Xalqaro o‘q otish sport federasiyasi (ing. International Sport Shooting Federation, ISSF) — xalqaro sport tashkiloti bo‘lib, unga aʼzo bo‘lgan o‘q otish milliy federasiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi. O‘q otish sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishini nazorat qiladi, musobaqalar va ularni hakamlik qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritadi.

Tarixi O‘q otish bo‘yicha xalqaro musobaqalar ilk marotaba 1896-yilda Afinada (Gresiya) bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida, 1897-yilda Lionda (Fransiya) birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tgandi. Lekin, musobaqalarni boshqaruv organiga 1907-yilda asos solingan. Ushbu boshqaruv organiga yettita: oltitasi Yevropadan (Avstriya, Belgiya, Fransiya, Gresiya, Italiya, Gollandiya) va bittasi Janubiy Amerikadan (Argentina) milliy federasiyalar kirgan. Ushbu sport federasiyalari vakillari 1907-yil 17-iyulda Syurixda (Shveysariya) Milliy o‘q otish federasiyalari va assosiasiyalari xalqaro ittifoqi (ing. International Union of National Shooting Federations and Associations, fr. L’Union Internationale des Fédérations et Associations nationals de Tir,) nom ostida yangi xalqaro tashkilot taʼsis etildi. Bu uchrashuv esa ISSF ning birinchi Bosh Assambleyasi sanaladigan bo‘ldi.

1915-yilda Ittifoq vaqtincha tarqatib yuborildi va 1921-yilning 8-yanvar sanasida Parijda Yevropa, Osiyo va Amerikaning 14 davlatini birlashtirgan Xalqaro o‘q otish ittifoqi (fr. fr. Union International de Tir, UIT) sifatida qayta tashkil etildi. 1939-yilda tashkilot faoliyati yana to‘xtatildi va 1947-yil avgust oyida 13 mamlakat tarkibida Xalqaro o‘q otish sporti ittifoqiga (UIT) asos solindi. Xalqaro o‘q otish sporti federasiyasi (ISSF), 1998-yil 15-iyulda UIT Bosh Assambleyasi qarori bilan ushbu tashkilotga yangi nom berildiMejdunarodnaya federatsiya sportivnoy strelbi // Bolshaya olimpiyskaya ensiklopediya: V 2 t. / Avtor-sostavitel V. L. Shteynbax. — M.: Olimpiya Press, 2006..

Musobaqa va rekordlar Xalqaro o‘q otish sport federasiyasi quyidagi musobaqalarni ISSF chempionati sifatida tan oladi: Olimpiya o‘yinlari (har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi); O‘q otish bo‘yicha jahon chempionati (o‘q bilan otish bo‘yicha har to‘rt yilda bir marta, stendga o‘q otish bo‘yicha esa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi); Jahon kubogi (yiliga to‘rt marta, qo‘shimcha ravishda final, faqat Olimpiya o‘yinlari yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi); Yevropa chempionati va Panamerika o‘yinlari kabi mintaqaviy chempionatlar (muntazam mintaqaviy darajada aniqlanadi). Ushbu musobaqalar bevosita Federasiya qo‘mitalari tomonidan nazorat qilinadi va ularda jahon rekordlari o‘rnatilishi mumkin.

Oʻq otish darslari Xalqaro sport o‘q otish federatsiyasi hozirda to‘rt yo‘nalish bo‘yicha 32 ta musobaqachi (19 ta erkaklar va 13 ta ayollar). Miltiq №IsmErkaklar/AyollarOlimpiadada otishma 1 Uch pozitsiyadan miltiq, 300 m Erkaklar 2 Yotgan miltiq, 300 m Erkaklar 3 Standart miltiq, 300 m Erkaklar 4 Uch pozitsiyadan miltiq, 50 m Erkaklar 5 Yotgan miltiq, 50 m Erkaklar 6 Pnevmatik miltiq, 10 m Erkaklar 7 Uch pozitsiyadan miltiq, 300 m Ayollar 8 Yotgan miltiq, 300 m Ayollar 9 Uch pozitsiyadan miltiq, 50 m Ayollar 10 Yotgan miltiq, 50 m Ayollar 11 Pnevmatik miltiq, 10 m Ayollar

Toʻpponcha №IsmErkaklar/AyollarOlimpiadada otishma 12 Ixtiyoriy toʻpponcha, 50 m Erkaklar 13 Tezkor avtomat, 25 m Erkaklar 14 Katta kalibrli toʻpponcha, 25 m Erkaklar 15 Tezkor avtomat, 25 m Erkaklar 16 Ixtiyoriy toʻpponcha, 10 m Erkaklar 17 Toʻpponcha, 25 m Ayollar 18 Ixtiyoriy toʻpponcha, 10 m Ayollar

Stend №IsmErkaklar/AyollarOlimpiadada otishma 19 Oʻtish Erkaklar 20 Avtomatik oʻtish Erkaklar 21 Ikki yoʻl Erkaklar 22 Skit Erkaklar 23 Oʻtish Ayollar 24 Oʻtish Ayollar 25 Avtomatik oʻtish Ayollar 26 Skit Ayollar

Harakatlanuvchi nishonlar №IsmErkaklar/AyollarOlimpiadada otishma 27 Harakatlanuvchi nishonlar 50 m Erkaklar 28 Harakatlanuvchi kombinatsiyalangan nishonlar, 50 m Erkaklar 29 Harakatlanuvchi nishonlar 10 m Erkaklar 30 Harakatlanuvchi kombinatsiyalangan nishonlar, 10 m Erkaklar 31 Harakatlanuvchi nishonlar 10 m Ayollar 32 Harakatlanuvchi kombinatsiyalangan nishonlar, 10 m Ayollar Federasiya tuzilmasi Xalqaro o‘q otish sport federasiyasi tarkibi prezident, vise-prezident, bosh kotib, Bosh assambleya, Maʼmuriy kengash, texnik va bo‘linma qo‘mitalaridan tashkil topgan.

Mazkur tashkilotning oliy organi Bosh Assambleya bo‘lib, har ikki yilda bir marta, odatda Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari o‘tkaziladigan joy va vaqtda yoki uning aʼzolari soni ko‘p miqdorda bo‘lsa, o‘sha joyda o‘tkaziladi. Bosh Assambleyada federasiya tarkibidagi boshqaruv va texnik organlar uchun saylovlar o‘tkaziladi.

Assambleya qurultoylari orasidagi davrda federasiya faoliyatini boshqarish har yili yig‘iladigan Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Federasiya shtab-kvartirasi Bosh kotibning yashash joyida (hozirgi Germaniyada, Myunxen shahrida) joylashgan. Prezidentlar №.DavrIsm-sharifiMamlakat 1 1907—1925 Pyer Fransua Daniel Merillon (fr. Pierre François Daniel Merillon) 2 1927—1947 Jan Karno (fr. Jean Carnot) 3 1947—1960 Erik Karlson (shved. Erik Carlsson) 4 1960—1976 Kurt Xasler (olmon Kurt Hasler) 5 1976—1980 Georgis Vixos (ingliz Georges Vichos) 6 1980-2018 Oligario Vaskes Ranya (isp. Olegario Vázquez Raña) 7 2018- Vladimir Lisin (rus. Vladimir Lisin)

Manbalar

Havolalar

Mejdunarodnaya federatsiya sportivnoy strelbi // Bolshaya olimpiyskaya ensiklopediya: V 2 t. / Avtor-sostavitel V. L. Shteynbax. — M.: Olimpiya Press, 2006