Nosirjon Joʻrayev (1984-yili, Shoʻrqoʻrgʻon qishlogʻi, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – shoir, muharrir. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi „Adib“ nashriyoti bosh muharriri. Prezident Administratsiyasi OAV shoʻbasi mudiri.
Biografiyasi Nosirjon Joʻrayev 1984-yili Namangan viloyatining Namangan tumaniga qarashli Shoʻrqoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan. 2001—2007-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olganhttps://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/nosirjon-jo-rayev-1984. „Ulgʻayish kunlari“, „Muhabbatdan soʻng…“, „Eng qudratli zarra“, „Aksincha“ kabi sheʼriy kitoblari, „Noyabr kuyi“ va „Kibor“ nomli qissasi eʼlon qilingan. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi „Adib“ nashriyoti bosh muharrir lavozimida ishlagan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar