Farideh Mashini yoki Farideh Machini ( ‎ 1960-yil tugʻilgan - 2012-yil 30-mayda vafot etgan) - eronlik tadqiqotchi, islomiy feminist, ayollar huquqlari boʻyicha jamoat faoli va islohotchi. Mashini islohotchilar partiyasi, Islomiy Eron ishtiroki fronti va Erondagi ayollar huquqlari harakati aʼzosi edi. U shuningdek, Ayollar ishtiroki fronti kotibi va Eron Ayollar masalalarini oʻrganish markazida tadqiqotchi boʻlib ishlagan. U 2012-yil 30-mayda saraton kasalligidan vafot etdiفریده ماشینی، فعال حقوق زنان، درگذشت رادیو زمانهفریده ماشینی، فعال حقوق زنان و فعال سیاسی اصلاح‌طلب، درگذشت رادیو فردا

Mashini Tehron ayollar tadqiqotlari dasturining bitiruvchisi edi. Ilmiy faoliyatini Xotin-qizlar tadqiqotlari va tadqiqot instituti boshqaruv kengashi a’zosi, respublika va xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi, maqola muallifi sifatida davom ettirdiStimson, Andrew. "Upcoming events & obituaries." Washington Report on Middle East Affairs, vol. 31, no. 5, Aug. 2012, p. 61. Gale Academic OneFile. Accessed 6 Mar. 2022..

Eronda 2009-yilgi bahsli saylovlardan soʻng Mashini hibsdagi siyosiy faol Shahobeddin Tabatabai uyi oldida oʻtkazilgan namoz oʻqish jarayonida hibsga olingan oʻttiz nafar faoldan biri edi.

Fikrlari Farideh Mashini “ Qur’onda ayollarga nisbatan kamsitishning hech qanday shakli yoʻq va ayollarga qarshi harakatlarga chek qoʻyishda (CEDAW) hech qanday ziddiyat yoʻq” deb hisobladi va “biz CEDAWni ratifikatsiya qilish orqali dunyoga oʻrnak boʻlishimiz va ayollarimiz sharoitini yaxshilashimiz kerak”deb aytdi.

Manbalar

Havolalar

Qur'ondagi aloqa va jins, Farideh Mashini, islamwomen.org

Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Eron ayollari Turkum:Ayol jamoatchilar Turkum:Ayollar tashkilotlari Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:Ayollar uchun Turkum:Musulmon ayollar Turkum:Islom Turkum:Kishilar Turkum:Qur'onda inson huquqlari Turkum:WikiAyollar