Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bundan keyin 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi prezidenti barcha sohalarda ushbu tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Prezidentlar +Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentlariPrezidentMamlakatPrezidentlik davriDemetrius Vikelas1894-1896Baron Pyer de Kuberten1896-1916 va 1919-1925Baron Godfrua de Blone1916-1919 (v.b.)Graf Anri de Baye-Latur1925-1942Zigfrid Edstryom1946-1952 (v.b.1942-1946)Everi Brendej1952-1972Lord Maykl Killanin1972-1980Markiz Xuan Antonio Samaranch1980-2001Jacques Rogge2001-2013Tomas Bax2013-2025Kirsti Koventri2025

Prezidentlarga oid faktlar

Baron Pyer de Kuberten 1925—1937-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti boʻlgan. Graf Anri de Baye-Latur Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi qarorgohida vafot etgan. Everi Brendej hozirga qadar yevropalik boʻlmagan yagona prezident. Avval olimpiadada sportchi sifatida ishtirok etgan dastlabki prezident. Markiz Xuan Antonio Samaranch prezidentlik davrida ikki bora Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 2001—2010-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti. Graf Jak Rogge 1968-, 1972- va 1976-yilgi olimpiyadalarda sportchi sifatida ishtirok etgan. 2013-yildan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti. Tomas Bax Olimpiyadada chempioni boʻlgan birinchi prezident (qilichbozlik boʻyicha 1976-yilgi Olimpiyada gʻolibi). Oʻzbekistonga 2015-yili tashrif buyurgan.

Manbalar

Turkum:Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentlari