (b) aʼzosi.

1937-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1937-1974-yillarda okrug plan komissiyasi raisi, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Davlat plan komissiyasi iqtisodchisi, Oʻzbekiston SSR Savdo xalq komissarligi boʻlimi boshligʻi, viloyat reja komissiyasi raisi, viloyat reja komissiyasi raisining oʻrinbosari, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR KP (b) Namangan okrug qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Namagan, Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitalari raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1974-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar Muradov Nuritdin Muradovich (rus.). Sayt „Geroi strani“. Nekrolog

Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan viloyati hokimlari Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari Turkum:Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotiblari Turkum:Ittifoq Kengashining Surxondaryo viloyatidan saylangan deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS XXII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar