Google Fonts (ilgari Google Web Fonts nomi bilan tanilgan) — Google kompaniyasiga tegishli kompyuter shrifti va veb-shrift xizmati. Bunga bepul va ochiq kodli shriftlar oilalari, kutubxonani koʻrish uchun interaktiv veb-katalog, CSS va Android orqali shriftlardan foydalanish uchun API kiradi. Google Fonts kutubxonasidagi mashhur shriftlarga Roboto, Open Sans, Lato, Oswald, Montserrat, Source Sans Pro va Raleway kiradi.

Tarix Google Fonts 2010–yilda ishga tushirilgan va 2011, 2016, va 2020da yangilangan.

2020–yil 3–martda Google oʻzgaruvchan shriftlarni qoʻllab-quvvatlash bilan katalog veb-saytini yangiladi.  2021–yil 2–martda Google Fonts jamoasi ochiq kodli piktogrammalarni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

2022–yil avgust oyiga koʻra, Google Fonts 1,429 shrift oilalarini hamda 253 oʻzgaruvchan shrift oilalarini oʻz ichiga oladi.

Shriftlar kutubxonasi Kutubxona barcha shrift fayllarini toʻgʻridan-toʻgʻri olish mumkin boʻlgan Google Fonts GitHub ombori orqali saqlanadi. Koʻpgina shriftlar uchun manba fayllarni Google Fonts GitHub tashkilotidagi git omborlaridan va Google Fonts hamjamiyati tomonidan qoʻllaniladigan bepul dasturiy vositalardan olish mumkin.

Litsenziyalar va tarqatish Shriftlarning aksariyati SIL Open Shrift Litsenziyasi 1.1, baʼzilari esa Apache Litsenziyasi ostida chiqarilgan.(ikkalasi ham bepul litsenziyalardir)

Shriftlar kutubxonasi, shuningdek, Monotype-ning SkyFonts, Adobe Edge Web Fonts va Adobe Fonts (sobiq Typekit) xizmatlari tomonidan tarqatiladi.

Maxfiylik muammolari 2022–yil fevral oyida Germaniya sudi Google Shriftlaridan foydalanadigan veb-sayt foydalanuvchining roziligisiz yoki qonuniy manfaatdorligisiz shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlarini (IP-manzil) Googlega uzatib, Yevropa Ittifoqining umumiy maʼlumotlarni himoya qilish qoidalarini (GDPR) buzgan deb qaror qildi.

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt Turkum:Tipografiya Turkum:Google xizmatlari