Fidoyilar mahallasi – Oʻzbekisston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Choʻlpon, Mashinasozlar, Doʻstobod, Amir Temur, Navroʻzobod, Qadriyat mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yilda Harbiylar mahallasi nomi bilan tashkil etilgan. Mahallada asosan harbiylar oilalari yashashi bois shunday atalgan. Aholisi 2 864 kishi, asosan, ruslar, oʻzbeklar va 15 ga yaqin millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida zobitlar klubi, kutubxona, stadion va suzish havzasi mavjud.

Mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Fidoyilar deb oʻzgartirilgan.

Maydoni 243,8 gektar.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar