Alisher Tagirovich Morgenshtern(asl familiyasi Valeyev; 1998-yil 17-fevralda tug‘ilgan), sahna nomi bilan MORGENSHTERN — rossiyalik rep ijrochisi, hip-hop, pop va rok yo‘nalishlarida kuylovchi xonanda, qo‘shiq muallifi, musiqiy prodyuser va shoumen.

Biografiya

Alisher Tagirovich Valeyev 1998-yil 17-fevralda Ufa shahrida tug‘ilgan.O‘smirlik davrida u familiyasini Morgenshtern (ruscha va boshqircha: Моргенштерн)ga o‘zgartirgan. Onasi rus-yahudiy kelib chiqishiga ega bo‘lgan, otasi esa boshqir millatiga mansub edi. Onasi gulchilik bilan shug‘ullangan; ota-onasi ajrashgan va Alisher 11 yoshga kirganida otasi og‘ir alkogolizm oqibatidagi jigar sirrozi tufayli vafot etgan.

U bolaligidan musiqaga qiziqqan, o‘smirlik chog‘ida esa skeýtboardingni yoqtirganini aytgan.

Morgenshtern 2010-yilda o‘zining birinchi musiqiy videosini chiqargan.

U qisqa muddat universitetda tahsil olgan, biroq o‘qishni boshlaganidan ko‘p o‘tmay, universitet rektori ta’kidlashicha, “YouTube’dagi ochiq faoliyati” sababli o‘qishdan chetlashtirilgan.

Morgenshtern ko‘cha musiqachisi sifatida ham ijod qilgan , shuningdek, MMD Crew rok guruhining bosh xonandasi bo‘lgan. Mazkur guruh bilan u rapper Face bilan hamkorlikda qo‘shiq yaratgan. U, asosan, o‘zining YouTube-loyihasi #EasyRap orqali ommalashgan.

2021-yil aprel oyida Morgenshtern Bashqirdistonning “Bizning bolalarimiz” nomli yetimlarga yordam ko‘rsatish fondiga xayriya mablag‘i ajratgan. Fondning “VKontakte”dagi sahifasida qayd etilishicha, u jami 666 666 rubl o‘tkazgan bo‘lib, bu nodavlat notijorat tashkilotiga jismoniy shaxs tomonidan qilingan eng yirik xayriya hisoblanadi. Mablag‘lar “Murabbiylik” loyihasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan .

2022-yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Morgenshternni Isroilning Yoola Labs media kompaniyasidan moliyaviy mablag‘ olgani va G‘alaba kuni haqidagi bayonotlari sababli “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga kiritgan. Morgenshtern keyinchalik Telegram-kanalida uzr so‘ragan va ro‘yxatga kiritilish ustidan shikoyat qilgan, biroq 2023-yil 10-mart holatiga ko‘ra u hanuz ro‘yxatda qolmoqda

Mukofot va unvonlar +YilMukofotNomzod/IshTurkumNatijaManba2020Forbes Z0 & 30MorgenshternMusiqa Topical Style Awards 2020 Morgenshtern Yil ayoli MTV Europe Music Awards Morgenshtern Eng yaxshi rus ijrochisi GQ Yil odami 2020 Morgenshtern Yil musiqachisi 2021Muz TVEl ProblemaEng yaxshi video MorgenshternEng yaxshi ijrochi CadillacEng yaxshi hamkorlik Eng yaxshi qoʻshiq VKontakteMorgenshternYil rassomi Million Dollar: BusinessYil rassomi

Reytinglar YilIsmReytinglarJoyManba2020VKontakte10 ta eng yaxshi musiqa sanʼatkorlari1SpotifyEng yaxshi 5 ta ijrochi2Forbes40 yoshgacha boʻlgan 40 ta eng muvaffaqiyatli rus yulduzlari212021Rossiyadagi eng muvaffaqiyatli 50 yulduz2SpotifyRossiyadagi eng yaxshi 5 ta ijrochi1

Izohlar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Morgenshtern