Zhang Linpeng () (1989-yil 9-mayda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Shanghai Port“ klubida oʻynaydi.
Zhang Serxio Ramos kabi tashqi koʻrinishi va oʻyin uslubidagi oʻxshashligi uchun Zhanmos taxallusi bilan tanilgan. Hujumkor Zhang oʻzining havodagi oʻyini bilan tanilgan. U italiyalik murabbiy Marselo Lippi tomonidan „Xitoy Superligasidagi eng yaxshi xitoylik futbolchi“ deb taʼriflangan.
Klubdagi faoliyati Zhang Linpeng 2006-yilgi liga mavsumi boshida Shanghai East Asianing birinchi divizion jamoasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2007-yilgi liga mavsumi oxirida iyuqori pogʻonaga koʻtarilgan jamoaning bir qismi boʻlgan. Ikkinchi bosqichda Zhang klubning 2009-yilgi mavsumda toʻrtinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan. Klubidagi oʻyinlari tufayli Xitoy terma jamoasiga chaqiruv olgan va u Iordaniyaga qarshi debyutida gol urgan. Zhang 2010-yil noyabr oyida Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga 12 million ¥ evaziga oʻtishgan.
U klubdagi debyutini 2011-yilning 2-aprelida Dalian Shidega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Tez orada u 2013-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va klubni ketma-ket uchinchi liga chempioni, shuningdek, klub tarixida birinchi bora OChL chempioni boʻlishiga yordam bergan.
2015-yilgi mavsum oldidan Zhang 2015-yil 7-fevral kuni „Hangzhou Greentown“ jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida chap tizza bo‘g‘imi medial bog‘lami uzilib ketgan. Italiyadagi jarrohlik amaliyotidan tuzalgach, Zhang A Seriyaning „ Inter“ jamoasi bilan bogʻlangan murabbiy Roberto Manchini ham Zhangga qiziqish bildirgan. Biroq, Guangzhou Zhangning transfer narxini 10 million yevro deb belgiladi, bu „Inter“ toʻlashga tayyor boʻlganidan ancha yuqori narx boʻlgan. Jarohatidan tuzalgach, Zhang zaxiradan maydonga tushgan va 2015-yilning 3-aprelida Henan Jianyega qarshi o‘yinda (2:1) gol urgan. Keyin u 2015-yilning 12-aprelida Liaoning Whowinga qarshi o‘yinda (6:1) 60 metrdan gol urgan. 2015-yilning 27-mayida Seongnam FKga qarshi o‘yinda (2:0) chap tizzasidagi jarohatni yangilab olgan. 2015-yilning 20-iyulida Zhang Guangzhou bilan shartnomasini 2020-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirgan. Zhang 2015-yilning 12-avgustida Jiangsu Saintyga qarshi o‘yinda (1:0) jarohatdan qaytib maydonga tushgan. 2015-yilning 28-avgustida Premer-liga jamoasi "Chelsea" yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Zhangni transferni yakunlash umidida Guangzhouga taklif yuborgan ammo, ikki klub muzokaralar chogʻida maʼlum shartlar boʻyicha kelisha olmaganligi sababli shartnoma imzolanmagan.
2022-yil 29-aprelda Zhang Shanghai Port jamoasiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati Zhang 2008-yilgi Osiyo U-19 chempionatida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan. Bu uning 2009-yilgi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilishiga yetarli boʻlgan.
23 yoshgacha boʻlgan terma jamoaning muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, Zhangning oʻyinlari oʻsha paytdagi bosh murabbiy Gao Xongbo uchun yuqori darajada yaxshi deb hisoblashiga kifoya qilgan. U 2009-yil 30-dekabrda Iordaniyaga qarshi o‘yinda (2:2) xalqaro maydonda terma jamoa safida debyut qilgan va oz' debyutida gol urgan. Oʻzining debyutidan soʻng, Zhang 2011-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan.
Shaxsiy hayoti Zhang Hue millatiga mansub. U 2011-yil 21-mayda Vang Qiaozhi bilan olia qurgan va ularning oʻgʻli 2014-yil 1-sentyabrda tugʻilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai East Asia2006Xitoy Ikkinchi ligasi - - -2007 - - -2008Xitoy Birinchi Ligasi190 - - -1902009241 - - -2412010221 - - -221Jami652000000652Guangzhou Evergrande2011Xitoy Super Ligasi16120 - -1812012212317010323201323441130404452014271209000381201512400100302542016160703010270201722210100103422018260008010350201926021110 -39120201710020 -19120211700000 -170Jami2231521373011032818Karyerada jami2881721373011039320
Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2009 1 1 2010 13 2 2011 5 1 2012 4 0 2013 8 0 2014 9 0 2015 8 1 2016 7 0 2017 7 0 2018 6 0 2019 11 0 2020 0 0 2021 9 0 2022 4 0 Jami 92 5
Xalqaro maydondagi gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 130.12.2009 Meihu sport markazi, Yivu , Xitoy 1 — 0 2-2Oʻrtoqlik 214.01.2010 My Dinh milliy stadioni, Xanoy, Vetnam 2 — 0 2-1 2011-yilgi Osiyo kubogi saralashi 38.10.2010 Tuodong sport markazi, Kunming, Xitoy 2 — 0 2-1Oʻrtoqlik 48.01.2011 Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar 1 — 0 2-0 2011-yilgi Osiyo kubogi 58.09.2015 Shenyang sport markazi, Shenyang, Xitoy Maldiv Orollari 3 — 0 3-0 FIFA Jahon chempionati-2018 saralashi
Yutuqlar
Klub Shanghai East Asia
Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil
Guangzhou Evergrand
Xitoy Superligasi : 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015 Xitoy FA kubogi : 2012 2016 Xitoy FA Superkubogi : 2012, 2016, 2017, 2018
Xalqaro Xitoy terma jamoasi
Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shaxsiy yutuqlari
Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2013, 2014, 2015, 2016, 2018 Osiyo Chempionlar Ligasi orzular jamoasi: 2013, 2015
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar