Ziraobod — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Joy nomi Zarobod boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Arabchada „zir“, „zer“ past maʼnosini bildiradi. Demak, quyida, pastda joylashgan obod qishloq maʼnosiga mos keladi. Buxoro amirligi devonxonasi hujjatlarida Zoʻrobod (زورابااد) tarzida qayd etilgan. Davlat soʻzining „mol-mulk, boylik“ maʼnosini ham anglatishi hisobga olinsa, toponimning boshqa maʼnosi „obod mulk“ kelib chiqadi. Bunda „zoʻr berib, mashaqqat tortib, mehnat bilan obod qilingan joy“ maʼnosi hosil boʻladi.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati Turkum:Buxoro tumani