Janubiy Afrikaning davlat madhiyasi 1997-yilda qabul qilingan gibrid qoʻshiq boʻlib, unga inglizcha soʻzlar XIX asrda „Nkosi Sikelel' iAfrika“ (inglizcha: „God Bless Africa“, lit.'"Lord Bless Africa") madhiyasi bandalaridan olingan holda qoʻshilgan. Shuningek, Afrikaans tilida yozilgan „Die Stem van Suid-Afrika“ (inglizcha: „The Voice of South Africa“) aparteid davrida Janubiy Afrika milliy madhiyasi sifatida ishlatilgan. Madhiyani yaratish uchun maxsus qoʻmita tuzilgan Ushbu yangi mas’ul qoʻmita tarkibiga Anna Bender, Elize Botha, Richard Cock, Dolf Havemann (kotib), Mzilikazi Khumalo (rais), Masizi Kunene, Jon Lenake, Fotima Meer, Khabi Mngoma, Wally Serote, Johan de Villiers va Jeanne Zaidel-Rudolphlar kirgan.

Madhiya koʻpincha „Nkosi Sikelel' iAfrika“ soʻzining boshlanishi bilan ataladi, ammo bu nom hech qachon uning rasmiy nomi boʻlmagan. Madhiyaning rasmiq maqomi hamisha saqlanib kelgan.

Tarix 1940-yillarning oxiridan 1990-yillarning boshigacha Janubiy Afrikada oq tanlilar ustunligi va qora tanli aholining siyosiy manfaatlar uchun repressiyaga asoslangan institutsional irqiy ajratilishi orqali kamsitishning keng qoralangan tizimi boʻlgan aparteid deb nomlanuvchi tizim hukm surdi. Bu davrda Janubiy Afrikaning milliy madhiyasi „Die Stem van Suid-Afrika“ boʻlgan. Shuningdek, „Die Stem“ nomi bilan ham tanilgan. Ushbu madhiya Afrikaans tilidagi qoʻshigʻ boʻlib, u Voortrekkerlar va ularning „Buyuk sayohati“ haqida hikoya qiladi. „Die Stem“ 1918-yilda C. J. Langenhoven tomonidan yozilgan va 1921-yilda Martinus Lourens de Villiers tomonidan musiqaga solingan sheʼrdir. Die Stem van Suid-Afrika" (tarjimasi: „Janubiy Afrika Ovozi“) sakkiz baytdan iborat edi (Asl toʻrtta afrikaans va toʻrtta inglizcha – afrikaans tilidan bir nechta oʻzgartirishlar bilan tarjimasi). U kamdan-kam hollarda butunligicha kuylangan.

Matn Birinchi bayt, Xhosa tilidadagi dastlabki ikki qatorNkosi Sikelel' iAfrika Maluphakanyisw' uphondo lwayo,Lord bless Africa May her glory be lifted high,Birinchi bayt, oxirgi ikki qator Zulu tilida va Inglzicha tarjimaYizwa imithandazo yethu, Nkosi sikelela, thina lusapho lwayo.Hear our prayers Lord bless us, your children.Ikkinchi bayt Soto tili va inglizcha tarjimaMorena boloka setjhaba sa heso, O fedise dintwa le matshwenyeho, O se boloke, O se boloke setjhaba sa heso, Setjhaba sa, South Afrika, South Afrika.Lord we ask You to protect our nation, Intervene and end all conflicts, Protect us, protect our nation, Protect South Africa, South Africa.Afrikaansdagi uchinchi baytUit die blou van onse hemel, Uit die diepte van ons see, Oor ons ewige gebergtes, Waar die kranse antwoord gee,From the blue of our skies, From the depths of our seas, Over our everlasting mountains, Where the echoing crags resound,IPA transkripsiyasiSounds the call to come together, And united we shall stand, Let us live and strive for freedom, In South Africa our land.

Manbalar

Havolalar National Anthem Toolkit Wikipedia The National Anthem National Anthem of South Africa – Streaming audio, lyrics and information (archive link) Audio recording of the National Anthem (instrumental only, MP3 file) Brief introduction to the anthem and notation The South African national anthem in MIDI format The South African national anthem in MP3 format Turkum:Janubiy Afrika Respublikasi Turkum:Madhiyalar