thumb|Rimda ayollarga qarshi zoʻrovonlikka qarshi oʻtkazilayotgan mitingdan lavha. 2018-yil.|alt=WDG – March for Elimination of Violence Against Women in Rome (2018) 3.jpg

Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni (inglizcha:International Day for the relmination of Women against Women) 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan butun dunyoda ayollarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish maqsadida eʼlon qilingan xalqaro muhim kun sanaladi.

1999-yil BMT Bosh Assambleyasi 25-noyabrni Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni deb eʼlon qiladi. Ushbu kunning 25-noyabr qilib belgilanishining sababi 1960-yilda Dominikan Respublikasida sodir boʻlgan mudhish voqeadir. Mamlakatni diktatura orqali boshqaryotgan Rafael Truxilloga muxolifligi bilan tanilgan uch opa-singil Miraballar diktator Trijilloning: „Mamlakatda ikkita xavf bor: cherkov va Mirabal opa-singillar“ deb bergan bayonotidan soʻng oʻldirib ketiladi. Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kunining eʼlon qilinishi Mirabel opa-singillar uzoq vaqt Trujilloning diktatorligiga qarshi muxolif boʻlib kelishgan edi. Mirabel opa-singillarning bir muddat qamoqqa tashlanishi ham ularni bu yoʻldan qaytara olmaydi. Ular kurashda davom etishadi. Ammo 1960-yilning 25-noyabr kuni ularning jasadi Dominikan davlatining shimolida joylashgan bir jarlik yoqasida topiladi. Ertasi kun gazetalarda opa-singillarning avtohalokatga uchragani toʻgʻrisidagi xabarlar chiqadi. Lekin haqiqat maxfiyligicha qolib ketmaydi. Mamlakat ozodligi uchun kurashgan opa-singillarning jasorati oʻlimidan soʻng ham yod etiladi. 1981-yilning 25-noyabr kuni Lotin Amerikasining ayollar qurultoyi Dominikada boʻlib oʻtadi. Qurultoy bu kunni ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi birdamlik kuni deb eʼlon qiladi. Bu qaror BMT tomonidan keyinchalik xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni qilib belgilanadi.

Manba

Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:WikiAyollar