Krasnoslav Petrovich Dudin - Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Krasnoslav Dudin Petrovich 1929-yil 20-oktabrda tugʻilgan. Iqtisodchi olim KPSS a’zosi hisoblangan.

1952-1946-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishlarda faoliyat olib borgan. Xususan:

Tuva qurilish-montaj idorasi ustasi, katta prorabi; Margʻilon qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi; Fargʻona viloyat partiya qoʻmitasi sanoat va transport boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari; Fargʻona shahar partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, boʻlim inspektori; Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashkiliy-partiya ishlari boʻlimi; Glavtoshkentstroyning 11-sonli ,,Vysotstroy” qurilish tresti boshligʻi; Toshkent shahar partiya qoʻmitasi kotibi, ikkinchi kotibi; ,,Glavtashkentqurilish” boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy bankining rivojlanish boshqarmasi qurilish boshligʻi vazifasida ishlagan.

Toshkent shahar markaziy arxitekturasi uchun (1966-1974-yillarda) jamoaviy tarkibda adabiyot, san’at va me’morchilik yoʻnalishida SSSR Davlat mukofotini qoʻlga kiritgan.

Krasnoslav Dudin shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining  9-, 10-, 11- va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi  Dudin 1995-yilda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar

OZP65 Dudin Архивная копия -da arxivlangan GARF R7523 105 151 " SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 25-avgustda qabul qilingan Farmoni va unga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2074-VIII. 6-jild

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:25-yanvarda vafot etganlar Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:20-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar