Zubayra Alixanovich Tuxugov 1991-yil 15-yanvarda Grozniyda tavallud topgan. Zubayra Tuxugov rossiyalik aralash uslubdagi jangchi, yengil vazn toifasi vakili. U 2010-yildan buyon professional darajadagi sport musobaqalarida ishtirok etib, UFC, Cage Warriors, ProFC, Fight Nights Global jangovar tashkilotlari turnirlarida ishtirok etishi bilan tanilgan.
Biografiya 2018-yil fevral oyida Amerikaning USADA antidoping agentligi Tuxugov va Ruslan Magomedovni ostarin isteʼmol qilishda aybdor deb topgan va ularni 2017-yil 26-sentabrda doping isteʼmol qilganlikda gumon qilingan paytdan boshlab, 2 yil diskvalifikatsiya qilgan va ikki kishi uchun 10 ming dollar jarima berilgan.
UFC 229 musobaqasida Xabib Nurmagomedovning Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng, Tuxugov ishtirok etgan mushtlashuv kelib chiqdi. 2019-yil yanvar oyida Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) Tuxugovni mushtlashuvda qatnashgani uchun 12 oyga diskvalifikatsiya qildi va 25 ming dollar jarimaga tortgan. Diskvalifikatsiya muddati jang boʻlgan — 2018-yil 6-oktabrdan boshlab hisoblangan. 2019-yil 22-may kuni Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) diskvalifikatsiya muddatini 35 kunga qisqartirgan.
Ultimate Fighting Championship 2013-yil dekabr oyida Tuxugov UFC bilan shartnoma imzolagan va15-fevral kuni UFC Fight Night promoushinidagi: Machida vs. Mousasi musobaqasida Tiago Tavaresga qarshi debyutini oʻtkazishi rejalashtirilgani e'lon qilingan. Biroq, Tavares noma'lum jarohati tufayli musobaqani tark etishga majbur boʻlgan va uning oʻrniga UFCning yangi a'zosi Duglas Silva de Andrade kelgan. Duglas Silva va Tuxugov jangida rossiyalik sportchi ustunlik qilgan hamda gʻalaba qozongan.
Zubayra Tuxugov 4-oktyabr kuni UFC Fight Night: Nelson vs. Story musobaqasida Ernest Chaves bilan toʻqnash kelgan va birinchi raunddagi zarbalari tufayli texnik nokaut bilan jangda gʻalaba qozongan.
Tuxugov 2015-yil 6-iyun kuni UFC Fight Night 68 turnirida Tiago Tavaresga qarshi jang qilishi kutilgandi. Biroq, Tuxugovning qovurg‘asidan jarohat olgani uchun jang bekor qilingan.
Tuxugov 2015-yilning 10-dekabrida UFC Fight Night 80 musobaqasida Filip Nover bilan to‘qnash kelgan va bu jangda ham sportchi gʻalaba qozongan.
Sportdagi natijalari
Yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha Yevropa chempionati — bronza medali sohibi; Yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha jahon chempionati — kumush medali sohibi; Sambo boʻyicha Moskva chempionati — oltin medali sohibi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar