Linsey Michelle Godfrey (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U 2012-yilning mart oyidandan 2016-yilning oktyabrigacha CBS efirga uzatgan teleserial The Bold and the Beautifulda Caroline Spencer rolini ijro etgan. 2016-yil dekabridan 2018-yilning martigacha esa ushbu serialda rolini takrorlashga qaytdi. Aktrisa 2018-yil iyulidan 2021-yil martigacha NBC efirga uzatgan Days of Our Lives serialida Sarah Horton rolini oʻynaydi. Shundan soʻng, 2022-yil yanvarida Kristen DiMera va 2022-yil aprelida Sarah rollarini qayta ijro etish uchun seriallardagi faoliyatiga qaytadi.

Yoshligi Godfrey Florida shtatining Stuart shahrida onasi Char Griggs tarbiyasida oʻsib ulgʻaygan. U South Fork High Schoolda tahsil olgan va ushbu taʼlim dargohini tamomlagach, aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun, Los Angelesga koʻchib oʻtadi. Aktrisa mohir baliqchidir. 2006-yili Tallahasseega qaytgan paytida, unga Limfogranulematoz tashxisi qoʻyilgan edi. Aktrisa yetti oyda davolanishni tugatadi va aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun LosAngelesga qaytib keladi. U boʻynining orqa tomoniga omon qolgani sharofati bilan lenta tatuirovkasini chizdirgan.

Faoliyati Godfrey Hodgkin limfomasi tashxisi qoʻyilishidan oldin One Tree Hill va Surface teleseriallarida rol ijro etish uchun shartnoma imzolashga tayyor boʻlgan edi. Uning fikricha, saraton uning aktyorlik karyerasini ikki yil orqaga qaytargan. Hollywoodga qaytib kelgach, aktrisa bir nechta maxsus mehmon rollarini ijro etishi kerak edi. Xususan, aktrisa The Bold and the Beautiful serialida Caroline Spencer sifatida rol ijro etish uchun shartnoma imzolaydi. 2018-yil iyul oyida u Sarah Horton rolida Days of Our Lives filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi aytib oʻtadi. 2021-yil 29-mart sanasida esa Godfrey serialni tark etishi eʼlon qilinadi. 2022-yilning 7-yanvarida aktrisa 17-yanvar haftasida oʻz rolini yana qayta takrorlashi aniq boʻladi.

Shaxsiy hayoti 2013-yil 5-dekabrda Godfrey yigiti The Young and the Restlessdagi aktyor Robert Adamsondan birinchi farzandini kutayotgani maʼlum boʻldi. U 2014-yil 12-iyunda Aleda Seren Adamson ismli qizni dunyoga keltirdi. 2014-yilning avgust oyida Godfrey Ice Bucket Challenge musobaqasida qatnashib, ALS kasalligi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.

Filmografiyasi Filmlarda Yil Sarlavha Rol Izohlar2008The House BunnyQisqa qoramagʻiz qiz2010The AssignmentEliza2012My Funny ValentineJayna2013The CullingAmanda2014AltergeistSarah2018Fatal FashionJennifer Higgins

Televizion rollari Yil Sarlavha Rol Izohlar2005One Tree HillBarbaraEpizod: „Between Order and Randomness“2006SurfaceCaitlin BlumEpizodlar: „1.11“, „1.12“, „1.13“, „1.15“NCISStephanie PhillipsEpizod: „Bait“2007Cold CaseSamantha 'Sam' Randall (1965)Epizod: „Boy Crazy“2010Jack’s Family AdventureCharlotte VickeryTV FilmThe Suite Life on DeckWilla FinkEpizod: „My Sister’s Keeper“2011CSI: MiamiBlair HawkinsEpizod: „Stoned Cold“Wizards of Waverly PlaceLucyEpizod: „Ghost Roommate“ 2012-2018 The Bold and the Beautiful Caroline Spencer 2014 The Young and the Restless Caroline Spencer Maxsus mehmon roli 2018 Heʼs Watching Angela TV Film 2018-2021, 2022 Days of Our Lives Sarah Horton

Mukofotlar va nominatsiyalari +Aktyorlik mukofotlari va nominatsiyalar roʻyxatiYilMukofotTurkumSarlavhaNatijaManbaDaytime Emmy AwardOutstanding Younger Actress in a Drama SeriesThe Bold and the Beautiful Daytime Emmy AwardOutstanding Supporting Actress in a Drama SeriesThe Bold and the Beautiful Daytime Emmy AwardOutstanding Supporting Actress in a Drama SeriesThe Bold and the Beautiful Soap Awards FranceCouple of the Year-"Caroline and Ridge"The Bold and the Beautiful Daytime Emmy AwardOutstanding Supporting Actress in a Drama SeriesDays of Our Lives

Manbalar

Havolalar

.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar