thumb|Liu Shilan Liu Shilan (; 1962-yil 24-yanvarda tugʻilgan)中国国际象棋运动员等级分数据库 , chessinchina.net. — xitoylik shaxmatchi, u 1982-yilda FIDE tomonidan qabul qilingan ayol grossmeyster unvoniga ega. U yetti marta ayollar oʻrtasida Xitoy chempioni boʻlgan (1979— 1981-yil va 1983— 1986-yil).

Liu shaxmat oʻynashni 12 yoshida Sichuanning Chendu shahridagi shaxmat maktabida oʻrgangan. Yosh chogʻlaridadan shaxmat bilan muntazam shugʻulanib kelgan, bu esa kelajakda usta shaxmatchi boʻlib yetishishiga yordam bergan. Dastlabki shaxmatdagi yurishi esa quydagi turnirda boʻlib oʻtgan, 1982-yilda Liu Tbilisidagi ayollar zonalararo turnirida 14 balldan 9 ball toʻplagan holda uchinchi oʻrinni egalladi1982 Tbilisi Interzonal Tournament, mark-weeks.com. Ushbu natija tufayli u ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga nomzodlar oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va ayol grossmeyster (WGM) unvoniga erishgan birinchi Osiyo oʻyinchisiga aylandi.

Nomzodlar bosqichida Liu 1983-yilda Veldenda oʻtkazilgan chorak final uchrashuvida Nana Ioselianiga 6:3 hisobida yutqazdi1983-84 Candidates Matches, mark-weeks.com. Keyinchalik u yana ikkita ayollar zonalararo turnirlarida qatnashdi. 1985-yil Jeleznovodskda, 4½/15 bilan 14-oʻrinni egalladi1985 Zeleznovodsk Interzonal Tournament, mark-weeks.com va 1987-yil esa Tuzlada, 8½/17 ball bilan 10-oʻrinni egalladi1987 Tuzla Interzonal Tournament, mark-weeks.com.

Liu Xitoy terma jamoasi safida ayollar shaxmat Olimpiadasida besh marta qatnashgan (1980— 1988-yil), jami 68 ta oʻyin oʻtkazganOlimpBase :: Womenʼs Chess Olympiads :: Liu Shilan. U 1986-yilda Dubayda boʻlib oʻtgan 27-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi oʻrinni egalladi va birinchi doskada bronza medalini qoʻlga kiritdiOlimpBase :: 27th Chess Olympiad (women), Dubai 1986, information. Bu milliy terma jamoasi uchun keltirgan ajoyib gʻalabalardan biri edi.

Yana qarang

Shaxmatchi ayollar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari