Angel Baltazar Sepulveda Sanchez (1991-yil 15-fevralda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX „Queretaro“ klubida hamda Meksika terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydihttps://www.transfermarkt.world/angel-sepulveda/profil/spieler/160700&ved=2ahUKEwjJjdawkuz5AhXeDRAIHeFoAx8QFnoECC0QAQ&usg=AOvVaw1eQtNlxR0dA7DXGXkYZ3Qz.

Klubdagi faoliyati Sepulveda Meksikaning Michoacan shtati Apatzingan shahrida tugʻilgan. 2010-yil 18-sentabrda „Atlante“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Monarkas“ jamoasi 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda u „Monarkas“ jamoasining zaxira oʻrindigʻida katta jamoadagi ilk debyutini oʻtkazgan .

Sepulveda ilk golini 2011-yilning 4-aprelida Chiapas jamosaiga qarshi oʻyinda urgan va bu gol Monarkas jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. U oʻzining ikkinchi va uchinchi golini CONCACAF Chempionlar ligasining 2011/12-yilgi mavsumida birinchi va ikkinchi oʻyinlarining dastlabki bosqichlarida Tempet futbol klubi darvozasiga kiritgan. 2011-yil 10-oktabrda u oʻzining toʻrtinchi golini „Pachuka“ darvozasiga kiritgan va 2011/12-yilgi Meksika Primer divizionining muntazam mavsumdagi oʻyinida 2:2 hisobida durang oʻynashga jamoasiga yordam bergan. 2011-yil 4-dekabrda u yana jarohatlangan jamoadoshi Migel Saboh oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va Santos Laguna jamoasi darvozasiga ikkita gol urib, umumiy hisobni 4:4 ga tenglashtirgan va jamoasi durang oʻynashida asosoiy rolni bajargan, ammo Santos Laguna turnir jadvalida yuqori pogʻonani egallaganligi sababli ular turnir jdavalida raqiblarini quvib oʻta olmaganlar.

CD Guadalajara jamoasi vakillari 2018-yil 7-iyunda Sepulveda bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Ángel Sepúlveda bugungi kunda ham Meksika terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlarGollar Meksika 2016-yil 2 1 2017-yil 6 1 Jami 8 2

Xalqaro maydonda urilgan gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.2.09.2016 Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador 2 — 1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2.16.07.2017 Alamodome, San-Antonio, Amerika Qoʻshma Shtatlari 1 — 0 2-0 2017 CONCACAF Oltin Kubogi

Yutuqlar Queretaro

Copa MX : Apertura 2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar