Emilio Audero Mulyadi (1997-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi. Italiya A Seriyasining „Sampdoriya“ klubi darvozaboni.

Italiya yoshlari terma jamoasining sobiq oʻyinchisi Audero Indoneziyada tugʻilgan. U Italiyada ham, Indoneziyada ham xalqaro maydonda oʻynash huquqiga ega.

Yoshligi Audero Indoneziyaning Mataram shahrida tugʻilgan. Otasi Edy Mulyadi indoneziyalik, onasi Antonella Audero esa italiyalik boʻlgan. U 1998-yilda oilasi bilan onasining ona shahri Italiyaning Kumiana shahriga koʻchib oʻtdi.

Klublardagi faoliyati

Yuventus

Yoshlar jamoasi Audero 2008-yil 11 yoshida „Yuventus“ yoshlar jamoasiga Mikelanjelo Rampullaning eʼtiboriga tushgandan soʻng qoʻshilgan. Primavera (19 yoshgacha) jamoasi bilan u Campionato Nazionale Primavera 2015-16-finaliga chiqdi va penaltilar seriyasida „Roma“ yoshlar jamoasiga 6:7 hisobida yutqazib ikkinchilikni qoʻlga kiritdi.

Kattalar jamoasi Audero birinchi marta 2014-yilning 30-noyabrida bosh murabbiy Massimiliano Allegri tomonidan"Yuventus"ning asosiy jamoasiga chaqiriladi, biroq „Torino“ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda zaxirada oʻrindigʻida qoladi. 2014-15-yilgi mavsum davomida u yana beshta oʻyinda davomida maydonga tushirilmay zaxira oʻrindigʻida qoldiriladi. Keyingi mavsumda u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va hatto jamoaning UEFA roʻyxatiga kiritildi. U jami 18 marta asosiy jamoaga chaqiriladi, ammo yana hech bir oʻyinda maydonga tusha olmaydi. 

2016-yilda Rubinyo ketganidan soʻng, Audero 2016-17-yilgi mavsumda Janluiji Buffon va Netodan keyin klubning uchinchi darvozaboni lavozimiga koʻtarildi. Ligada 61 marta chaqiruvdan soʻng Audero 2017-yilning 27-mayida, 20 yoshida, A Seriyaning 2016-17-yilgi mavsumining soʻnggi oʻyinida „Yuventus“ bilan professional debyutini oʻtkazdi.

Veneziyaga ijaraga berilishi 2017-yilning 8-iyulida Audero B Seriyaning „Veneziya“ klubiga ijara asosida oʻtdi.

Sampdoriya 2018-yilning 17-iyulida Auderoni A Seriyaning „Sampdoriya“ klubi 2019-yilning 30-iyuniga qadar sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. 2019-yilning 26-fevralida „Sampdoriya“ Auderoni 20 million yevro evaziga sotib oladi.

Xalqaro faoliyati Uning otasi indoneziyalik va onasi italiyalik boʻlganligi sababli, Audero Italiya va Indoneziyaning katta terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega edi.

2012-yildan beri u Italiyani 15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasidan boshlab to 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasigacha barcha toifalarda oʻynagan. Italiya U17 terma jamoasi bilan 2013-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. U 2017-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Italiyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar terma jamoasiga chaqirilmaydi, chunki „Yuventus“ uning klubda oʻynash majburiyatini saqlab qolishni xohladi. 2017-yilning 4-sentyabrida u Luidji Di Byajo qoʻl ostida Italiya U21 terma jamoasi bilan Cittadella shahrida Sloveniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) debyut qildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Golla Yuventus 2016-17 A seriya 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 Veneziya (ijara) 2017-18 B seriyasi 38 0 1 0 — 3 0 42 0 Sampdoriya (ijara) 2018-19 A seriya 36 0 1 0 — — 37 0 Sampdoriya 2019-20 A seriya 36 0 2 0 — — 38 0 2020-21 A seriya 37 0 1 0 — — 38 0 2021-22 A seriya 29 0 1 0 — — 30 0 Jami 138 0 5 0 0 0 0 0 143 0 Faoliyatidagi jami 177 0 6 0 0 0 3 0 186 0

Yutuqlari Yuventus

A seriya : 2016-17 Italiya kubogi : 2016-17

Italiya U17

17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi raqamli eng yaxshi oʻyinchisi: 2013-yil

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari