Dommaraju Gukesh (tamilcha: குகேஷ்; 2006-yil 29-may, Chennay, Hindistonda tugʻilgan), Gukesh D nomi bilan tanilgan hindistonlik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2019-yil mart oyida grossmeyster unvoniga loyiq koʻrilgan tarixdagi eng yosh uchinchi shaxmatchidirHe is also the third youngest player in the world (after Wie Yi and Alireza Firouzja) to reach 2700 in classical. „List of titles approved by the 2019 1st quarter PB in Astana, Kazakhstan“. FIDE. 2019-03-11. Retrieved 2019-03-25.. 18-jahon chempioni. Shaxmat tarixadagi eng yosh chempion.

Biografiyasi Gukesh 2006-yilning 29-may sanasida Tamilnad shtatining Chennay shahrida tavallud topgan. Uning otasi Rajnikanth quloq, burun va tomoq jarrohi; onasi Padma esa mikrobiolog sifatida faoliyat koʻrsatadi. Yosh grossmeyster yetti yoshidanoq shaxmatni oʻrganishni boshlagan. U Velammal Vidyalaya, Mel Ayanambakkam, Chennay shahrida tahsil oladi.

Faoliyati Gukesh 2015-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va 2018-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 12 yoshgacha boʻlganlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, 2018-yilgi shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida yakkalik rapid va blitz, U-12 jamoaviy rapid va blitz hamda U-12 yakkalik toifasidagi klassik formatda beshta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi 2018-yil mart oyida 34-chi Cappelle-la-Grande Open musobaqasida xalqaro usta unvoni uchun loyiq koʻriladi.

Gukesh eng yosh grossmeyster sifatida Sergey Karjakinni deyarli ortda qoldiradi, biroq rekordini qaytalash uchun 17 kunga kechikadi. U 2019-yil 15-yanvarda 12 yosh, 7 oy va 17 kunligida tarixdagi uchinchi eng yosh grossmeysterga aylanadi. Biroq, sportchi 2022-yil holatiga koʻra Hindistonning eng yosh shaxmat ustasi boʻlib qolmoqda. 2021-yil iyun oyida u Julius Baer Challengers Chess Tour, Gelfand Challenge musobaqasida 19 balldan 14 ball toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

2022-yilning avgust oyida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida 8 oʻyin davomida 8 ball jamgʻarib oʻziga xos maglubiyatsiz seriya qayd etdi va 8-aylanada 1-pogʻonada borayotgan AQSh terma jamoasini magʻlub etishga yordam berdi. U musobada davomida 11 balldan 9 ball toʻplagan holda, 2867 ELO koʻrsatkichi bilan, 1-taxtada oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Havolalar

Gukesh D FIDE reyting kartasi Butun Hindiston shaxmat federatsiyasida D Gukesh ID kartasi Gukesh D shaxsiy profili Chess.com saytida Gukesh D shaxsiy profili va Chessgames.com saytidagi oʻyinlar Gukesh D shaxmat oʻyinlari 365Chess.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Hindiston shaxmatchilari