2012-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati ayollar oʻrtasida jahon chempionini aniqlash uchun oʻtkaziladigan turnir boʻlib, bu unvonni ilk bor ukrainalik Anna Ushenina qo‘lga kiritadi. Amaldagi chempion Xou Yifan esa ikkinchi bosqichdayoq musobaqadan chiqib ketadi.

Musobaqa 2012-yilning 10-noyabridan 1-dekabriga qadar Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida 64 nafar shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkaziladi. Har bir juftlik oʻyinlari ikkita oʻyindan va agar kerak boʻlsa, tezkor tay-breklardan iborat edi.

Quyi oʻrindagi oʻyinchilar birinchi bosqichdagi atigi ikkita gʻalabasidan soʻng, ikkinchi bosqichda oʻzlaridan 150 Elo yuqorida boʻlgan eng yaxshi uchta oʻrin oʻyinchilariga duch kelishadi va uchinchi raqam ostidagi Anna Muzychuk boʻlajak jahon chempioni Anna Usheninaga yutqazadi. Final klassik vaqt nazorati boʻyicha toʻrtta oʻyin va tezkor tay-breyk boʻyicha 2ta oʻyinlardan soʻng yakunlanadi. Finalda Anna Ushenina ayollar o‘rtasidagi sobiq jahon chempioni Antoaneta Stefanovani tay-breklarning ikkinchisida mag‘lub etadi.

Ushenina 2011—2012 yillardagi FIDE Gran-prisi gʻolibi Xou Yifanga qarshi oʻnta oʻyinning yettinchisidan soʻng 2013-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatidagi unvonini yoʻqotadi.

Ishtirokchilar Oʻyinchilar avvalgi jahon chempionati, FIDE reyting roʻyxati, qitʼa chempionatlari va ikki nafar FIDE prezidentligiga nomzodlar orqali turnirga yoʻllanma oldi. Elo reytinglari (2012-yil noyabr roʻyxati)Top 100 Women November 2012 bilan tuzilgan oʻyinchilar jadvalida amaldagi chempion Hou Yifan birinchi oʻrinda edi.

, 2606, GM (WC) , 2610, GM (WC) , 2586, GM (J10) , 2565, GM (WC) , 2553, GM (E11) , 2539, GM (E10) , 2524, GM (E10) , 2521, GM (E10) , 2517, IM ® , 2516, GM (E10) , 2515, GM (E10) , 2512, GM (AS11) , 2504, IM (E11) , 2501, GM ® , 2501, WGM (Z3.5) , 2491, GM (E10) , 2491, GM ® , 2489, IM (Z2.1) , 2478, WGM (E11) , 2476, IM (E10) , 2476, GM (E11) , 2470, GM (E11) , 2470, IM (Z2.1) , 2468, IM ® , 2467, WGM (PN) , 2465, WGM (Z3.5) , 2457, IM (E11) , 2455, IM (E11) , 2454, IM (E10) , 2452, IM ® , 2451, GM (E10) , 2445, GM (E10) , 2441, IM ® , 2432, WGM (PN) , 2429, WGM (J11) , 2428, IM (E10) , 2415, IM (E11) , 2414, GM (E11) , 2413, WGM (Z3.5) , 2410, IM (E10) , 2409, IM (E10) , 2394, IM (Z3.3) , 2384, IM (E11) , 2383, IM (E11) , 2383, IM (E11) , 2377, IM (E11) , 2369, IM (Z2.5) , 2367, WGM (E10) , 2355, IM (E11) , 2321, WGM (AS10) , 2304, WGM (Z2.1) , 2273, WGM (AM) , 2251, WGM (Z3.7) , 2220, WIM (Z3.4) , 2219, WIM (Z3.1) , 2209, WGM (Z3.5) , 2190, IM (Z3.6) , 2175, WFM (Z2.4) , 2159, WIM (Z2.3) , 2155, WGM (AF) , 2138, WIM (Z2.2) , 2055, WIM (AF) , 1871, WIM (AF) , 1821, WIM (Z3.2)

Kvalifikatsion darajalar

WC: Ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni, Shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati-2011da ikkinchi oʻrin, Shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati-2010ning yarim finalchisi J10 va J11: Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionlari 2010 va 2011 R: Reyting (2011-yil iyulidan 2012-yil yanvarigacha boʻlgan barcha eʼlon qilingan reytinglarning oʻrtacha koʻrsatkichi ishlatilgan) (6) E10 va E11: Shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi Yevropa chempionati 2010 va 2011 (28) AM: Shaxmat boʻyicha Amerika qitʼa chempionati 2011 AS10 va AS11: Shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati 2010va 2011 AF: Shaxmat bo'yicha Afrika chempionati 2011 (3) Z2.1 (3), Z2.2, Z2.3, Z2.4, Z2.5, Z3.1, Z3.2, Z3.3, Z3.4, Z3.5 (4), Z3.6, Z3.7: Zona turnirlari PN: FIDE prezidentlikka nomzod (2)

Ishtirok etmagan taniqli shaxmatchilar Shaxmat boʻyicha dunyoning birinchi raqamli ayoli Judit Polgar hech qachon ayollar chempionatlarida qatnashmagan va bu safar ham qatnashmaydi. Boshqa koʻzga koʻringan ishtirokchilardan esa ayollar oʻrtasidagi oltinchi raqamli shaxmatchi Nana Dzagnidze, 2010-yil finalchisi Ruan Lufei va sobiq chempion Mayya Chiburdanidzelar ushbu musobaqada ishtirok etishmaydi.

Chempionat shakli Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi:

Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi). Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval bo`ladi.

Sovrin jamgʻarmasi Chempionatning sovrin jamgʻarmasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qilar edi. Sovrinlar birinchi bosqichda mag‘lub bo‘lganlar uchun 3750 dollar, ikkinchi bosqichda 5500 dollar, uchinchi bosqichda 8000 dollardan iborat edi. Chorak finalda yutqazganlar 12 000 dollar, yarim finalchilar 20 000 dollar olishdi. Stefanova ikkinchi oʻrinni egallagani uchun 30 000 dollar, Ushenina esa birinchi oʻrin uchun 60 000 dollar pul mukofoti oladi. Huddi shunday taqsimot 2010-yilgi chempionatda ham qoʻllangan edi.

Chempionat translyatsiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/33/Stefanowa_antoaneta_20081119_olympiade_dresden.jpg/220px-Stefanowa_antoaneta_20081119_olympiade_dresden.jpg|right|thumb| Antoaneta Stefanova, yutqazgan finalchi Turnir har kuni turnir veb-saytida toʻliq hajmda translyatsiya qilinardi. Jonli efir faqat reklama tanaffuslari boʻlgandagina uzilar edi. Videostream keyingi kun boshlanishiga qadar talab boʻyicha qayta efirga uzatilishi ham mumkin edi. Translyatsiya yuqori aniqlikdagi Grand Master sharhi bilan uchta tilda taqdim etildi: ingliz, rus va xitoy. Chempionatning oxirgi kunlarida translyatsiyani bir necha yuz ming jonli tomoshabin tomosha qildi.

Natijalar

Final uchrashuvi Final uchrashuvi klassik vaqt nazorati bilan toʻrtta va ikkita tezkor tay-breyk oʻyinidan soʻng tugadi. Anna Ushenina shaxmat bo‘yicha 2004-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempioni Stefanovani mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Stefanova ayollar oʻrtasida shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha ham amaldagi jahon chempioni edi. Reyting1234R1R2Jami2491½½01½02½2452½½10½13½

Turnir jadvali Birinchi tur juftliklari 2012-yil 1-noyabrda eʼlon qilingan.

Manbalar

Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati