Devid Neres Kampos () 1997-yil 3-martda San-Pauluda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Benfika“ va Braziliya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Neres „San-Paulu“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 18-oktabrda Fluminense bilan o‘yinda u Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. 22-oktabr kuni „Ponte Preta“ga qarshi kechgan duelda Devid „San-Paulu“ uchun birinchi golini urdi.
2017-yil boshida Neres Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. 26-fevral kuni „Gerakles“ga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Kasper Dolbergni almashtirgach oʻyinga qoʻshilgan. 2-aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda Devid „Ayaks“ safidagi ilk golini urdi. 2019-yilda Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda Neres gol urdi.
2022-yilning 15-yanvarida u „Shaxtyor Donetsk“ futbolchisiga aylandi.
2019-20-yilgi mavsumda „Manchester United“ va „Atletico Madrid“ kabi klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Neres 2019-yilning 7-avgustida „Ayaks“ bilan 2023-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma 2022-yilda tugashi kerak boʻlgan, ammo shunga qaramay futbolchi yana bir yil bu klubda oʻynash ishtiyoqini bildirgan.
Mavsum boshida „Ayaks“ Mohamed Darami va Stiven Berguislarni qanot himoyachilari sifatida sotib olgani uchun Neres uchun raqobat kuchayib ketdi, natijada u koʻpincha asosiy tarkibga kiritilmagan. Xalqaro martaba 2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, Paragvay, Venesuela, Argentina, Urugvay va ikki marta Ekvador va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Yutuqlari „Ayaks“
Gollandiya chempioni (2 karra): 2018/19, 2020/21 Gollandiya kubogi sohibi (2 karra): 2018/19, 2020/21 UEFA Yevropa ligasi finalchisi: 2017-yil
Braziliya terma jamoasida
Amerika kubogi sohibi: 2019-yil
Shaxsiy
Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil aprel UEFA Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi: 2018/19
Faoliyat statistikasi 2021-yil 23-dekabr holatida: Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa kuboklari Boshqalar Jami Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol San-Paulu 2016-yil 8 3 3 0 11 3 Jami 8 3 3 0 11 3 Ayaks 2016/17 8 3 0 0 4 0 12 3 2017/18 32 14 2 0 3 0 37 14 2018/19 29 8 6 1 15 3 50 12 2019/20 12 6 0 0 8 0 20 6 2020/21 25 3 4 2 10 3 39 8 2021/22 15 3 1 0 5 1 1 0 22 4 Jami 121 37 13 3 45 7 1 0 180 47 Young Ayaks 2016/17 4 2 4 2 2017/18 1 1 1 1 Jami 5 3 5 3 umumiy faoliyatida 134 43 16 3 45 7 1 0 196 53
Manbalar
Havolalar
Profile at the SSC Napoli website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:São Paulo FC futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar