Whitney Amerika sanʼati muzeyi norasmiy ravishda "The Whitney'' nomi bilan tanilgan, Nyu-York shahridagi Manxettenning Meatpacking tumani va West Village mahallasida joylashgan sanʼat muzeyi. Muzeyga 1930-yilda boy va taniqli amerikalik sotsialist, haykaltarosh va sanʼat homiysi Gertrude Vanderbilt Whitney (1875-1942) tomonidan asos solingan.
Gertruda Whitney XX—XXI asr Amerika sanʼatiga doir asarlarni toʻplashga qiziqib qoladi.Uning XIX asr oxiridan hozirgi kungacha boʻlgan doimiy kolleksiyasi 3500 dan ortiq rassomlarning 25 000 dan ortiq rasm, haykaltaroshlik, chizma, bosma nashrlar, fotosuratlar, filmlar, videolar va yangi media artefaktlarini oʻz ichiga oladi. U tirik rassomlarning asarlarini namoyish etishga, shuningdek, oʻtgan asrning birinchi yarmidagi muhim asarlarning doimiy toʻplamini saqlashga alohida eʼtibor bergan. Muzeyning yillik va ikki yillik koʻrgazmalar ham mavjud boʻlib, unda hali u qadar tanilmagan yosh rassomlar asarlari namoyish etiladi.
Muzey dastlab 1966-yildan 2014-yilgacha Whitney Manxettenning Yuqori Sharq tomonidagi 945 Madison avenyusida Marsel Breuer va Hamilton P. Smit tomonidan ishlab chiqilgan binoda boʻlgan. 2014-yil oktabr oyida bino yopilib, hozirgi binosiga koʻchib oʻtdi, bu bino Renzo Piano tomonidan Gansevoort koʻchasida loyihalashtirilgan va 2015-yil 1-mayda ochilgan.
Tarixi
Dastlabki yillar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6f/Whitney_Museum_8-12_West_8th_Street.jpg/200px-Whitney_Museum_8-12_West_8th_Street.jpg|left|thumb|251x251px| Muzeyning dastlabki binosi Gertrude Vanderbilt Whitney muzey asoschisi, taniqli haykaltarosh va jiddiy sanʼat kolleksiyachisi edi. Sanʼat homiysi sifatida u 1905-yilda sanʼat bilan shugʻullana boshladi va 1914-yildan 1928-yilgacha Nyu-Yorkdagi Whitney Studio va Whitney Studio Club koʻrgazma maydonlarida avangard va tan olinmagan asarlarini ommaga targʻib qilish uchun ishlagan.
Muzey asoschisi yordamchisi Juliana R. Force yordamida 700 ga yaqin Amerika sanʼatiga oid asarlarni toʻpladi. 1929- yilda Withney Metropolitan sanʼat muzeyiga 500 dan ortiq eksponatlarni sovgʻa qilishni taklif qildi, ammo muzey sovgʻalarni rad etdi.
Whitney kutubxonasining 1928-yildagi arxivlari shuni koʻrsatadiki, Studio klubi Sanʼat talabalari ligasi vakili Vilgelmina Weber Furlongning galereya maydonidan modernistik ishlarni aks ettiruvchi sayohat shoularini namoyish qilish uchun foydalangan.The Biography of Wilhelmina Weber Furlong: The Treasured Collection of Golden Heart Farm by Clint B. Weber, , The Whitney Museum Library archival items number 15405 Whitney Amerika sanʼati muzeyi 1930-yilda tashkil etilgan. Force muzeyning birinchi direktori boʻldi va uning rahbarligida u yangi va zamonaviy amerikalik rassomlarning asarlarini namoyish etishga eʼtibor qaratdi.
1954-yilda muzey oʻzining asl joyini tark etdi va 53-koʻchadagi Zamonaviy sanʼat muzeyi bilan bogʻlangan inshootga koʻchib oʻtdi. 1958-yil 15-aprelda MOMA (Zamonaviy sanʼat muzeyi)ning ikkinchi qavatida bir kishi halok boʻldi va yongʻin natijasida MOMAning yuqori qavatlaridagi rasmlar va xodimlarni Uitniga evakuatsiya qilishga majbur boʻlindi. Evakuatsiya qilingan suratlar orasida Chikago sanʼat institutidan ijaraga olingan La Grande Jatte orolida A Sunday Atfernoon on the Ilsand of L aGrande Jatte (Yakshanba kuni tushdan keyin) asari ham bor edi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/13/Whitney_Museum_of_American_Art.JPG/267px-Whitney_Museum_of_American_Art.JPG|right|thumb|267x267px| Marsel Breuer tomonidan loyihalashtirilgan Whitney zamonaviy sanʼat muzeyi binosi 1961-yilda Whitney muzey uchun kattaroq joy izlay boshladi. 1966-yilda u Madison avenyusining janubi-sharqiy burchagida va Manxettenning Yuqori Sharq tomonidagi 75-koʻchaga muzey kolleksiyasi koʻchirildi. Yangi bino 1963-1966- yillarda Marsel Breuer va Hamilton P. Smit tomonidan oʻziga xos zamonaviy uslubda rejalashtirilgan va qurilgan.
Muzey muassasasi koʻp yillar davomida kosmik muammolar bilan kurashdi. 1967-yilda muzeyda Art Resources Center (ARC) deb nomlangan sunʼiy yoʻldosh maydoni ochildi. 1981-yilda muzey Konnektikut shtatining Stamford shahrida Champion Internationalda joylashgan koʻrgazma maydonini ochdi. 1980-yillarning oxirida Whitney Park Tower Realty, IBM va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Equitable Life Assurance Society kompaniyalari bilan kelishuv tuzib, oʻz binolarining qabulxonasida aylanma koʻrgazmalar bilan sunʼiy yoʻldosh muzeylarini tashkil qildi. Har bir muzeyning oʻz direktori boʻlib, direktorlar Whitney qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan.
Muassasa 1978-yilda oʻzining binosini kengaytirishga qaror qildi va Buyuk Britaniya meʼmorlari Derek Uoker va Norman Fosterga muzey yonida baland minorani loyihalashtirishni topshirdi. Ammo ular bilan tuzilgan shartnoma uzoqqa bormadi. Bu, albatta, mablagʻ bilan bogʻliq edi.Endi muzey kolleksiyalari uchun qoʻshimcha joy ajratish uchun oʻsha paytdagi direktor Tomas N. Armstrong III mas’ul boʻldi.U asosiy binoga qoʻshimcha 10 qavatli yangi bino loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaga 37,5 million dollarga mablagʻ sarflash belgilandi. Loyiha meʼmor Maykl Graves tomonidan ishlab chiqildi.Ammo uning loyihasi darhol qarshiliklarga sabab boʻldi.Loyiha 1989-yil bekor qilindi.William Grimes (June 22, 2011), Thomas N. Armstrong III, Museum Chief Who Once Led the Whitney, Dies at 78, New York Times. 1995-yildan 1998-yilgacha bino meʼmor Richard Glukman tomonidan taʼmirlandi va kengaytirildi. 2001-yilda Rem Koolhaasga 200 million dollarlik kengayish uchun ikkita dizaynni taqdim etdi. Bu rejalar ham 2003-yildaCarol Vogel (April 15, 2003), Whitney Scraps Expansion Plans New York Times. bekor qilindi, bu esa direktor Maksvell L. Andersonning isteʼfoga chiqishiga sabab boʻldi.Carol Vogel (May 13, 2003), Director of the Whitney Resigns New York Times. Nyu-Yorklik restavrator Denni Meyer 2011-yil mart oyida muzeyda restoran ochdi. Restoran loyihasi Rockwell Group tomonidan ishlab chiqilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/69/Whitney_Museum_and_end_of_High_Line.jpg/220px-Whitney_Museum_and_end_of_High_Line.jpg|thumb| Muzeyga kirish link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8d/The_Whitney_Museum%2C_New_York_City_in_2015.JPG/275px-The_Whitney_Museum%2C_New_York_City_in_2015.JPG|alt=|left|thumb|275x275px| Whitney zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-York shahri, 2016-yil.Bino Renzo Piano tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida Muzey uchun yangi loyiha Renzo Piano tomonidan ishlab chiqildi. Qurilish ishlari 2010-yilda boshlangan va 2015-yilda yakunlangan Bu loyihaga 422 million dollar sarflandi.
Yangi tuzilma va sakkizta qavatni tashkil qildi. Muzey shaharning ustunsiz sanʼat galereyasini, taʼlim markazini, teatr, konservatsiya laboratoriyasini, kutubxona va oʻqish zallarini oʻz ichiga oladi. Ikki qavat muzeyning doimiy kolleksiyasi bagʻishlangan.Ellie Stathaki (October 16, 2013), Under Construction: The Whitney Museum’s new HQ by Renzo Piano in New York Wallpaper. Muzey lift qurilmasi Richard Artschvager tomonidan ishlab chiqilgan. ishlagan. Yangi bino kolleksiyasi 400 dan ortiq rassomlarning 600 dan ortiq asarlarini oʻz ichiga oladi.
Yangi bino eskilariga qaraganda ancha keng va ochiq.
Muzeyning yangi binosi uchun 760 million dollar toʻplanishi kerak edi. 2011-yil may oyida Metropolitan sanʼat muzeyi 2015-yildan boshlab Medison avenyu binosini kamida sakkiz yil davomida egallash toʻgʻrisida shartnoma tuzganini eʼlon qildi, bu Uitnining ikkita yirik muzey maydonini moliyalashtirish yukiniy engillashtirdi. Keyinchalik eski makonni egallash 2016-yilga qoldirildi
2015-yil 30-aprelda Michelle Obama va Bill de Blasio ishtirok etgan tantanali qizil tasmani kesgandan soʻng yangi bino 2015-yil 1-mayda ochildi
Kolleksiyasi Muzey kolleksiyalari rasmlar, chizmalar, nashrlar, haykallar, montaj sanʼati, video va fotografiya asarlaridan iborat.
Doimiy kolleknsiyadan oʻrin olgan asl 600 ta asar 1954-yilda ikkinchi bino ochilishi bilan 1300 ga yetdi. 1966-yilda Madison avenyudagi Breuer binosiga koʻchib oʻtgandan soʻng, bu raqam 2000 ga yetdi. Muzey 1991-yilda fotosuratlarni yigʻishni boshladi. Bugungi kunda, XIX asr oxiridan hozirgi kungacha boʻlgan toʻplamda 3500 dan ortiq rassomlarning 25 000 dan ortiq asarlari mavjud. Muzey kolleksiyalarida Jozef Albers, Joe Andoe, Edmund Archer, Donald Baechler, Tomas Hart Benton, Jonatan Borofski, Luiza Burjua, Sonia Gordon Braun, Charlz Burchfild, Aleksandr Kalder kabi ijodkorlar asarlari mavjud.
Muzeyda har ikki yilda bir marta Whitney Biennial xalqaro sanʼat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi, unda Amerika sanʼatida hali yangi rassomlar asarlari namoyish etiladi.
Oʻzining anʼanaviy kolleksiyasidan tashqari, Whitney Artport veb-saytiga ega.Whitney tirik rassomning hech qanday asarini sotmaydi, chunki bu rassomning karyerasiga zarar yetkazishi mumkin, lekin tirik rassomning asarini oʻsha rassomning boshqa asari bilan almashtiradi.
Galereyasi
Kutubxonasi Frances Mulhall Axilles kutubxonasi dastlab muzey asoschisi Gertruda Vanderbilt Whitney va Whitney muzeyining birinchi direktori Juliana Forsning kitoblari va maqolalari toʻplamlari asosida qurilgan tadqiqot kutubxonasidir. Kutubxona Nyu-Yorkning Gʻarbiy Chelsi hududida joylashgan. Unda maxsus toʻplamlar va Whitney muzeyi arxivi mavjud. Arxiv muassasa arxivlari, tadqiqot toʻplamlari va qoʻlyozma toʻplamlarini oʻz ichiga oladi. Institut arxivida 1912- yildan hozirgi kungacha boʻlgan koʻrgazma yozuvlari, fotosuratlar, kuratorlik tadqiqotlari qaydlari, rassomning yozishmalari, audio va video yozuvlar, vasiylarning hujjatlari mavjud.Ktuubxona fondidan oʻrin olgan toʻplamal:
Arshile Gorkiy tadqiqot toʻplami, 1920—1990-yillar Edvard Xopper tadqiqot toʻplami, 1894-2000
Kutubxonadagi kitoblar va materiallar bilan muzey maʼlumotlar bazasidan tanishish mumkin.
Manbalar
Havolalar
Whitney Museum Library Artport: The Whitney Museum Portal to Net Art Conservation Lab Interiors
Turkum:Amerika Qo'shma Shtatlari muzeylari Turkum:Gertrude Vanderbilt Whitney