Almuth Schult (1991-yil 9-fevralda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Angel City“ va Germaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati Besh yoshida Schult oʻz faoliyatini mahalliy „FC SG Gartow“ futbol klubida boshlagan, 2007-yilda „Hamburger SV“ga oʻtgan. U 2008-yilda „Magdeburger FFC“ga qoʻshildi va u yerda uchinchi darajali Regionalligada oʻynadi. Magdeburgda Schult muntazam asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va jamoasi bilan 2-oʻringa koʻtarildi. 2011-yilda Schult Bundesliga vakili „SC 07 Bad Neuenahr“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2013-yilda u Bundesliga va UEFA ayollar chempionlar ligasi chempioni „VfL Wolfsburg“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyti Schult Germaniya terma jamoasi bilan 2008-yilgi 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da ikkita oʻyinda qatnashib, uchinchi oʻrinni egalladi. Ikki yil oʻtgach, u 2010-yilgi 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da Germaniya terma jamoasining birinchi tanlangan darvozaboni boʻldi va jamoa gʻalaba qozondi. Turnir Germaniyada oʻz maydonida oʻtkazildi.
Schult Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi uchinchi darvozaboni sifatida chaqirilgan ediBundestrainerin benennt 21-köpfigen WM-Kader. . Uning jamoadagi debyuti 2012-yilning 15-fevralida Turkiyaga qarshi oʻtkazilganDFB-Frauen glanzlos an die Spitze. .
Nadine Angerer nafaqaga chiqqanidan soʻng, Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida Schultning birinchi yirik turniri 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boʻlib oʻtdi, u yerda u har bir oʻyinda oʻynadi. Germaniya bilan ayollar olimpiadasi futbolida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yutuqlari VfL Wolfsburg
Bundesliga: 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019 DFB-Pokal: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017, 2017v2018, 2018—2019 UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2014
Germaniya
UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati, ikkinchi oʻrin: 2022 Yozgi Olimpiya oʻyinlari, oltin medal: 2016 Algarve kubogi: 2012—2014
Germaniya U20
FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2010
Germaniya U17
FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, uchinchi oʻrin: 2008
Shaxsiy yutuqlari
IFFHS dunyoning eng yaxshi ayol darvozaboni: 2014Awards 2014 IFFHS oʻn yillikning eng yaxshi ayol darvozaboni: 2011—2020
Manbalar
Havolalar
Rasmiy profili Germaniyalik futbolchining ichki futbol statistikasi.
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar