Reinier Jesus Carvalho (; 2002-yil 19-yanvarda tugʻilgan), Reinier yoki Reinier Jesus nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, La Liga vakili Real Madridda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Yoshligi Braziliyada tugʻilgan, sobiq futzalchi Mauro Brasílianing oʻgʻli, Reinier 2011-yilda Vasko da Gama yoshlar akademiyasida oʻqigan. U Flamengoga qoʻshilishdan oldin Botafogo va Fluminense akademiyalariga koʻchib oʻtgandi.
Flamengo Reinier 2019-yilning 31-iyulida Flamengo safida Maracanã stadionida Emelec ga qarshi Libertadores kubogining javob uchrashuvida debyut qildi. Flamengo 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va penaltilar seriyasida musobaqada oldinga chiqdi. U ligadagi debyutini keyingi dam olish kuni 4-avgust kuni Bahiaga qarshi oʻtkazdi.
2019-yilning 9-noyabrida Reinier Flamengo bilan shartnomasini 2024-yilning 31-oktabriga qadar uzaytirdi, tovon puli 35 million yevro qilib belgilangan.
Real Madrid 2020-yil 20-yanvarda Real Madrid CF klub Flamengo bilan 2026-yilning iyunigacha shartnoma imzolagan Reinier transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. U mavsumning qolgan qismida ularning zaxirasiga tayinlangan. Toʻlov 30 million yevro atrofida edi. 2020-yil 7-mart kuni u Castilla safidagi ilk golini Coruxoga qarshi o‘yinda kiritdi.
Borussia Dortmundga ijaraga 2020-yilning 19-avgustida Real Madrid Reinierning 2022-yilning 30-iyuniga qadar Borussia Dortmund ga ijaraga berilishini eʼlon qildi. 2021-yilning 27-fevralida u Dortmundning Borussia klubi safidagi ilk golini Arminia Bielefeld ga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi.
Xalqaro faoliyati Reinier Braziliya sharafini himoya qilish uchun 2017-yilgi Janubiy Amerika U-15 chempionatiga chaqirildi. U Ekvador va Venesuelaga qarshi o‘yinda maydonga tushib, har ikki o‘yinda ham gol urdi.
2018-yil 7-mart kuni Braziliya U17 terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Viktor Gomes Reinierni Fransiyadagi Montaigu turniriga chaqirdi. U 2019-yilda Peruda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika U-17 chempionatida Braziliya terma jamoasi sardori boʻlgan va guruh bosqichining toʻrtta oʻyinida maydonga tushib, uchta gol urgan.
2021-yilning 2-iyulida Reinier Braziliya terma jamoasining 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Flamengo 2019 Seriya A 14 6 0 0 1 Appearance(s) in Copa Libertadores 0 0 0 15 6 Real Madrid B 2019–20 Segunda B divizioni 3 2 — — — 3 2 Real Madrid 2019–20 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Borussiya Dortmund (ijara) 2020–21 Bundesliga 14 1 2 0 2 Appearance(s) in UEFA Champions League 0 1 Appearance in DFL-Supercup 0 19 1 2021–22 13 0 1 0 5 Three appearances in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League 0 1 0 20 0 Jami 27 1 3 0 7 0 2 0 39 1 Jami faoliyati 44 9 3 0 8 0 2 0 57 9
Ealtma
Terma jamoada +YillarTerma jamoaIshtirokGollar2017Braziliya U15222018–2019Braziliya U171052020Braziliya U23163
Yutuqlari
Klub Flamengo
Campeonato Brasileiro A Seriya : 2019-yil Libertadores kubogi : 2019
Real Madrid
La Liga : 2019–20
Borussia Dortmund
DFB-Pokal : 2020–21
Xalqaro Braziliya U23
Yozgi Olimpiya oʻyinlari : 2020
Manbalar
Havolalar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar