Dilshod Saitov (1999-yil 2-fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

Ilk yillari Dilshod Saitov — Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-2018-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida 2018-yil 1-yanvaridan Dilshod Saitov Nasaf U21 jamoasidan Nasafning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Dilshod Saitovning oʻyin uslubi Roʻziqul Berdiyevga yoqadi. Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 7 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 568 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2019-yilgi mavsum 2019-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushdi 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 2.018 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2020-yilgi mavsum 2020-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.269 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2021-yilgi mavsum 2021-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.541 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2022-yilgi mavsum 2022-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.312 daqiqa maydonda toʻp suradi.

Terma jamoadagi faoliyati Dilshod Saitov Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi oʻynadi. Oʻzbekiston U23 jamoasi safida ilk bor 2019-yil 22-martda Hindiston U23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2021-yil 9-oktabrda Malayziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safidagi statistikasi +Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasiKlubMavsumOʻzbekiston SuperligasiOʻzbekiston kubogiOsiyo Chempionlar ligasiBoshqaUmumiyChempionatIshtGollarIshtGollarIshtGollarIshtGollarIshtGollarNasaf2018-yilSuperliga709100—1612019-yilSuperliga2643000—2942020-yilSuperliga1710100—1722021-yilSuperliga2306073—3092022-yilSuperliga1622060—242Jami89792133—11618

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi Oʻzbekiston milliy terma jamoasidaYilIshtGollar2022-yil4 -Jami4-

Yutuqlari

Terma jamoa Oʻzbekiston

Klub Nasaf Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2020 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022 Oʻzbekiston Superkubogida ikkinchi oʻrin: 2021, 2022 AFC kubogi ikkinchi oʻrin: 2021

Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2023 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2025 Oʻzbekiston Superkubogida ikkinchi oʻrin: 2023

Manbalar

Havolalar Dilshod Saitov

Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar