Marie-Louise Eta (1991-yil 7-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda erkaklar oʻrtasidagi Bundesliga klubi „Union Berlin“ning vaqtinchalik bosh murabbiyi hisoblanadi. U Yevropaning kuchli beshta futbol ligasida erkaklar jamoasini boshqargan birinchi va yagona ayoldir.
Yarim himoyachi sifatida u, boshqa jamoalar qatori, Frauen-Bundesliga klublari „1. FFC Turbine Potsdam“ va „Werder Bremen“da oʻynagan.
Xalqaro faoliyati Germaniya ayollar terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan xalqaro oʻyinchi sifatida, u 2009-yilgi va 2010-yilgi Yevropa chempionatlarida oʻynaganNerveless France seal final date. UEFA.
2010-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatidan soʻng, UEFA uni eng yaxshi 10 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritdi.
2010-yil iyun oyida Eta murabbiy Maren Maynert tomonidan „Germaniya U20“ ayollar terma jamoasiga 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtadigan, 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Asosan zaxira tarkibida oʻtirgan boʻlsa ham oʻziga yuklatilgan oʻyinlarda faol natija koʻrsatgan. U Germaniya sharafini juda erta 15 yoshgacha ayollar jamoasi tarkibida himoya qilishdan boshlagan. Keyinchalik U16 safida, soʻngra U17, U19, U20 va U23 terma jamoa safida ham yutuqlarga erishdi. Oʻsmirlar oʻyinchisi sifatida Germaniya U17 terma jamoasiga tegishli edi. 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, u 16-noyabr kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Angliya terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2012-yilda u 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida ishtirok etdiU-23-Team dfb.deLübcke U-23-Debut dfb.de. Shaxsiy hayoti U 2014-yilda Benjamin Etaga turmushga chiqdi.
Yutuqlari Germaniya
FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2010-yil. 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati: 2008-yil. FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, uchinchi oʻrin: 2008-yil.
FFC Turbine Potsdam
UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2010-yil Bundesliga: 2009-yil, 2010-yil, 2011-yil DFB-Hallenpokal: 2009—2010-yillar
Manbalar
Havolalar
Werder Bremen jamoasidagi sahifasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari