Yu Hai () ( 1987-yil 4-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasida „Shanghai SIPG“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Yu Hai futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Shaanxi Chanba“ jamoasida boshlagan va u klubdagi debyutini 2004-yilning 16-may kuni „Qingdao Etsong“ga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. Mavsum davomida asosan zaxira oʻyinida oʻynaganiga qaramay, mavsum oxirida Shaanxi uchinchi oʻrinni egallashida muhim rol oʻynagan. Keyingi 2005-yilgi mavsumda u jamoada oʻsib borayotgan salohiyatga ega futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va jamoada koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshlagan.

2006—2007-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Yu Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va u yerda 2007-yilning 18-martida „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun debyut qilgan. Uning „Vitesse“dagi faoliyati omadsiz boʻlgan, chunki u jamoada oʻzini koʻrsata olmagan. Yu 2008-yil iyul oyida xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Vitesse jamosidan ozod qilingan.

Yu 2009-yilgi mavsum boshida Shaanxiga qaytgan, u yerda ligada 29 ta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxiriga qadar 3 ta gol urgan. Keyingi bir necha mavsumda u klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan. 2012-yilgi mavsum boshlanishiga kelib, Yu Guizhouga koʻchib oʻtishga qaror qilgan klubga ergashgan va oʻz nomini Guizhou Renhega oʻzgarttigan jamoa tarkibida qolgan.

2015-yilning 27-fevralida Yu Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga o‘tgan上港宣布三新援:于海杨博宇埃弗拉加盟引援收官 at sports.sohu.com 2015-02-27 Retrieved 2015-02-27. U klub uchun birinchi golini 2015-yil 7-mart kuni Jiangsu Saintyga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. 2018-yilgi Xitoy Superligasi mavsumiga kelib bosh murabbiy Viktor Pereira Yuni chap qanot himoyachisiga aylantirgan, buning natijasida Shanxay SIPG birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Yu 23 yoshgacha boʻlgan Xitoy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoani sardori boʻlishi kutilgan edi, ammo xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun u Olimoiya oʻyinlarida ishtirok eta olmagan. Oxir-oqibat, u Xitoy Superligasiga qaytganidan soʻng Shaanxi Chanba bilan muntazam oʻyinlar oʻtkazgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 4-iyunida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan. Magʻlubiyatga qaramay, Yu oʻzini kuchli futbolchi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibga kiritilgan. Bu esa 2011-yilgi OFK Osiyo Kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilishiga sabab boʻlgan.

2014-yilning 24-dekabrida Yu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun terma jamoasiga kiritilgan. Guruhning dastlabki oʻyinida Xitoy Saudiya Arabistoni ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganida u gʻalaba golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShaanxi Chanba2004Xitoy Super Ligasi2101020 - -24020051503220 - -20220060000 - - -00Jami36042400000442Vitesse2006—2007Eredivisie2000 - - -202007—20088000 - - -80Jami10000000000100Guizhou Renhe2009Xitoy Super Ligasi293 - - - -2932010294 - - - -294201128331 - - -314201221351 - - -264201325353 -60 -366201428310 -5000343Jami16019145001100018524Shanghai SIPG2015Xitoy Super Ligasi19310 - - -203201629120 -101 -412201720160 -80 -341201822131 -81 -333201926030 -9110391202011011 -60 -181Jami1276162004131018510Karyerada jami33325349405231042436

Xalqaro statistikasi Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2009 7 3 2010 12 3 2011 13 3 2012 4 0 2013 6 0 2014 7 0 2015 9 1 2016 7 1 2017 0 0 2018 6 0 Jami 71 11

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.25.07.2009 Olimpiya markazi stadioni, Tinjin, Xitoy 3 — 0 3-0Oʻrtoqlik 2.30.09.2009 Xohxot shahar stadioni, Hohhot, Xitoy 4 — 0 4-1Oʻrtoqlik 3.14.11.2009 Bayrut shahar stadioni, Bayrut, Livan 1 — 0 2-0 2011-yilgi Osiyo kubogi saralashi 4.10.02.2010 Tokyo stadioni, Tokio, Yaponiya 1 — 0 3-0 2010-yil EAFF chempionati 5.11.08.2010 Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy 1 — 0 1-1Oʻrtoqlik 6.18.12.2010 Chjuxay sport markazi, Chjuxay, Xitoy 2 — 0 3-0Oʻrtoqlik 7.16.01.2011 Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar 1 — 0 2-2 2011-yilgi Osiyo kubogi 8.2.09.2011 Tuodong stadioni, Kunming, Xitoy 2 — 1 2-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 9.15.11.2011 Jalan Besar stadioni, Kallang, Singapur 1 — 0 4-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 10.10.01.2015 Lang Park, Brisben, Avstraliya 1 — 0 1-0 2015-yilgi Osiyo kubogi 11.1.09.2016 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1 — 3 2-3 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Klub Guizhou Renhe

Xitoy FA kubogi : 2013 Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Shanghai SIPG

Xitoy Superligasi : 2018 Xitoy FA Superkubogi : 2019

Xalqaro Xitoy terma jamaosi

Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar