Andrey Insunovich Pak (1926-yil noyabr — 1994) — sovet geologi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Lenin mukofoti laureati. Tarjimai holi 1951-yilda A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat universitetini tamomlagan. Krasnoxolmskaya qidiruv ekspeditsiyasida bosh geolog, partiyalar boshligʻi boʻlib ishlagan. Oltin, kumush, uran, fosforitlar, firuza, kvarts qumlari va boshqa konlarni ochish va qidirishda ishtirok etgan. Uchquduq uran konini kashf etganlardan biri (V.M.Mazin, F.N.Abakumov, A.A.Petrenko, M.E.Poyarkova bilan birga), uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan.
1967-1994-yillar mobaynida Oʻzbekiston SSR fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutining katta va yetakchi ilmiy xodimi boʻlgan.
Oilasi Xotini — Mariya Borisovna Pak; uch oʻgʻil boʻlgan.
Ilmiy faoliyati 1965-yilda nomzodlik, 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Tanlangan ishlari Пак А. И. Эволюция кор выветривания в истории Земли. — Ташкент: Фан, 1987. — 156 с.
Mukofotlari 1959-yildagi Lenin mukofoti — Uchquduq uran konini kashf etgani uchun (F.N.Abakumov, A.A.Petrenko, M.E.Poyarkova, V.I.Kuzmenko bilan birga) Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni „Kon kashfiyotchisi“ faxriy nishoni.
Manbalar
Adabiyotlar — 500 экз.
Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari