Ahn Hee-yeon (koreyscha: 안희연; 1992-yil 1-mayda tugʻilgan), Hani nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning EXID qizlar guruhi va uning kichik guruhi SoljiHani aʼzosi sifatida tanilgan. U Weekly Idol telekanalida boshlovchi va Off to School, Crime Scene va A Style for You seriallarida aktrisa sifatida ishtirok etgan.
Faoliyati EXID rasman 2012-yil 15-fevralda „Whoz That Girl“ debyut singlining chiqishi bilan namoyish qilingan. 2013-yil fevral oyida Hani va EXID aʼzosi Heo Sol-ji „Dasoni“ duetini tuzdilar va 2013-yil 15-fevralda oʻzlarining „Goodbye“ debyut singlini chiqardilar. Hani qoʻshiqning koʻpro qismini kuylagan.
2014-yil avgust oyida EXID oʻzining „Up & Down“ singlini chiqargan. Dastlab, Gaon Chartning eng yaxshi 100 taligiga kira olmagan. Biroq, qoʻshiq noyabr oyining oxirida, Hanining qoʻshiq ijro etgani haqidagi muxlislar tomonidan olingan video internetga tarqalgach, asta-sekin mashhurlikka erishgan. 2019-yil holatiga koʻra, video YouTubeʼda 30 million martadan koʻproq koʻrilgan(직캠/Fancam) 141008 EXID(하니) 위아래 @ 파주 한마음 위문공연 (October 9, 2014). Retrieved on August 23, 2015.. 2014-yilda u tvN telekanalining Always Cantare serialida bossh rollardan birini ijro etgan.
2015-yilda u Mad Clownning „Fire“ klipida paydo boʻlgan va JTBC ning Off to School va Crime Scene koʻrsatuvlarida qatnashgan. Hani shuningdek, Kim Heechul, Go Ha-ra va Yun Bora bilan birgalikda KBS telekanalining yangi goʻzallik shousi, A Style For You taqdimoti uchun tanlanganHara joins + Heechul, Jooyeon, and Bora in talks to be MCs for fashion-beauty show 'A Style for You'. Bahorda u Soulmates Returns dasturida namoyish etilgan. Keyinchalik u The Producers filmida kameo koʻrinishida suratga tushgan. 24-iyun kuni u VIXX guruhi aʼzosi Ken bilan birgalikda „Gap“ nomli duet qoʻshigʻini chiqargan. Sentabr oyida u Law of the Jungle teleserialida aktrisa sifatida ishtirok etgan.
2021-yil 20-iyulda Hani JTBC telekanalining Idol: The Coup serialida suratga tushishi kerak edi, biroq u COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqqani sababli, ishlab chiqarish keyingi ogohlantirishgacha qoldirilgan. Drama 2021-yil 8-noyabrda namoyish etilgan.
Shaxsiy hayoti 2022-yil 29-iyun kuni agentlik uning psixiatr Yang Jae-woong bilan 2 yildan beri ishqiy munosabatda ekanligini tasdiqlagan.
Diskografiyasi +NomYilGrafikdagi eng yuqori pozitsiyalarSotuvAlbomKOR GaonUSWorld"Cold"2012—— rowspan="3" Young Love"We Got The World"2014——albomsiz singl"Fake Illness"2015——"Gap"25— KOR (DL): 93,000+*"Snail (달팽이)"2016—— rowspan="2" King of Mask Singer Episode 47"Honey"——King of Mask Singer Episode 48"Honey Bee"201738— KOR (DL): 63,673+albomsiz singl"Flame"——Money Flower OST
Filmografiyasi
Film YilNomRolIzohlar2016Take Off 2Lee Bo-miKameo2021Young Adult MattersJoo-youngDream BuilderNarrator
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar