Alicia Linda „Lecy“ Goranson (1974-yil 22-iyunda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U 1988-yilda Roseanne (debyut) va The Conners televizion sitkomida Becky Conner rolini oʻynagan. Alicia Goranson, shuningdek, How to Make an American Quilt (1996), Boys Don't Cry (1999) hamda The Extra Man (2010) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Faoliyati Goranson Chicagoda aktrisalik boʻyicha tahsil olgan va, keyinchalik Becky Conner roli orqali mashhurlikka erishgan. U besh mavsum davomida ushbu personajni gavdalantirgan. Beshinchi mavsumda bir nechta epizodlarni ijro etgandan keyin, 1992-yilda serialni tark etgandan soʻng, Vassar kollejiga oʻqishga kirgan. Aktrisaning akademik jadvali unga Becky sifatida yana qayta paydo boʻlish va obrazni tasvirlashni davom ettirish uchun imkon beradi. Yangi ssenariyga koʻra, shou produserlari va yozuvchilari Becky uchun juda kam sahnalar yozishadi. Goransonning chiqishi Beckyning sevgilisi Mark bilan qochib ketish voqeasi bilan oʻz nihoyasiga yetadi.

2017-yilning 28-aprel sanasida Roseanne teleserialining 10-mavsumi uchun doimiy aktyorlarning koʻpchiligi va baʼzi produserlarning serialga qaytishi rejalashtirilganligi eʼlon qilindi. Huddi shu yilning may oyida Goransonning Becky roliga qaytishi tasdiqlandi. Chalke ham paydo boʻlib, boshqa rol oʻynaydi. Roseannening ushbu mavsumi 2018-yil 27-martda ABC telekanalida namoyish etildi. 2018-yilning 29-may sanasida, Roseanne Barrning Twitter sahifasida Valerie Jarret (sobiq prezident Barack Obamaning maslahatchisi) bilan bogʻliq munozarali soʻzlari ortidan, ABC bir mavsumdan soʻng serialni efirga uzatilishi bekor qilinadi.

Shaxsiy hayoti Goranson Illinois shtatining Evanston shahrida atrof- muhitni muhofaza qilish agentligida ishlagan Stephen Goranson va Evanston Township oʻrta maktabida ingliz tilidan dars bergan oʻqituvchi Linda Goranson oilasida tugʻilgan. Uning Adam ismli akasi bor. Aktrisaing onasi 2020-yil yanvar oyida vafot etgan. Goranson ilgari turmushga chiqqan, lekin haligacha farzand koʻrmagan.

Filmografiyasi Filmlarda

Yil Sarlavha Rol Izohlar 1995 How to Make an American Quilt yosh Hy Dodd 1999 Boys Donʼt Cry Lisa „Candace“ Lambert 2004 Death 4 Told Joyce Segment: „The Psychic“ 2005 Love, Ludlow Myra 2007 CandaceQisqa metrajli film 2010 Sandra 2011 Monster Slayer SueQisqa metrajli film 2013 The Wood House Eleanore 2018 Hurricane Bianca 2: From Russia with Hate Angela Jo

Televizion rollari

Yil Sarlavha Rol Izohlar 1988—2018 Roseanne Becky Conner 120ta epizod 2004 Sex and the City Amber Epizod: „An American Girl in Paris, Part Deux“ 2004 Law & Order: Special Victims Unit Rosalin Silvo Epizod: „Poison“ 2009 Fringe Tatuirovkali qiz Epizod: „Inner Child“ 2011 Naked in a Fishbowl Blossom Barney Epizod: „Blossom Barney Crystal Healer“ 2012 Damages Sally Epizod: „Somethingʻs Wrong With Me“ 2015 Co-operation Bonnie 2ta epizod 2016 Inside Amy Schumer Amy #3 Epizod: „Psychopath Test“ 2018—2022 The Conners Becky Conner 68ta epizod

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar