link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0c/Poem_by_Anna_Bijns_from_manuscript_kept_at_the_Universiteitsbibliotheek_Gent.jpeg/220px-Poem_by_Anna_Bijns_from_manuscript_kept_at_the_Universiteitsbibliotheek_Gent.jpeg|right|thumb|304x304px| Gent universiteti kutubxonasidagi Anna Bijns tomonidan yozilgan qoʻlyozma sheʼr, 1520-yillar Anna Bijns yoki Anna Byns (1493-yil Antverpen — 1575-yil Antverpen) — niderland tilida ijod qilgan Flamand shoirasi. U 80 yoshgacha Antverpendagi boshlang‘ich maktabda pedagog va maʼmur bo‘lib ishlagan. Bijns oʻz asarlarini nashr eta boshlagandan soʻng zamondoshlari orasida oʻzining adabiy isteʼdodi bilan keng eʼtirof etilgan. U niderland tilidagi adabiyotning birinchi muallifi boʻlib, uning muvaffaqiyatga asosan yaqinda ixtiro qilingan bosmaxona sabab boʻlgan. Bijnsning asarlari hayoti davomida bir necha bor qayta nashr etilgan. Oʻz davrining diniy mojarolarida u katolik cherkovini tanlagan va sheʼrlarida Martin Luther taʼlimotini keskin tanqid qilgan. U nikoh urf-odatlarini tanqid qilgan sheʼrlari bilan ham tanilgan.

Hayoti Bijnz oiladagi toʻngʻich farzand edi. Uning otasi paypoq ishlab chiqaruvchi va mahalliy Ritorika palatasining aʼzosi boʻlgan. Bu quyi oʻlkalarda (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) keng tarqalgan adabiyot ixlosmandlari jamiyati boʻlib, sheʼrlar oʻqish va teatr tomoshalarini sahnalashtirardi. Annaning sheʼriyatga boʻlgan muhabbatini ehtimol otasi uygʻotganJudith Keßler, Princesse der rederijkers. Het oeuvre van Anna Bijns: argumentatieanalyse — structuuranalyse — beeldvorming, PhD-thesis defended at the Radboud Universiteit Nijmegen on 28 February 2012 .

Anna tugʻilgandan keyin uning ota-onasi yana ikkita farzand dunyoga keltirdi: 1595-yilda tugʻilgan Margriete ismli singlisi va 1597-yilda tugʻilgan Maarten ismli ukasi. Uning otasi 1516-yilda vafot etdi. Otasi vafotidan bir yildan soʻng uning singlisi turmushga chiqdi. Bijns ukasi bilan otasining merosxoʻriga aylangan. Onasi oilaviy uyi va doʻkonini sotishga majbur boʻlgan. Shundan soʻng, oila Keizerstraatdagi „De Patiencie“ nomli uyga joylashdilar. Oʻsha uyda Annaning ukasi Maarten maktab ochadi. Anna onasiga gʻamxoʻrlik qilishdan tashqari, maktab ishlariga ham koʻmaklashadi. 1530-yilda onalarining vafotidan keyin Anna ukasi va singlisi bilan birga yashashni davom ettiradi. 1536-yilda Maarten uylangan paytlarida, merosni taqsimlash boʻyicha nizo kelib chiqadi va bu nizo sud bilan yakunlanadi. Sud qaroriga koʻra, boshqa koʻchmas mulkni meros qilib olmaslik sharti bilan Anna oila mulkining ijara haqini olishga ruxsat etiladiEllen Struijs, Literatuur als wapen in de zestiende eeuw. Anna Bijns en haar strijd tegen Maarten Luther , Bachelor Degree Thesis, Universiteit Antwerp, 2012-2013 . Anna eski uy manzili roʻparasida joylashgan kichikroq „Het Roosterken“ uyiga koʻchishga majbur boʻladi. 43 yoshida o‘zining uy maktabini ochadi va mahalliy o‘qituvchilar gildiyasiga aʼzo bo‘ladi. Maktab kichik hududda joylashgan boʻlib, faqat oz sonli bolalar uchun moʻljallangan edi. Anna maktabda oʻqish, yozish, kataxizm (diniy savol-javob) va arifmetika boʻyicha boshlangʻich taʼlim bergan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Titelpage_of_%27Dit_is_een_schoon_ende_suverlick_boecxken_inhoudende_veel_scoone_constige_refereinen%27_by_Anna_Bijns%2C_1528.jpg/270px-Titelpage_of_%27Dit_is_een_schoon_ende_suverlick_boecxken_inhoudende_veel_scoone_constige_refereinen%27_by_Anna_Bijns%2C_1528.jpg|right|thumb|270x270px| Schoon ende suverlick boecxkenning sarlavha sahifasi, 1528-yil Bijns Antverpendagi fransisk ruhoniylar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan. U Bonaventura ismi bilan mashhur boʻlgan rohiblardan biriga bir qancha sheʼrlar bagʻishlagan. Oʻshandan beri rohib Bijnsning eʼtirofchisi nomi bilan tanilgan. Baʼzi mualliflar Bijns oʻzining bir qancha sheʼrlarida yozgan javobsiz sevgisi Bonaventuraga qaratilgan deb hech qanday dalillarsiz taxmin qilishgan. Bijnsning koʻplab tanishlari Fransisk ordeniga aʼzo boʻlgan. Taxminlarga koʻra, Bijns asarlarining katta qismi Antverpen fransiskalari tashabbusi bilan yaratilgan. Ayniqsa, birodar Matthias Weijnssen Annaning yozuvchilikdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan va yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan deb ishoniladi. Bijnsning lutheranizmga qarshiligi fransiskaliklarning Luther taʼlimotiga qarshi oʻzlarining xalq tilidagi adabiyot orqali olib borgan targʻibot urushiga juda mos tushganHerman Pleij, Anna Bijns at Online Dictionary of Dutch Women.

Bijns uyini sotishga qaror qilib, 1573-yilda maktabni yopgunga qadar uni yuritishda davom etgan. U uyni Keizerstraatdagi qoʻshnilari Stollaert juftligiga sotgan. Bijns Lange Nieuwstraatda De Stollaertlar bilan birga yashashga qaror qilgan. Kema va turar joy evaziga yiqqan barcha pullarini Stollaert oilasiga bergan. Anna Bijns 1575-yil Pasxa haftasida 82 yoshida vafot etganJudith Keßler, Princesse der rederijkers. Het oeuvre van Anna Bijns: argumentatieanalyse — structuuranalyse — beeldvorming, PhD-thesis defended at the Radboud Universiteit Nijmegen on 28 February 2012 .

Ijodi Anna Bijns oʻz davrining ritoriklari orasida mashhur boʻlgan oʻziga xos sheʼr shakli refreinen (refrain) yozgan. Refrainlar uchta mavzuga bagʻishlangan: sevgi („het amoureuze“ deb ataladi), donolik („het vroede“ deb ataladi) va komik („het zotte“ deb ataladi). Muhabbat ishqiy munosabatlarning turli jihatlari bilan bog‘liq, donolik esa ko‘pincha diniy xarakterga ega bo‘lgan (boshqa) jiddiy mavzular bilan shug‘ullanadi, komik refarin esa ko‘pincha davrning shafqatsiz hazilini aks ettiradi. Anna Bijns oʻz refrainlarida barcha mavzuni qamrab olganJudith Keßler, Princesse der rederijkers. Het oeuvre van Anna Bijns: argumentatieanalyse — structuuranalyse — beeldvorming, PhD-thesis defended at the Radboud Universiteit Nijmegen on 28 February 2012 .

Sheʼriyat shakli sifatida „refrain“ fransuz balladasidan olingan. Refrainning eng muhim xususiyati sheʼrning kamida to‘rt misraga ega bo‘lishi va har bir misraning oxirgi satri hamisha refrain sifatida takrorlanishidir. Ushbu takrorlanuvchi satr odatda sheʼrning sarlavhasi sifatida ishlatiladi. Diniy refrainda Xudoga yoki Masihga „shahzoda“ va Maryamga „malika“ deb murojaat qilish mumkin. O‘sha davr shoirlari o‘z ijodlarida so‘z o‘yinlarini qo‘llashni, ijodiy qofiyalardan foydalanishni yaxshi ko‘rardilar. Ular oxirgi qofiyani (eng sodda shakl sifatida juft yoki kesishgan qofiya bilan) hamda misra ichidagi olmoshlardan foydalanganlar. Bundan tashqari, ular koʻpincha oʻz sheʼrlarida shoirning ismi yoki boshqa shaxsning ismi matn bilan oʻzaro bogʻlangan akrostikani kiritganlar. Akrostika sheʼrga aloqador shaxsni aniqlash uchun foydalidir. Bijns ham undan tez-tez foydalangan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9d/Titelpage_of_the_Latin_version_of_the_Refereinen_of_Anna_Bijns%2C_1529.jpeg/260px-Titelpage_of_the_Latin_version_of_the_Refereinen_of_Anna_Bijns%2C_1529.jpeg|right|thumb|260x260px| Refereinenning lotincha versiyasining sarlavha sahifasi, 1529-yil Bijns ijodi 1528, 1548 va 1567-yillarda Antverpenda nashr etilgan uchta sheʼriy toʻplam va nashr etilmagan qoʻlyozmalar orqali uzatilgan. Uning birinchi kitobi Antverpen matbaachisi Jacob van Liesvelt tomonidan juda uzun sarlavha bilan nashr etilgan: „“ (Bu goʻzal va samimiy kitob/ koʻplab goʻzal va badiiy refrainlarni oʻz ichiga olgan/ oyat va taʼlimotlarga toʻla/ turli mavzularda / qoidalar taqiqlanganidan keyin / quyidagi indeksda keltirilgan / hurmatli va zukko qiz tomonidan puxta yaratilgan. / Anna Bijns laʼnatlangan lutheran sektasidan kelib chiqqan, nafaqat barcha shifokorlar va universitetlar, balki imperator ulugʻvorligi tomonidan ham adolatli qoralangan barcha xatolarini nozik va ritorik tarzda tasvirlagan). Kitobda Bijnsning 23 ta refraini mavjud. Sarlavha, ularning barchasi tabiatan lyutheranlarga qarshi ekanligini koʻrsatadi, lekin aslida anti-lutheran mazmuni faqat bir qator refrainda namoyon boʻladi. Kitobni 1517-yilda Lutherstadt Wittenbergda to‘qson besh tezisni nashr etganidan keyin butun Yevropa bo‘ylab tez tarqalayotgan Martin Luther taʼlimotiga Bijnsning munosabati sifatida tushunish mumkin. Maʼlumki, Bijns 1522 va 1523-yillarda Lutherni tanqid qilgan oʻzining eng qadimiy ikki refrainini tuzgan. Ikkalasi ham uning birinchi kitobida aks etadi. Uning birinchi nashr etilgan asari faqat ikki refrainini saqlanib qolgan: biri Bryusseldagi Belgiya Qirollik kutubxonasida, ikkinchisi Maastrixt shahar kutubxonasida. Ikki nusxani bir xil deb boʻlmaydi, chunki ular imlo kabi bir qator farqlarni oʻz ichiga oladi. Kitob osha davrning bestselleri boʻlgan, bu kitobning uni ikkinchi marta nashr etishga to‘g‘ri kelgani bilan izohlanadi.

Ikkinchi (aslida uchinchi) qayta nashr 1548-yilda Maarten Nutes tomonidan nashr etilgan. Sanasi aniq emas, chunki sarlavha sahifasida ham, kolofonda ham sana koʻrsatilmagan. Nutes Bijnsning birinchi bosma kitobi sarlavhasining boshiga nomining qolgan qismini oʻzgartirmasdan „yerste boeck“ (birinchi kitob) soʻzlarini qoʻshgan.

Nutes Anna Bijnsning ikkinchi kitobini shunday sarlavha bilan nashr etdi: " "(Bu ikkinchi kitob goʻzal va badiiy refarinlarga toʻla / oyat va taʼlimotlarga toʻla / turli mavzularda / qoidalar taqiqlanganidan keyin / quyidagi indeksda keltirilgan / hurmatli va zukko Anna Bijns tomonidan juda nozik va ritorik tarzda yaratilgan / bizning zamonamizning barcha bid’atlari va xatolarini juda toʻgʻri ifodalaydi). Ikkinchi kitobda, asosan, lutheranizmga qarshi fikrlar mavjud. Yan van Ghelen ikkinchi kitobni taxminan 1553-yilda qayta nashr etdi. Shuningdek, u 1564-yilda birinchi kitobning hozirgi toʻrtinchi (beshinchi) nashrini chop etdi.

Anna Bijnsning uchta bosma kitobidan tashqari, 18 ta qoʻlyozma sheʼriyati ham saqlanib qolingan. Ulardan 17 tasi jamoaviy qoʻlyozmalar boʻlib, ularda Bijnsning ishi boshqa mualliflar bilan bir qatorda aks ettirilgan. Bundan yagona istisno bu Gent universiteti kutubxonasidagi B qo‘lyozmasi (imzo: Gent, UB, 2166), unda faqat Anna Bijns asarlari mavjud. Ushbu qoʻlyozmalardagi refrainlar uning birinchi asari nashr etilishidan 1545-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi va bosma refrainlariga qaraganda kengroq mavzularni qamrab olgan.

Mavzular Annaning ijodi diniy va axloqiy sheʼrlar, oʻzi yovuzlik quroli deb hisoblagan Martin Lutherga qarshi polemik refrainlar, sevgi sheʼrlari va turli satiralardan iborat. Eng mashhur tematik guruh lutheranlarga qarshi shiddatli nafratlardan iborat boʻlib, unda Luther va uning izdoshlari yolgʻonchi, ikkiyuzlamachi, fitnachilar va yerdagi shaytonlar sifatida qattiq qoralanadi. Sheʼrlar his-tuygʻu va nafratga guvohlik beradi va katoliklarning protestantizm tahdididan qoʻrqishidan dalolat beradi. Refrainlarning ikkinchi tematik guruhi ham lutheranizmga qarshidir va lutheranizmga qarshi kurashda invektiv emas, balki teologik dalillarga tayanishi bilan birinchisidan farq qiladi.

Uchinchi mavzu — bu hozirgi zamon haqidagi shikoyatlar guruhi. Bu Bijns tomonidan qabul qilingan eski janrdir. Ushbu guruhda Bijns dunyoning ahvoli haqida oʻz noroziliklarini bildiradigan va lutheranizmga ishora qilmagan holda har qanday notoʻgʻri narsalarni qoralaydigan fikrlarni oʻz ichiga olgan. Bu guruh ayniqsa, zamonaviy odamlar endi avvalgidek taqvodor va odobli yashamasliklari bilan bir vaqtda tanlagan yoʻllarining notoʻgʻriligini ham tan olmaydilar deya, avvallari hamma narsa yaxshiroq boʻlgan degan fikrni ilgari suradi. Bu oyatlarda Bijnsning tanqidi Lutherga yoki boshqa katolik boʻlmaganlarga emas, balki oʻz davrining har bir insoniga qaratilgan.