thumbnail|250px|alt=Photo shows the six types of chess pieces in the Staunton style.|Staunton uslubidagi shaxmat donalari. Chapdan oʻngga: shoh, rux, farzin, piyoda, ot, fil.

Shaxmat qoidalari (shuningdek, shaxmat qonunlari deb ham ataladi) shaxmat oʻyinidagi tartib-qoidalarni oʻrgatadi. Shaxmat ikki oʻyinchi ishtirokidagi mavhum strategiyali stol oʻyini hisoblanib, har bir oʻyinchi shaxmat taxtasida olti turdagi oʻn oltita donalarni boshqaradi. Donalarning har biri oʻziga xos tarzda harakat qiladi. Oʻyinning maqsadi — raqibning shohini mot qilish (muqarrar ravishda motga olib borish, yaʼni raqib shoh donasining yurishiga imkon qoldirmaslik). Oʻyin mot holatidan tashqari turli yoʻllar bilan, masalan, raqibning taslim boʻlishi, oʻyinning durang yoki mot (shohning yurishga yoʻli qolmasligi) bilan yakunlanishi mumkin.

Shaxmat qoidalarining aniq kelib chiqish davri nomaʼlum boʻlsa-da, zamonaviy qoidalar ilk marotaba oʻrta asrlarda shakllangan. Qoidalar XIX asrning boshlariga qadar biroz oʻzgartirilib, hozirgi kundagi koʻrinishga kelgan. Turli mintaqalarda shakllangan qoidalar bir-biridan biroz farq qilib kelgan. Bugungi kunda standart qoidalar shaxmat boʻyicha xalqaro boshqaruv organi — FIDE (Fédération Internationale des Échecs) tomonidan oʻrnatiladi. Baʼzi milliy tashkilotlar tomonidan kichik oʻzgartirishlar kiritilshi mumkin. Tezkor shaxmat, standart shaxmat, onlayn shaxmat va Chess960 qoidalarining xilma-xilligi shular jumlasidandir.

Donalarning asosiy harakatlaridan tashqari, boshqa qoʻllanadigan tartib-qoidalar mavjud. Bular shaxmat taxtasining joylashishi, donalarning tartib bilan terilishi, vaqtni nazorat qilish, oʻyinchilarning xulq-atvori va axloqi, jismoniy nuqsoni boʻlgan oʻyinchilar uchun shaxmat yozuvlari yordamida harakatlarni yozib olish kabilardir. Shuningdek, oʻyin davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish tartib-qoidalari ham mavjud.

Asosiy qoidalar

Shaxmat taxtasida 64 kvadrat katak (ikki xil rang — har biri uchun 32 tadan katak) mavjud. Shuningdek, shaxmat taxtasi shashkada ishlatiladigan doskaga oʻxshab ketadi. Shaxmat taxtasining ranglari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, och rangli kvadratchalar „oq“ deya, toʻq rangdagi kvadratlar esa qora rang deb nomlanadi. Oʻyin boshida oʻn oltita oq donalar va yana shuncha qora donalar shaxmat taxtasiga qoʻyiladi. Shaxmat taxtasidagi kvadratlar shunday joylashtirilganki, har bir oʻyinchining yaqin oʻng burchagida oq kvadrat boʻladi. Gorizontal qatorlar oʻz raqam nomi bilan, vertikal qatorlar esa yoʻnalish nomi bilan ataladi.

Har bir oʻyinchi oʻn oltita donani boshqaradi:

Donalar Shoh Farzin Rux Fil Ot Piyoda Donalar soni 1 1 2 2 2 8 Koʻrinishi 25px25px 25px25px 25px25px 25px25px 25px25px 25px25px

Oʻyin boshida donalar diagrammada koʻrsatilganidek joylashtirilgan boʻlishi, yaʼni har bir tomon uchun bitta shoh, bitta farzin, ikkita rux, ikkita fil, ikkita ot va sakkiz piyoda kerak. Donalar bittadan kvadratga quyidagi tarzda joylashtiriladi:

Ruxlar tashqi burchaklarga — shaxmat taxtasining oʻng va chap chetiga joylashtiriladi; Otlar ruxlardan keyin — oʻng va chap burchakka, oqlar b1 va g1 xonalariga, qoralar esa b8 va g8 xonalariga oʻz otlarini joylashtiradi; Fillar otlardan keyin, oqlar c1 va f1 xonalariga, qoralar esa c8 va f8 xonalariga oʻz fillarini taxlashadi; Shoh qaysi rangda boʻlsa farzin ham shu tartibda yaʼni oq farzin oq xonada, qora farzin qora xonada C yoʻnalishidagi fildan keyin joylashtiriladi. Oqlar d1 xonasiga, qoralar esa d8 xonasiga oʻz farzinini joylashtiradi; Shoh farzinning oʻng yonidagi boʻsh joyni egallaydi. Oqlar e1 xonasiga, qoralar esa e8 xonasiga oʻz shohini joylashtiradi; Piyodalar esa yuqorida sanab oʻtilgan donalarning roʻparasiga bir qator boʻlib, oqlar a2, b2, c2, d2, e2, f2, g2 , h2 xonalariga, qoralar esa a7, b7, c7, d7, e7, f7, g7, h7 xonalariga oʻz piyodalarini joylashtiradi.

Oq donalar doimo 1- va 2-raqamli qatorlarga, qora donalar esa 7- va 8- qatorlarga teriladi.

Oʻyin jarayoni thumb|right|alt=Photo shows two men playing chess while two more look on.|Kiyevdagi jamoat bogʻida shaxmat soati bilan boʻlayotgan oʻyin

Oq donalarni boshqaradigan oʻyinchi „Oqlar“ deb, qora donalarni boshqaruvchi oʻyinchi esa „Qoralar“ deb nomlanadi. Oʻyinni oqlar boshlab beradi. Soʻng, oʻyinchilar muqobil harakatlar orqali oʻyinni davom ettiradi. Har bir oʻyinchi yurish qilgandan keyin raqib tomonidan yurish qilinishi lozim va yurish oʻtkazib yuborish mumkin emas. Hatto sugsvang holatida ham yurish qilish shartdir. Oʻyin, yuqorida aytib oʻtilganidek, shoh mot qilinmaguncha, raqibning taslim boʻlishi va oʻyinning durang yoki pot bilan yakunlanmaguncha davom etadi. Bundan tashqari, agar oʻyin vaqt nazorati ostida oʻynalayotgan boʻlsa, vaqt chegarasidan oshib ketgan oʻyinchiga magʻlubiyat yoziladi. Yaʼni, berilgan vaqt oʻz nihoyasiga yetsa, oʻyin tugaydi.

Rasmiy shaxmat qoidalari oq rangda kim oʻynashini aniqlash tartibini belgilamaydi. Aniq bir qaror turnirga xos qoidalarga (masalan, Shveysarcha tizimidagi turnir yoki aylanali turnir) yoki raqobatsiz oʻyin boʻlsa, oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi. Raqobatsiz oʻyinlarda bu holda koʻpincha tasodifiy tanlov qoʻllanadi. Umumiy usul — biror kishi har bir rangdan bir donani (odatda piyodani) ikkala qoʻlida yashiradi, raqibi esa tanlaydi, keyin ochilgan donaning rangida oʻyin boshlanadi.

Donalarning harakatlanishi

Shaxmatning har bir donasi oʻziga xos harakatlanish usuliga ega. Dona boʻsh kvadratga yuradi. Bundan tashqari, raqibning donasini qoʻlga kiritishi va u joylashgan xonaga oʻtishi mumkin.

Shaxmatda otdan tashqari hech bir dona oʻzidan oldinda yoki yonboshda turgan dona ustidan oʻtolmaydi. Shoh va ruxning rokirovka qilinishi bundan mustasno. Oʻyin davomida yutib olingan dona shaxmat taxtasidan olib tashlanadiWhen promoting a pawn, a piece previously captured and removed from the board is often used as the „new“ promoted piece. The new piece is nevertheless regarded as distinct from the original captured piece; the physical piece is used simply for convenience. Moreover, the player’s choice for promotion is not restricted to pieces that were previously captured.. Shohni mot qilish mumkin, lekin yutib olib boʻlmaydi. Donalar quyida keltirilgan tarzda harakat qiladi:

Shoh gorizontal, vertikal yoki diagonal yoʻnalish boʻyicha faqat bir katak yurish orqali harakat qiladi. Rokirovka deb nomlanuvchi holatda shoh bilan rux maxsus harakat orqali 2 yoki 3 kvadrat xonaga yurishi mumkin va oʻyin davomida har bir oʻyinchi uchun faqat bir marta rokirovka qilishga ruxsat etiladi. Agar shoh yoki ikki ruxdan biri rokirovkadan oldin harakatlansa, maxsus harakaydan foydalanish imkonidan mahrum boʻladi.

Rux gorizontal yoki vertikal ravishda istalgan sondagi boʻsh kvadratlarga yura oladi. Yuqorida taʼkidlanganidek shoh bilan rux rokirovkani amalga oshirishi mumkin.

Fil har qaysi raqamdagi boʻsh kvadratlarga diagonal boʻylab harakatlanadi. Oq fillar oq diagonal boʻylab, qora fillar qora diagonal boʻylab harakat qiladi.

Farzinning yurishi sal murakkabroq boʻlib, u istalgan sondagi boʻsh kataklarga gorizontal, vertikal yoki diagonal ravishda harakatlana oladi.

Ot bir xil daraja yoki diagonalda boʻlmagan eng yaqin kvadratlardan biriga harakatlanadi. Bunda harakatlanish ikkita kvadrat gorizontal, keyin bir kvadrat vertikal ravishda siljitish yoki bir kvadrat gorizontal, keyin ikkita kvadratni vertikal ravishda, yaʼni L harfi koʻrinishida amalga oshirish mumkin. Otning oldida turgan boshqa donalar unga toʻsiq boʻla olmaydi.

Piyodalar eng murakkab harakat qoidalariga ega:

Piyoda toʻgʻridan-toʻgʻri bir katak oldinga, agar bu kvadrat boʻsh boʻlsa, yura oladi. Agar u hali qimirlamagan boʻlsa, yaʼni oʻyin boshlangan vaqtdagi holatida tursa, piyoda ikki kvadrat boʻsh xonaga siljishi mumkin. Piyodalar orqaga harakatlana olmaydi.

Piyoda boshqa donalardan farqli oʻlaroq, donalarni yutish jarayoni murakkabroq. Piyoda oldidagi diagonal ravishda joylashgan ikkita kvadratdan biridagi raqib donasini qoʻlga kiritishi mumkin. Ammo, ushbu diagonal kvadratlar boʻsh boʻlsa, oʻsha kvadratlarga oʻta olmaydi va oʻzining yoʻnalishi boʻylab harakatini davom ettiradi. Dastlabki yurishidan keyin faqat oldindagi bir kvadrat xonaga siljiy oladi. Shuningdek, piyoda raqib piyodasini kesib olish orqali yutib olishi mumkin.

Piyoda shaxmat taxtasi oxiriga yetkanida boshqa bir donaga aylanish imkoniga ega.

Qoʻshimcha qoidalar Rokirovka

Rokirovka — shohni ikki kvadrat yonboshga rux tomon siljitishdan iborat boʻlib, soʻngra ruxni shohning boshqa tomoniga, unga yonbosh boʻlgan joyga qoʻyish holati. Bir vaqtning oʻzida shohni ham, ruxni ham siljitish mumkin emas, chunki shaxmatda bir qoʻl bilan yurish qoidasi mavjud. Avval shoh, soʻngra rux harakatlantiriladi (bunda ikkala dona bilan bir yurishda rokirovka jarayonini amalga oshiriladi). Rokirovkaga faqat quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirdagina toʻliq amalga oshirilgan deb hisoblanadi:

Rokirovka qilinadigan shoh va rux bilan yurish amalga oshirilmagan boʻlishi kerak.

Shoh va rux oʻrtasida hech qanday dona boʻlmasligi kerak.

Rokirovka jarayonida shohga hujum boʻlmasligi kerak, yaʼni, shoh raqib donasi tomonidan hujumga uchragan xonadan oʻtishi yoki rokirova usha xonada tugashi mumkin emas.

Diagrammada koʻrsatilganidek, rokirovka shoh yoki farzin tomondan amalga oshirilishi kerak.

Kesib oʻtish right|275px|alt=Three images showing en passant. First, a white pawn moves from the a2-square to a4; then, the black pawn moves from b4 to a3; finally, the white pawn on a4 is removed|en passant

Piyoda oʻzining dastlabki kvadratidan ikki kvadrat oldinga oʻtib, yurishni bir xil darajadagi raqibning piyodasi yonida tugatsa, u faqat bir kvadrat oldinga siljigandek, diagonal yoʻnalishda raqibning piyodasini yutib olishi mumkin. Kesib oʻtish qoidasi faqatgina raqib piyodasining dastlabki holatidan ikki kvadrat oldindagi xonaga siljiganda amalga oshirish mumkin. Oʻng tomondagi diagrammalar bunga misol boʻladi: agar oq piyoda a2dan a4ga oʻtsa, b4dagi qora piyoda uni kesib oʻtish orqali yutib olishi mumkin, a4dagi oq piyoda shaxmat taxtasidan olib tashladi va b4dagi piyoda b4dan a3ga oʻtadi.

Piyodaning boshqa donaga aylanishi Agar oqlar piyodani sakkizinchi xonagacha yetkazsa, piyoda oʻyinchining xohishiga koʻra bir xil rangdagi farzin, fil, ot yoki ruxga oʻzgartiriladi (odatda farzin tanlanadi). Xuddi shunday qoralar ham oʻz piyodasini birinchi xonaga yetkazsa bir xil rangdagi farzin, fil, ot yoki ruxga oʻzgartirishi mumkin. Tanlov ilgari qilingan donalar bilan cheklanmaydi. Demak, nazariy jihatdan oʻyinchining barcha piyodalari belgilangan joyga yetgan boʻlsa, toʻqqiztagacha farzin yoki oʻntagacha ot, fil yoki ruxga ega boʻlishi mumkin. Agar kerakli dona mavjud boʻlmasa, oʻyinchi donani taqdim etish uchun hakamni chaqirishi kerak.

Kisht berish

Shoh qachonki raqib donasi tomonidan hujumga uchraganida raqib nazorati ostida boʻladi. Oʻz vaqtida shohga kisht berilganda oʻyinchi shohni boshqa xonaga olib oʻtishi, kisht berayotgan donani yutib olishi (agar shoh ochmas holatida boʻlsa buni iloji yoʻq) yoki kisht berilayotgan yoʻlni toʻsishi lozim.

Oʻz shohini kisht berilayotgan xonaga siljitish mumkin emas. Ushbu cheklovdan chiqishning mumkin boʻlgan usullari quyidagilar:

Shohni nazoratda boʻlmagan xonaga olib borish kerak. Nazorat ostidagi xonani bloklash yoki egallash lozim.

Agar kishtdan chiqishning iloji boʻlmasa, shoh mot boʻlgan boʻladi.

Norasmiy oʻyinlarda raqib shohga kisht berish harakatini amalga oshirishda „kishtni“ni eʼlon qilish odat tusiga kirgan. Biroq, rasmiy musobaqalarda kisht kamdan-kam aytiladi.

Oʻyin oxiri

Agar oʻyinchining shohi kishtga qoʻyilgan boʻlsa va oʻyinchi kishtdan qochish uchun hech qanday harakatni amalga oshirolmasa (buning imkoni mavjud boʻlmasa), u holda shoh mot boʻlgan hisoblanadi. Oʻyin tugaydi va raqib yutqazadi.