link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e9/Whitehall_murder_school_illustration.jpg/250px-Whitehall_murder_school_illustration.jpg|thumb|250x250px| Jabrlanuvchining tanasining topilishi tasvirlangan Whitehall sirining zamonaviy gazetasi tasviri Whitehall siri — 1888-yilda Londonda sodir boʻlgan ochilmagan qotillik . Ayolning tanasining boʻlingan qoldiqlari shahar markazidagi uchta joyda, jumladan, politsiya shtab-kvartirasi Skotland-Yard qurilish maydonchasida topilgan. Voqea Temza Torso qotilliklariga (Temza sirlari yoki qirgʻoq qotilliklari deb ataladi, 1887-yildan 1889-yilgacha Londonda (Angliya) sodir boʻlgan ayollarning ochilmagan qotilliklari ketma-ketligi) tegishli.
Yangi izlar 1888-yil 11-sentabrda Pimlicodagi Temza daryosining loyqa qirgʻogʻida odamning oʻng qoʻl va yelka qismi topildi. The Times gazetasi dastlab qoʻlni tibbiyot talabalari hazillari sifatida suvga qoʻyib yuborilgan deb gumon qilgan edi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e3/%285%29_UK_National_Archives_CRES_35_2043_Premises_occupied_by_the_Metropolitan_Police.jpg/220px-%285%29_UK_National_Archives_CRES_35_2043_Premises_occupied_by_the_Metropolitan_Police.jpg|thumb| 1837-yilda Metropoliten politsiyasi egallagan binolarning rasmi 1888-yil 2-oktabrda Vestminsterdagi <i>Whitehall</i> yaqinidagi Viktoriya qirgʻogʻida Yangi Skotland-Yard nomi bilan mashhur boʻlgan Metropoliten politsiyasining yangi bosh qarorgohini qurish paytida ishchilar odam qoldiqlari boʻlgan posilkani topdi. Ayol tanasining bir qismi koʻmilgan uch oylik qabr yertoʻlada joylashgan edi. U 29-sentabrdan keyin, Richard Lourens ismli ishchi oxirgi marta qulflanmagan ombor ichida boʻlganida, oʻsha yerga koʻmilganThe Murder at Westminster, 23 October 1888, The Times. Tana matoga, ehtimol qora paltoga oʻralgan va ip bilan bogʻlangan. Keyinchalik Torso politsiya jarrohi Tomas Bond tomonidan jasad qismi ilgari topilgan qoʻl va yelkaga moslashtirilgan.
1888-yil 17-oktabrda muxbir Jasper Waring qurilish yaqinida koʻmilgan tizzasidan yuqorisi kesilgan chap oyogʻini topish uchun hududda politsiya ruxsati va mardikorning yordami bilan Shpitsbergen itidan foydalangan.
Jasadning bosh va qolgan oyoq-qoʻllari umuman topilmadi va qurbonning shaxsi ham aniqlanmay qoldi.
Spekulyatsiya Gazetalar ushbu qotillik va Whitechapel tumanida hamda uning atrofida bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan Jek Ripper qotilliklari oʻrtasidagi bogʻliqlikni taxmin qilishdi, ammo Metropolitan politsiyasi bu holatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni istisno qilgan. Surishtiruvni Vestminster tergovchisi John Troutbeck 8-oktabr kuni ochdi. Bu ayolning „uzun boʻyli va baquvvat“ ekanligini aniqladi. Ayol taxminan 24 yoshda va boʻyi 5 fut 8 dyuym boʻlganligi taxmin qilingan. Bachadon tanadan olib tashlangan edi. Oʻng qoʻli inson anatomiyasini biladigan odam tomonidan uzilgan, qon oqimini toʻxtatish uchun turniket qilingan va mushaklar qisqarishi yoʻqligi sababli oʻlimdan keyin olib tashlanganAutumn of Terror: Jack the Ripper, His Crimes and Times p. 95. Shuningdek, jabrlanuvchi oʻlim vaqtida broche satin libosida boʻlganligi ham maʼlum boʻldi.
Koʻylak Angliyaning Bredford shahrida ishlab chiqarilgan. Qoldiqlar bilan topilgan gazeta parchalari 24-avgustdagi „Echo“ va „Chronika“ jurnalining nomaʼlum sanasidagi soni edi. Oʻlim sababi nomaʼlum boʻlsa-da, jabrlanuvchi boʻgʻilmagan yoki choʻkib ketmagan. Biroq, koroner oʻlim sababi sifatida qon ketishini istisno qila olmadi.
Bachadon yoʻqligidan tashqari, jasadning chap oʻpkasida ogʻir plevrit boʻlganCasebook: Jack the Ripper — Whitehall Mystery Inquest. Jabrlanuvchining farzandlari borligini koʻrsatadigan hech narsa topilmadi; yurak sogʻlom, oʻng oʻpka, jigar, oshqozon, buyrak va taloq normal boʻlgan. U taxminan minimum olti hafta maksimum ikki oyga oldin vafot etgan„Scotland Yard is built on a crime scene related to an unsolved murder — the Whitehall Mystery“. The Vintage News. 29 October 2016. Retrieved 12 August 2018.. Marhumning terisi oq va sochlari qora boʻlgan. Bundan tashqari, tiklangan qoʻlning holati marhumning qoʻl mehnatiga oʻrganib qolgan shaxs emasligini koʻrsatadi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/37/Old_%22New_Scotland_Yard%22%2C_Westminster_-_geograph.org.uk_-_1600086.jpg/220px-Old_%22New_Scotland_Yard%22%2C_Westminster_-_geograph.org.uk_-_1600086.jpg|thumb| Asl Yangi Scotland-Yard, hozir Norman Shou binolari deb ataladi
Ommaviy madaniyat Stol oʻyini Whitehall Mystery (2017-yilda Fantasy Flight Games tomonidan nashr etilgan) ish asosida yaratilgan. Oʻyinchilar politsiyani (qotilni ovlash va hibsga olishda hamkorlik qilish) yoki jinoyatchini (politsiyadan qochib, taxtaning uchta joyiga — London xaritasiga borishga harakat qiladigan) ifodalaydi.
Scotland Yardning, ehtimol, dunyodagi eng mashhur politsiya binosi, dastlab, ochilmagan qotillik bilan bogʻliq jinoyat joyida qurilgani (keyinchalik u yangi joyga koʻchirilgan) istehzoli mavzuga aylangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Jinoyat Turkum:Jinoyatchilik Turkum:Qotillik qurbonlari ayollar Turkum:Qotillik