Kuyi xonaqoh koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Kuyi xonaqoh, yaʼni xonaqoh koʻchasi maʼnosini anglatadi. Aholisi savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Koʻchada katta masjid-xonaqoh, uning orqasida esa XVI asrda yashagan mudarris Sadri Badri Maydoniyning qabri mavjud. Qabr ziyoratgoh hisoblanadi. Koʻcha nomi 1855-yilda yozilgan vaqf hujjatlarida uchraydi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari