link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/ba/Korean_architecture_roof_detail_2.jpg/250px-Korean_architecture_roof_detail_2.jpg|thumb|333x333px| Dancheong, Kyonbok saroyidagi binodagi dekorativ rasmlar Koreyaning anʼanaviy madaniyati Koreyaning 1945-yilda boʻlinishidan oldingi, Koreya va janubiy Manjuriyaning umumiy madaniy va tarixiy merosini oʻz ichiga oladi. Manjuriya shimoliy-sharqiy Osiyodagi qadimiy geografik va tarixiy mintaqa, jumladan, Xitoy va Rossiya kabi mamlakatlarning maʼlum bir qismidan tashkil topgan hududdan iborat edi. Dunyodagi eng qadimgi uzluksiz madaniyatlardan biri sifatida koreyslar oʻzlarining anʼanaviy rivoyatlarini naʼmuna qilib koʻrsatadiKorean Culture, Volume 23, Issue 2Food, Cuisine, and Cultural Competency for Culinary, Hospitality, and Nutrition Professionals by Sari EdelsteinA Concise History of Korea: From the Neolithic Period through the Nineteenth Century by Michael J. Seth.

XX asrning oʻrtalaridan boshlab Koreya hududi Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasida boʻlinib ketdi, natijada bugungi kunda ham kuzatilishi mumkin boʻlgan bir qator madaniy farqlar paydo boʻldi. Choson sulolasidan oldin koreys shamanizmi koreys madaniyatida chuqur ildiz otgan edi.

Tarixi Tungi xalqi (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „sharqiy kamonchilar“ maʼnosini bildiradi) miloddan avvalgi uchinchi ming yilliklarda Manjuriya hududida istiqomat qilgan. Mazkur xalqning urf-odatlari hozirgi Shimoliy Koreya odatlariga mutanosib. Afsonaga koʻra, Hvanung ismli mavjudot osmondan yerga tushib, u yerda odam boʻlishni xohlaydigan yoʻlbars va ayiqni uchratgan. Faqat ayiqning xohishi amalga oshadi va Hvanung keyinchalik shu odamga aylangan ayiqqa turmushga chiqadi. Ikkalasining Dangun ismli oʻgʻli boʻlib, u miloddan avvalgi 2333-yilda Koreyaning birinchi hukmdori sifatida taxtga oʻtiradi. Aytishlaricha, bu afsonaviy podshohning avlodlari qirollikni 1000 yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelishgan.

Koreyaning mahalliy qabilalariga xitoylik muhojirlarning uzluksiz kelib qoʻshilishi tufayli butun yarim orol Vi Man afsonalarida aks ettirilganidek aralash aholi koʻrinishini oladi. Immigrant xalqlar koreys madaniyatini turli oqimlariga taʼsir o‘tkazadilar, masalan, shamanizm va xitoy xalqlari taʼsirida koreys madaniyatida turli oʻzgarishlar yuz beradi.

Shuningdek, koʻplab sohalardagi fikrlar va dunyoqarash qadimgi shamanizmga moslashib ketgan boʻlsa ham, konfutsiylikning koreyslar tomonidan chuqur oʻzlashtirilishi, ular hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi.

Bugungi kunga qadar Koreya xalqi oʻziga xos koʻplab qadriyatlarini saqlab qolgan, garchi ular zamonaviy gʻarb taʼsiri, asosan Amerika urf-odatlari aralashuvi ostida yoʻq boʻlib ketayotgangdek koʻrinsa ham, ayrim koreys oilalari hali-hanuz milliy urf-odatlarga xos tarzda hayot kechiradilar.

Janubiy Koreya madaniyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/ba/Dancheong_Style.jpg/220px-Dancheong_Style.jpg|left|thumb| Dancheong dekorativ rasmlar bilan bezatilgan katta baraban Janubiy Koreyaning zamonaviy madaniyati Koreyaning ilk ko‘chmanchi qabilalari orasida keng tarqalgan anʼanaviy madaniyatdan kelib chiqqan. Minglab yillar davomida qadimgi Xitoy koʻchmanchilari taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan qadimiy Koreya madaniyatini saqlagan Janubiy Koreya, 1945-yilda Koreya boʻlinganidan beri Shimoliy Koreya madaniyatidan ancha uzoqda boʻlgan oʻz madaniy rivojlanish yoʻlini saqlagan holda shimoldan ajralib chiqdi. Janubiy Koreyaning, ayniqsa Seulning sanoatlashtirilishi (mamlakat yoki mintaqada sanoatning keng miqyosda rivojlanishi), urbanizatsiyalashishi (aholining shaharlarga koʻchib oʻtishi) va gʻarblashuvi (gʻarb madaniyatining oʻzlashtirilishi) koreys xalqining hayotida tub oʻzgarishlar paydo qildi. Iqtisodiyot va turmush tarzining o‘zgarishi aholining yirik shaharlarda to‘planishiga (qishloqlari aholisining kamayishiga) olib keldi. Ko‘p avlodli uy xo‘jaliklari kichik oilalarga (ota-ona va ularning farzandlaridan iborat) ajraladi. Bugungi kunda koreys madaniyatining koʻplab elementlari, ayniqsa ommabop madaniyati butun dunyo boʻylab tarqalgan va dunyodagi eng koʻzga koʻringan madaniyat turlardan biri hisoblanadi.

Shimoliy Koreya madaniyati

Shimoliy Koreya madaniyatining oʻziga xosligi shundan iboratki, shimolliklar oʻtmishdagi eng yaxshi deb hisoblangan qadriyatlarni oʻzlarida olib qolishgan va kapitalistik elementlardan toʻliq voz kechishgan. Adabiyot, sanʼat, musiqa va raqs kabi sanʼatdagi ommabop, xalq uslublari va qadriyatlari koreys xalqining chinakam noyob ruhini ifodalovchi vositalar sifatida qadrlanadi.

Shimoliy koreyalik etnograflar, (yaʼni, maʼlum bir jamiyat yoki tashkilotni oʻrganib, ularning xatti-harakatlari va oʻzaro taʼsirini yaqindan kuzatishni oʻz ichiga olgan sifatli tadqiqotlar olib boradigan odamlar) koʻp vaqtlarini toʻgʻri proletar yoki xalq ruhiga ega boʻlgan, jamoaviy ongni rivojlantirishga yordam beradigan, madaniy oqim shakllarni qayta tiklashga sarflaydilar.

Proletar kapitalistik jamiyati nuqtai nazaridan sinflarni marksizm taʼlimoti asosida oʻrganish maʼqullanadi (oriylar tomonidan ishlab chiqilgan kasta tizimi bilan adashtirmaslik kerak), shu jumladan proletarlar va burjuaziya taʼlimotlariga ham mutanosib tarzda ish olib boriladi. Boshqa sinflarga yer egalari, mayda burjuaziya vakillari, dehqonlar va lumpenproletariatlar kiradi, lekin kapitalizm dinamikasi nuqtai nazaridan bu birlamchi doimiy holat hisoblanmaydi.

Shimoliy Koreya raqslarida jonli, optimistik musiqiy va xoreografik ifodalar koʻp qoʻllaniladi. Guruh bo'lib o'ynaladigan xalq raqslari va xor qo‘shiqlari anʼanaviy ravishda Koreyaning barcha qismlarida emas, ayrim hududlaridagina ommalashgan. Ular Shimoliy Koreya boʻylab 1990-yillarning boshida maktablar va universitet talabalari orasida targʻib qilinar edi. Oʻz davrida mashhur boʻlgan fermerlarning musiqiy ansambllari ham keyinchalik qayta tiklandi.

Yanbian Koreya avtonom hukumati madaniyati Mandarin, xitoy va koreys tillari Yanbian hududida rasmiy til sifatida ishlatiladi. Vice News jurnali mazkur hukumatda Shimoliy va Janubiy Koreya madaniyatining keng yoyilganligi tufayli, uni „Gʻarbiy Koreya“ va „Uchinchi Koreya“ deb taʼriflaydi.

Yanbian Koreya avtonom hukumatiga tegishli muzey qurilishi 1960-yilda rejalashtirilgan va 1982-yilda keng ommaga namoyish etilgan. Unda 10 000 dan ortiq eksponatlar, shu jumladan 11 ta birinchi darajali artefaktlar mavjud. Koʻrgazmalarning yorliqlari va tushuntirishlari 2 tilda, koreys va xitoy tillaridataqdim etilgan. Bu ikkala tilda ham yo‘l-yo‘riq beruvchi gid sayohatlari tashkil etilgan.

Buddizmning madaniyat va anʼanalarga taʼsiri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d5/Korea-Haeinsa-21.jpg/220px-Korea-Haeinsa-21.jpg|left|thumb|220x220px| Rohiblar Xaynsada kechki ibodatdan soʻng oʻz xonalariga tushishadi. Koreya madaniyati buddizmdan chuqur taʼsirlangan, chunki buddizm Koreya madaniyatining oʻziga xos jihatiga aylanib ulgurgan edi, shu jumladan, buddist boʻlmagan koreyslar tomonidan amal qilinadigan dunyoviy koreys anʼanalari ham buddizm qoidalariga asoslangan. 2005-yilda hukumat tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, janubiy koreyaliklarning chorak qismi buddizm diniga eʼtiqod qiladi. Biroq, Janubiy Koreyadagi buddistlarning haqiqiy soni noaniq, chunki nasroniy aholidan farqli oʻlaroq, buddistlarni aniqlashning aniq yoki eksklyuziv mezonlari mavjud emas. Buddizmning anʼanaviy koreys madaniyatiga qoʻshilishi sababli u rasmiy din emas, balki falsafa va madaniy asos deb qaraladi. Natijada, oʻsha hududdagi aholidan boshqa koʻplab odamlar ham buddizm taʼsir etgan ayrim anʼanalarga rioya qiladigan boʻlishgan. Shunday qilib, dunyoviy dindorlar yoki boshqa dinlarga ergashmaydiganlarning hisobga olsak, Janubiy Koreyada buddistlar soni ancha koʻp deb hisoblanadi. Xuddi shunday, Shimoliy Koreyada buddistlar aholining 4,5 % ni tashkil qilsalar, aholining ancha katta qismi (70 % dan ortigʻi) buddist falsafasi va urf-odatlari taʼsiridagi ateistlardan iboratReligious Intelligence UK Report North Korea, about.com.

Buddizm Koreyaga 372-yilda, tarixiy Sidxarta Gautama (buddizm asoschisi) vafotidan taxminan 800 yil oʻtgach, Sobiq Qin shahridan (Shimoliy Xitoyning IV asrdagi davlati) kirib kelgan. Bu davrda mahalliy din shamanizm keng kurtak yozgan edi. Samguk yusa va Samguk sagi qadimiy yozuvlarida IV asrda Uch shohlik davrida Koreyaga buddist taʼlimotini yoki Dxarmani birinchi boʻlib olib kelgan 3 rohib haqida qayd etiladi, bular: Malananta — Xitoy janubidagi Serindiya hududidan kelgan hind buddist rohibi; Sundo — Sharqiy Jin sulolasi davrida milodiy 384-yilda Janubiy Koreya yarimorolidagi Baekje qirolligida buddizmni rivojlantirgan rohib; Ado — shimoliy Xitoy davlatidan boʻlgan, Sobiq Qin davrida, milodiy 372-yilda Markaziy Koreyadagi Silla shahriga va Shimoliy Koreyadagi Goguryeoga buddizmni olib kelgan rohib"Malananta bring Buddhism to Baekje" in Samguk Yusa III, Ha & Mintz translation, pp. 178-179., pg. 71. Tabiatga sigʻinish buddizm urf-odatlariga zid boʻlmaganligi sababli, shamanizm tarafdorlari tomonidan oʻz dinlariga qoʻshilishga ruxsat berilgan. Shunday qilib, buddizmgacha boʻlgan davrda shamanistlar ruhlar qarorgohi deb hisoblagan togʻlar keyinchalik buddist ibodatxonalari joylashgan joyga aylandi.

Garchi u dastlab Goryo (918—1392) davrida davlat mafkurasi sifatida qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa ham, Koreyadagi buddizm Choson (milodiy 1392—1897) davrida besh yuz yildan ortiq davom etgan qattiq repressiyaga uchradi. Bu davrda neo-konfutsiylik buddizmning oldingi hukmronligini yengib chiqdi. Buddist rohiblar Yaponiyaning Koreyaga bosqinini qaytarishga yordam berganidan keyingina (1592—1598) buddistlarni taʼqib qilish toʻxtatildi. Koreyada buddizm 1910-yildan 1945-yilgacha davom etgan mustamlakachilik davrida mavqeini biroz mustahkamladi, Choson davrining oxirigacha oʻzining ommaviyligini saqlab qoldi. Biroq, bu buddist rohiblar nafaqat 1945-yilda yapon hukmronligiga chek qoʻyishdi, balki oʻzlarining anʼanalari va amaliyotlarini isloh qilish orqali oʻzlarining oʻziga xos va alohida diniy xususiyatlarini namoyon etishdi. Ular koʻplab buddist jamiyatlariga asos soldilar va rohiblarning yosh avlodi Mingung Pulgyo yoki „xalq uchun buddizm“ mafkurasini yaratdilar. Bu mafkuraning ahamiyati shundaki, u oddiy erkaklarning kundalik masalalariga eʼtibor bergan rohiblar tomonidan yaratilgan.

Tasviriy sanʼat Keramika

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Korea_-_Seoul_-_National_Museum_-_Incense_Burner_0252-06a.jpg/200px-Korea_-_Seoul_-_National_Museum_-_Incense_Burner_0252-06a.jpg|thumb|267x267px| Goryeo sulolasiga mansub seladon tutatqisi Goryeo davrida yashil nefritdan yasalgan seladon buyumlari mashhurlikka erishdi. XII asrda turli xil ranglarda yanada murakkab bezaklarni yaratishga imkon beruvchi murakkab inlaying usullari ixtiro qilindi. „Koreya sanʼati“ asarida Evelyn MacCun shunday deydi: "XII asrda sopol buyumlar ishlab chiqarish eng yuqori darajaga yetdi. Chorak asrda bir vaqtning oʻzida bir nechta yangi uslublar paydo boʻldi, ulardan biri boʻlmish keramika buyumlar ishlab chiqarish sanoatini — koreys ixtirosi deya atash mumkin."Evelyn McCune, The Arts of Korea: An Illustrated History Ikkinchi jahon urushidan keyin Angliyaning Viktoriya va Albert muzeyi xodimi bo'lib ishlagan William Bowyer Honey shunday deb yozgan edi: „Eng yaxshi koreys buyumlari nafaqat original, balki ular hozirgacha yasalganlari orasida eng yaxshilari hamdur, shuningdek, bu kulolchilik buyumlari turli tashqi taʼsirlarga uchramagan edi. Ularda kulolchilikka xos boʻlgan barcha fazilatlar mujassam. Bu koreys kulollari, hatto xitoyliklar ham erisha olmagan choʻqqilarga yetishganligini bildiradi.“

Oq chinni XV asrda juda tez mashhur boʻldi va ko'p o'tmay seladon idishlarini ortda qoldirdi. Oq chinnilar odatda boʻyalgan yoki mis bilan bezatilgan koʻrinishda yasalgan.