Matthew Charles Turner (1994-yil 24-iyunda tugʻilgan) – amerikalik professional futbolchi, Premier League "Arsenal" klubi va AQSH terma jamoasi darvozaboni sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati

New England Revolution Turner MLS SuperDraft 2016 tanlovida yuqori natija koʻrsatmagan boʻlsa-da, 2016-yil 3-mart kuni Major League Soccer (MLS) klubi New England Revolution bilan mavsumoldi sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng professional shartnoma imzolagan. 29-aprelda u Birlashgan Futbol Ligasining Richmond Kickers klubiga ijara asosida qoʻshildi va bir kundan soʻng Toronto FC II ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, professional debyutini oʻtkazdi. „Kickers“ safidagi ikki martalik ijara davrida Turner 27 startda 7 ta oʻyindan iborat quruq seriyani qayd etgan.

Arsenal 2022-yilning 11-fevralida Turner va Premyer-liganing "Arsenal" klubi futbolchining 2022-yil yozida London klubiga oʻtishini koʻrsatadigan shartnoma borasida kelishib olgani maʼlum boʻldi. U „Arsenal“ning yozgi transfer oynasidagi birinchi xaridi boʻldi. Xabar qilinishicha, „Arsenal“ transfer uchun 6 million dollar toʻlagan, bu 10 million dollarga koʻtarilishi mumkin. 2022-yilning 27-iyunida „Arsenal“ Turnerni uzoq muddatli shartnoma boʻyicha yangi futbolchi sifatida eʼlon qildi. Turner 30-raqam ostida oʻynaydigan boʻldi.

Turner „Arsenal“ning 2022-yil 8-iyuldagi „Nyurnberg“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyutini boshladi. U oʻyinning dastlabki 29 daqiqasida ikkita, 24-daqiqada Yoxannes Geys va 5 daqiqadan soʻng Kvadvo Duadan gol oʻtkazib yubordi. Uchrashuvda „Arsenal“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Terma jamoadagi karyerasi Turner xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 31-yanvar kuni AQSh erkaklar terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlagan edi. Oʻsha oʻyinda Turner Alvin Jonsning penaltidan tepgan toʻpini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

Turner 2021-yilgi CONCACAF Oltin Kubogi doirasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi safida barcha oltita oʻyinda maydonga tushib, beshta quruq oʻyin oʻtkazdi. Shu jumladan final bahsida Meksikaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyind aham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Samarali oʻyini uchun Turner musobaqaning „Eng yaxshi darvozaboni“ unvoniga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti Turner 2020-yilda Litva pasportini oldi; uning buvisi Ikkinchi jahon urushi paytida Litvadan koʻchib kelgan edi. Otasining oilasi yahudiy boʻlib, ularning familiyasi immigratsiya paytida Turnerga oʻzgartirilgan.

Karyera statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalarda oʻyin va gollar jadvaliKlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRichmond Kickers (ijara)2016USL70————702017200————200Jami27000000000270New England Revolution2018MLS27000———270201920020——102302020220———502702021280———10290202250————50Jami1020200000701110Arsenal2022-23Premier League000000000000Jami000000000000Umumiy1290200000701380

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Qoʻshma Shtatlar 2021 13 0 2022 5 0 Jami 18 0

Sovrinlar AQSh

KONKAKAF Oltin Kubogi: 2021

New England Revolution

Qoʻllab-quvvatlovchilar qalqoni: 2021

Individual

KONKAKAF Oltin Kubogi Oltin qoʻlqop mukofoti: 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi: 2021-yilning eng yaxshi oʻyinchisi MLS All-Star: 2021 MLS yulduzlari oʻyini MVP: 2021 MLS yilning eng yaxshi darvozaboni: 2021 MLS eng yaxshi 11: 2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Jersey Express S.C. futbolchilari Turkum:New England Revolution futbolchilari Turkum:Richmond Kickers futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Designated futbolchilari (MLS) Turkum:Major League Soccer All-Stars Turkum:Amerikalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2021-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:2023-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:2025-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:KONKAKAF oltin kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar