Chashmayi Ayub koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Ayub paygʻambar nomi bilan bogʻliq. Chashmayi Ayub „Ayub chashmasi, qudugʻi“ maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi quduqning paydo boʻlishi toʻgʻrisida xalq orasida rivoyat mavjud. Unga koʻra, shaharda qurgʻoqchilik boʻlgan davrda Ayub paygʻambar tashrif buyurgan va aholi iltijosi bilan qoʻlidagi hassasini yerga urgan. Shu joyda chashma – quduq hosil boʻlib, aholi najot topgan ekan. Shuningdek, „Tarixi Mullozoda“ asarida ham Chashmayi Ayyub toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari