Liu Yiming () (1995-yil 28-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning birinchi ligasi vakili Wuhan Three Towns jamoasiga Guangzhoudan ijara asosida oʻtgan.
Klubdagi faoliyati Liu futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Dalian Yitengning yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2012-yilda Sporting CP yoshlar akademiyasida sinovdan oʻtgan va koʻp oʻtmay jamoaga qoʻshilgan. 2013-yilning mart oyida u Xitoyning ikkinchi ligasidagi Liaoning Youth klubiga ijaraga berilgan2013年中乙联赛球队报名表—辽宁青年 at images.sport.org.cn 2013-04-27 Retrieved 2016-02-01. 2013-yilning dekabrida Liu Sporting B bilan 2019-yilgacha professional shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini „CD Aves“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan va ikkita sariq kartochka olib oʻyinning 43-daqiqasida maydonni tark etgan.
2016-yilning 1-fevralida Liu Xitoyning birinchi ligasi vakili „Tianjin Quanjian“ klubiga oʻtgan权健宣布留洋小将刘奕鸣加盟 at sports.163.com 2016-02-01 Retrieved 2016-02-01. U klub uchun birinchi golini 2017-yilning 1-aprelida Henan Jianyega qarshi uyinda kiritgan, ammo 94-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan.
2019-yilning 7-fevralida Liu Xitoy Superligasi vakili „Guangzhou“ga oʻtgan. 2019-yilning 1-martida u klubdagi debyutini „Tianjin Tyanxay“ga qarshi oʻz uyida oʻtkazgan. 2019-yilning 19-iyulida Liu 2019-yilgi mavsumning qolgan qismida oʻynash uchun yuqori divizion vakili Shenzhen jamoasiga ijaraga berilgan.
Xalqaro faoliyati Liu Xitoy terma jamoasiga oʻsha paytdagi murabbiy Marcello Lippi tomonidan birinchi marta 2017-yil noyabr oyida EAFF E-1 Futbol chempionati 2017 uchun chaqirilgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2017-yilning 9-dekabrida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLiaoning Youth (Ijara)2013Xitoy Ikkinchi Ligasi00 - - -00Sporting B2012—2013Segunda Liga00 - - -002013—201410 - - -102014—201500 - - -00Jami1000000010Pinhalnovense (Ijara)2015—2016Campeonato16000 - -160Tianjin Quanjian2016Xitoy Birinchi Ligasi23010 - -2402017Xitoy Birinchi Ligasi28100 - -281201823020100 -350Jami7413010000871Guangzhou2019Xitoy Super Ligasi502000 -702020000020 -20Jami5020200090Shenzhen (Ijara)2019Xitoy Super Ligasi11000 - -110Karyerada jami107150201001241
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar 2017 3 0 2018 7 0 2019 3 0 Jami 13 0
Yutuqlar
Klub Tianjin Quanjian
Xitoy Birinchi ligasi : 2016
Guangzhou Evergrande
Xitoy Super Ligasi: 2019
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar