Carleton universiteti (Ottava, Ontario) Kanadada joylashgan ingliz tilidagi davlat tadqiqot universitetidir. Tarixi 1942-yilda Carleton kolleji sifatida tashkil etilgan muassasa dastlab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga xizmat ko‘rsatish uchun xususiy, nodavlat kechki kollej sifatida faoliyat yuritgan. Carleton 1952-yilda viloyat hukumati tomonidan Carleton universiteti qonuni orqali universitet sifatida tashkil etilgan, keyin esa 1957-yilda uning nomi oʻzgartirilgan va universitetga hozirgi nomi berilgan. Universitet hozirda tarqatib yuborilgan Carleton okrugi sharafiga shunday nomlangan boʻlib, universitet tashkil etilgan paytda okrug Ottava shahrini oʻz ichiga olgan. Oʻz navbatida Carleton okrugi 1786-yildan 1796-yilgacha Kanada general-gubernatori boʻlgan 1-baron Dorchester Gay Carleton sharafiga nomlangan.
Kampusi Universitet 1959-yilda hozirgi kampusiga koʻchib oʻtadi, 1960-yillarda Ontario hukumati oʻrta taʼlimdan keyingi taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash ishlarini koʻpaytirib, oliy taʼlim olish imkoniyatini kengaytirganligi sababli oʻqish hajmi tezda oʻsib boradi.
Universiet maʼmuriyati turli xil oʻquv dasturlarida oʻqishlikni taklif qiladi. Carletonda oltita fakultet va 65 dan ortiq yoʻnalishlar tashkil etilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f1/On_December_1%2C_1941%2C_the_Board_of_Directors_of_the_Ottawa_YMCA_met_on_this_site.jpg/220px-On_December_1%2C_1941%2C_the_Board_of_Directors_of_the_Ottawa_YMCA_met_on_this_site.jpg|thumb| 1941-yil dekabr oyida Ottava taʼlimni rivojlantirish assotsiatsiyasining ochilish yigʻilishiga bagʻishlangan tarixiy lavha Bugungi holati 2021-yil holatiga koʻra, Carleton har yili 27,000 dan ortiq bakalavr va 4,000 magistratura talabalarini oʻqiydi. Carletonning 150 akrlik kampusi qadimiy Ottava janubining gʻarbiy qismida, The Glebe va Confederation Heights yaqinida joylashgan. Shimoldan Rido kanali va Dou koʻli, janubdan Rido daryosi bilan chegaralangan. Carleton butun dunyo boʻylab 165 000 dan ortiq bitiruvchilarga ega. Carleton universitetida shuningdek, 6 ta Rodos stipendiyasi, 40 ta Qirollik jamiyati aʼzolari, 26 ta Kanada ordeni sovrindorlari, 19 ta Banting Postdoctoral Fellowship mukofoti egalari, 10 ta Milliy Killam mukofoti laureatlari tahsil olgan.
Sport ligasidagi ishtiroki Carleton universiteti Sports ligasida Carleton Ravens jamoasi sifatida ishtirok etadi. Carleton Ravens erkaklar basketbol jamoasi bilan mashhur. Mazkur jamoa 2003-yildan beri 19 ta milliy chempionatning 16 tasida gʻalaba qozongan. Manbalar