Qahramon Kenjayevich Rajabov (1962-yil, 26-iyun, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (2005), professor (2015). Hozir Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimiQahramon Kenjaevich Rajabov (Bibliografiya). Nashrga tayyorlovchi va tuzuvchilar: B.Qandov, S.Tillaboev. Masʼul muharrir: R.Abdullaev. – Toshkent: „Abu matbuot-konsalt“, 2012..

Tarjimayi holi Qahramon Rajabov 1962-yil 26-iyunda (rasmiy hujjatlarda 11-iyulda) Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Qalmoqon qishloq sovetidagi Savrak qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilganhttps://zarnews.uz/uz/post/tarix-qatidagi-haqiqat-buxoro-amirligi-qanday-tugatilgan-edi-3-qism. Otasi Kenja Rajabov (1941—2015) ishchi, onasi Gavhar Rajabova (1943-yilda tugʻilgan) kolxozchi boʻlgan. Bolaligi Bogʻiafzal qishlogʻida oʻtgan. 1969—1979-yillarda dastlab Shofirkon tumani Savrak qishlogʻidagi Sverdlov nomli 12-oʻrta maktabda, soʻngra Bogʻiafzal qishlogʻidagi Oybek nomli 16-oʻrta maktabda tahsil olgan.

1979-yil sentyabrda oʻzining ilk mehnat faoliyatini ishchi lavozimida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat koʻrsatgan „Oʻzbekburgaz“ tashkilotida boshlaydi. 1980-yil noyabr oyida Moskva harbiy okrugida Sovet armiyasi safida harbiy xizmatni oʻtash uchun joʻnab ketadi. 1982-yil noyabrda ona qishlogʻiga qaytgan Qahramon Rajabov 1983-yil noyabr oyiga qadar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi „Fargʻona“ sovxozida yurist – maslahatchi lavozimida ishlaydi.

Toshkent Davlat universitetining tayyorlov kursida tinglovchi boʻlgan boʻlajak olim 1984—1989-yillardaToshkent Davlat universiteti tarix fakulteti KPSS tarixi boʻlimida tahsil oladi va universitetni imtiyozli diplom bilan tugatadi. 1987—1989-yillarda „Gʻoya“ siyosiy teleklubiga prezidentlik va „Turon“ tarixchilar jamoasiga sardorlik qiladi. 1989-yil sentabrdanToshkent Davlat universiteti fakultetlararo „Gumanitar fanlar falsafasi“ kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Qahramon Rajabov 1989-yil dekabrdan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Tarix institutida aspiranturaga qabul qilinadi. Aspiranturani yakunlagan Qahramon Rajabov 1993-yil 4-yanvardan Tarix institutida kichik ilmiy xodim sifatida ish boshlaydi. 1995-yilning 9-martida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti huzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda „Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari (1918—1924-yillar)“ mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qahramon Rajabov 1995-yil 15-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy xodim, 1996-yil 3-yanvardan katta ilmiy xodim sifatida samarali ijod qildi. 2000-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakchi ilmiy xodimi lavozimida faoliyat koʻrsata boshladi. 2000-yil 21-avgust kuni „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.

Qahramon Rajabov 2005-yil 9-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi Birlashgan Ixtisoslashgan Kengashda „Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1918—1924-yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Qahramon Rajabovning uzoq davrlik ilmiy tadqiqotlari, Oʻzbekistonning sovet davri tarixini turli jihatlarini ochib beruvchi kitoblarni izma-iz chop etib borishi Oʻzbekiston FA Tarix instituti rahbariyati tomonidan munosib baholandi va 2022-yil 5-yanvardan u „Eng yangi tarix“ boʻlimi (aslida „Yangi tarix“ boʻlimi)ning bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyatini davom ettirishni boshladi.

Qahramon Rajabov ilmiy izlanishlarida Buxoro tarixi mavzusi markaziy oʻrinlardan birini egallaydi. Olim „Buxoro mavjlari“ jurnalida somoniy hukmdorlar va mangʻit amirlari hayotiga bagʻishlangan seriyali maqolalar turkumini, muallifdoshlik asosida „Qiziltepa tarixi“ nomli yirik kitobni nashr qildirdi hamda „Shofirkon yulduzlari“ kitobini bir necha marta chop ettirdi.

2015-yil olimning bevosita tashabbusi bilan Buxoro viloyati tumanlari va Buxoro shahrining tarixi (jami 15 ta kitob) yaratildi. Bu kitoblarda Buxoro viloyati tumanlari va shaharlarining qisqacha tarixi, geografiyasi, iqtisodi va madaniyati, mashhur kishilari haqida qisqa maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlib, Buxoro vohasining mustaqillik yillaridagi tarixi va bugungi kunini koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi. Qahramon Rajabov 2015-yilda „Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari“ sarlavhasi ostida nomzodlik dissertatsiyasini asl holicha oʻzgartirmay monografiya holatida chop ettirdiIstiqlolchilik harakati haqida 17 yil ichida birinchi kitob nashr qilindi. Kun.uz. 2019-yil fevral-mart oylarida Toshkentdagi „Oʻzbekiston“ nashriyotida ikkita kitobdan iborat „Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-y.)“ fundamental tadqiqoti Qahramon Rajabov masʼul muharrirligida chop etildi. Ushbu kitob ikkita boʻlim, 18 ta bob va 75 ta paragrafdan iborat boʻlib, birinchi boʻlimda Oʻzbekistonning 1917—1924-yillardagi tarixi; ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston SSRning SSSR tarkibida boʻlgan davri 1925-1991-yillar tarixi yoritildi. 2020-yilda Qahramon Rajabov masʼul muharrirligida „Oʻzbekiston SSR rahbariyatining ijtimoiy va siyosiy faoliyati (1945—1983-yillar)“ nomli kollektiv monografiya nashr etildiTarixchi olim Qahramon Rajabov ilmiy maktabi. Nashrga tayyorlovchi va toʻplovchi hamda masʼul muharrirlar: S. Inoyatov, D. Jamolova. – Buxoro: „Durdona“, 2022.. Monografiyada oʻrin olgan paragraflarning asosiy qismi Qahramon Rajabov tomonidan yozilgan boʻlib, 1925—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan davlat va siyosat arboblarining Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan oʻrni ilk marta oʻrganildi. Olimning hozirgacha 127 ta kitobi chop etilgan boʻlib, monografiya (22), tarixiy risola (10), kollektiv monografiya (26), solnoma va maʼlumotnomalar (37), darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar (26), hujjatli materialllar toʻplamlari hamda boshqa kitoblar (8) tashkil qiladiQahramon Rajabov (Tavalludining 60 yilligiga bagʻishlanadi). Nashrga tayyorlovchilar: D. Jamolova, Sh. Rashidov. Masʼul muharrir: Azamat Ziyo. – Toshkent: „Fan“, 2022.Ergash Ochilov. Alp olimning moʻʼjizalari (Qahramon Rajabov haqida badiha). – Toshkent: „Bodomzor invest“, 2022.

Kitoblar roʻyxati Monografiyalari Қаҳрамон Ражабов. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924 йиллар). –Тошкент: “Маънавият”, 2002. – 144 бет. Қаҳрамон Ражабов, Раҳим Мақсудов. Қизилтепа тарихи. –Тошкент: “Muharrir, 2011. -352+32 бет. А. Муҳаммаджонов, Қ. Ражабов. Амир Темур. –Тошкент: “O’zbekiston”, 2013. -160 бет. Қаҳрамон Ражабов. Алп Эр Тўнга (Афросиёб). –Тошкент: “O’zbekiston”, 2014. -224 бет. Қаҳрамон Ражабов. Фарғона водийсидаги истиқлолчилик ҳаракати: моҳияти ва асосий ривожланиш босқичлари (1918 – 1924 йиллар). – Тошкент: “Yangi nashr”, 2015. – 240 бет. А.Muhammadjonov, Q.Rajabov. Amir Temur. Ikkinchi nashri. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2015. -160 bet. Раҳим Мақсудов, Қаҳрамон Ражабов. Қизилтепа тарихи (Қайта ишланган, тўлдирилган ва ихчамлаштирилган 2-нашри). –Тошкент: “Tamaddun”, 2015. – 280 бет. Қаҳрамон Ражабов, Сулаймон Иноятов. Бухоро тарихи. – Тошкент: “Tafakkur”, 2016. – 460 +VIII бет. Қаҳрамон Ражабов, Холмат Бекмуратов. Ўзбекистон билан Туркия ўртасидаги иқтисодий ва маданий ҳамкорлик тарихидан. – Тошкент: “Taфаккур”, 2017. – 168 бет. Kaxramon Radjabov. Voorujennoe dvijenie v Turkestane protiv sovetskogo rejima (1918 – 1924). – Beau Bassin [Mauritius]: LAP LAMBERT Academis Publishing PU, 2018. – 224 str. https://www.lap-publishing.com/ Қаҳрамон Ражабов. Назир Ражабов. –Тошкент: “Bodomzor invest”, 2021. -288+VIII бет. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон Мухторияти вазирлари ҳамда Миллий Мажлис аъзолари ҳаёти ва тақдири. –Тошкент: “Bodomzor invest”, 2021. -92 бет. Раҳим Мақсудов, Қаҳрамон Ражабов. Қизилтепа тумани: кеча ва бугун. – Тошкент: “Sahhof”, 2021. - 408 бет. Қаҳрамон Ражабов, Мурод Рахматов. Туркистонда совет ҳокимиятининг иқтисодий сиёсати ва очарчилик даҳшатлари (1917-1924 й.). – Тошкент: “Фан”, 2022. - 176 бет. Қаҳрамон Ражабов. Иброҳимбек қўрбоши ва сафдошлари фаолияти. - Тошкент: “Фан”, 2022. - 400 бет. Қаҳрамон Ражабов. Ўзбекистон ССРда совет режимининг қатағон сиёсати ва унинг оқибатлари (1917-1991 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. - 400 бет. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон қўрбошилари. - Тошкент: “Фан”, 2022. - 288 бет. Қаҳрамон Ражабов. Ўзбекистон ССРда совет бошқарувининг инқирози. Мустақиллик Декларацияси ҳамда озодликнинг машаққатли йўли (1982-1992 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. - 264 бет. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон тарихида ўтган 55 буюк сиймо. Биринчи китоб. Давлат арбоблари. - Тошкент: “Фан”, 2022. -320 бет. Қаҳрамон Ражабов. Иброҳимбек қўрбоши. - Тошкент: “Фан”, 2022. -144 бет. Қаҳрамон Ражабов. Туркистон минтақасида совет режимига қарши истиқлилолчилик ҳаракати ва моҳияти (1918-1935 й.). - Тошкент: “Фан”, 2022. -432 бет. Қаҳрамон Ражабов, Ҳусан Абуев. Ўзбекистон ССРда совет давлатини емирилиши ҳамда қайта қуриш сиёсатининг таназзули (1985-1991 й.).- Тошкент: “Фан”, 2022. -176 бет.

Tarixiy risolalar Қ. К. Ражабов. Мустақил Туркистон фикри учун мужодалалар (1917-1935 йиллар). –Тошкент: “Ўзбекистон”, 2000. – 32 бет. Қаҳрамон Ражабов. Раззоқ бобо ерлари. –Тошкент: “Zarqalam”, 2006. – 20 бет. Қаҳрамон Ражабов. Файзулла Хўжаев. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -48 бет. Қаҳрамон Ражабов. Мадаминбек. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. – 40 бет. Қаҳрамон Ражабов. Шермуҳаммадбек. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -56 бет. Қаҳрамон Ражабов. Насруллоҳхон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -48 бет. Қаҳрамон Ражабов, Шодмон Ҳайитов. Усмон Хўжа. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -36 бет. Қаҳрамон Ражабов, Дилшод Ражабов. Ҳамро Полвон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -44 бет. Қаҳрамон Ражабов, Эргаш Очилов. Убайдуллахон. –Тошкент: “Abu matbuot-konsalt”, 2011. -32 бет. Қаҳрамон Ражабов. Нуриддин Муҳитдинов. –Тошкент: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. – 40 bet.

Kollektiv monografiyalari hamda kitob-albomlari Туркестан в начале ХХ века: к истории истоков национальной независимости. Научный редактор Р. Я. Раджапова. –Ташкент: “Шарк”, 2000. –672 стр. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир: М. Жўраев. –Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 688 бет. Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар). Лойиҳа раҳбари ва масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 416 бет. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари: чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштириши. Лойиҳа раҳбари ва масъул муҳаррир: Д. А. Алимова. –Тошкент: “Шарқ”, 2001. – 464 бет. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Масъул муҳаррирлар: Д.А. Алимова, Э.В. Ртвеладзе. – Тошкент: Шарқ, 2001. – 224 бет. Очерки истории государственности Узбекистана. Ответственные редакторы: Д.А. Алимова, Э.В. Ртвеладзе. – Ташкент: Шарк, 2001. –208 стр. Шаҳрисабз минг йиллар мероси. Альбом. Масъул муҳаррир Ҳ. Кароматов. –Тошкент: “Шарқ”, 2002. Шахрисабз наследие тысячелетий. Альбом. Ответственный редактор Х. Караматов. –Ташкент: “Шарк”, 2002. Qarshi, Карши, Qarchi 2700. Китоб-альбом (ўзбек, рус, инглиз т.). Масъул муҳаррир Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент: “Маънавият”, 2006. – 368 бет. Қарши. Масъул муҳаррир Э. В. Ртвеладзе. –Тошкент: “Маънавият”, 2006. – 160 бет. Карши. Ответственный редактор Э. В. Ртвеладзе. –Ташкент: “Маънавият”, 2006. – 160 стр. Qarchi. Editor responsible: E. V. Rtveladze. Ingliz tiliga Gʻ. Sotimov tarjimasi. -Tashkent: „Maʼnaviyat“, 2006. — 160 p. Qarchi. Le Direc’teur de la publication: E. V. Rtveladze. Француз тилига Б. Эрматов таржимаси. –Тashkent: Ma’naviyat, 2006. – 160 S.