Mumtaz Shanti (1926-yil 28-may — 1994-yil 19-oktyabr) 1940 va 1950-yillarda Hindiston va Pokiston kinolarida mashhur boʻlgan aktrisa. Basant va Kismet filmlaridagi rollari tufayli uni Jubilee Girl (Yubiley qiz) deb atashgan. U Mangti (1942), Basant (1942), Badalti Duniya (1943), Kismet (1943), Dharti Ke Lal (1946), Ghar Ki Izzat (1948) va Aaxuti (1950) kabi filmlarda suratga tushgan.

Yoshligi Mumtaz 1926-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyatining Gujrat tumanidagi Dinga shahrida panjoblik musulmon oilasida tugʻilgan. Mumtazning onasi u juda yoshligida vafot etgan va uni xolasi boqib qolgan. Mumtozning amakisi uni ashula va raqsni oʻrganishga undagan, u Lahorga tashrif buyurganida Valiy Sohib uni koʻrib qolgan va u Kalkuttaga borib, 1937-yilda Sohni Kumharon filmida suratga tushgan.

Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/Mumtaz_Shanti_et_Ashok_Kumar_dans_Kismet_%281943%29_%282%29.jpg/220px-Mumtaz_Shanti_et_Ashok_Kumar_dans_Kismet_%281943%29_%282%29.jpg|thumb| Mumtaz Shanti Ashok Kumar bilan Kismet filmida (1943) Mumaz Shanti faoliyati 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida yosh Dilip Kumar ishtirokidagi Basant (1942), Kismet (1943) va Ghar Ki Izzat (1948) kabi mashhur filmlar bilan choʻqqiga chiqqan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/Mumtaz_Shanti_dans_Basant_%281942%29.jpg/220px-Mumtaz_Shanti_dans_Basant_%281942%29.jpg|alt=|thumb| Basant filmidagi Shanti (1942) Kismet uning faoliyatidagi ulkan xit boʻldi. U va Ashok Kumar ishtirok etgan film kassa daromadlari boʻyicha oldingi barcha rekordlarni yangiladi. Bu Kalkuttadagi Roxy kinoteatrida uch yil davomida rekord koʻrsatdi. Bu rekord 32 yildan keyin Sholay filmi tomonidan yangilangan.

Shaxsiy hayoti Mumtoz Shanti Bollywoodga kirishdan oldin kinorejissyor va yozuvchi Vali Muhammad Khanga turmushga chiqqan, keyin ikkalasi ham 1950-yillar boshida Pokistonga koʻchib oʻtgan va Vali Sohib 1977-yilda yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Vafoti Mumtaz Shanti 1994-yil 19-oktyabrda Pokistonda vafot etgan.

Filmografiyasi

Film Yil Film TilManba 1937 Sohni Kumxaran panjob 1940 Chambe Di Kali panjob 1942 Mangti panjob 1942 Basant hind 1943 Savoal hind 1943 Kismet Hind 1944 Bhartruhari hind 1944 Pagli Duniya hind 1945 Chand Chakori hind 1946 Dharti hind 1946 Magadxraj hind 1946 Pujari hind 1946 Shravan Kumar hind 1947 Divoniy hind 1947 Dusri Shodi hind 1948 Ghar Ki Izzat Hind 1948 Heer Ranja Hind 1948 Padmini hind 1950 Aahuti hind 1950 Biwi hind 1950 Putli hind 1952 Sanskar hind 1952 Zamane Ki Hava hind 1975 Aakraman hind 1983 Chatpati hind

Manbalar

Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:Pokistonlik aktrisalar