Li Xuepeng () (1988-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Li Xuepeng futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Dalian Shidening asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2007-yilning 9-avgustida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan. Li klub uchun birinchi golini 2007-yilning 4-noyabrida „Xanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Bu 2007-yilgi mavsum oxirida Birinchi divizion ligasining „Citizen“ jamoasiga ijaraga berilishiga olib kelgan. 2007-yilning 2-dekabrida „Happy Valley“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qilgan. Li 2008-yilgi mavsum boshida Dalianga qaytgan. 2009-yilgi mavsum boshida u oʻzining yarim himoyada yoki himoyada oʻynash qobiliyati tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Li 2012-yilgi mavsumda klubdagi asosiy oʻrnini yoʻqotgan va butun mavsum davomida atigi uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yil yanvar oyida Dalian Shide offseasonda tarqab ketganidan keyin Li Dalian Aerbinga oʻtgan.
2014-yil 10-iyunda Li jamoadoshi Yu Hanchao bilan birga Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yil 27-iyulda Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, 70-daqiqada Liu Jianning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan. U 2016-yil 23-iyunidan soʻng bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari matbuot anjumanida Lidan boshqa hech qachon foydalanmasligini aytganidan soʻng u „Guangzhou“ jamoasidan chetlashtirilgan. Bir necha hafta oʻtgach, Li 2016-yil 9-avgustda Skolari bilan yarashganidan soʻng Beijing Guoanga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Xalqaro faoliyati Li Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 4-iyunida Fransiyaga qarshi bahsda (1:0) oʻtkazgan u Du Vey oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. Keyin u 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (2:2) ishtirok etgan terma jamoaning asosoiy tarkibida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti Li Xuepeng xitoylik sobiq futbolchi Li Xitsayning oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDalian Shide2007Xitoy Super Ligasi51 - - - -512008242 - - - -2422009230 - - - -2302010240 - - - -240201119000 - - -19020123000 - - -30Jami98300000000983Citizen (Ijara)2007—2008Birinchi Divizion100000 - -10Dalian Aerbin2013Xitoy Super Ligasi23140 - - -271201411000 - - -110Jami34140000000381Guangzhou Evergrande2014Xitoy Super Ligasi6000 -10 -70201513000 -8030240201612040 -5010220201717030 -8010290201827000 -8010360201913010 -70 -21020203000 -00 -30Jami9108000370601420Karyerada jami224412000370602794
Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2010 3 0 2011 6 0 2012 0 0 2013 3 0 2014 5 0 2015 0 0 2016 5 0 2017 5 0 2018 5 0 Jami 32 0
Yutuqlar
Klub Guangzhou Evergrand
Xitoy Superligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2019 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil Xitoy FA kubogi : 2016 Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Shaxsiy yutuqlari
Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar